Zaharlanganda birinchi yordam




Download 6,07 Mb.
bet153/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   309
Bog'liq
hfh

Zaharlanganda birinchi yordam
Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar suyuqliklar yoki changlarni kirishidan sodir bo’ladi. Uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish isitish uskunalaridan noto’g’ri foydalanganda yuz beradi. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugrerod oksidi ko’p miqdorda bo’ladi.
Uglerod oksidi bilan zaharlanganda bosh og’rig’i, bosh aylanishi, kungil aynishi, hansirash, og’ir holatlarda esa yo’ldan chalg’ish va hushni yo’qotish mumkin. Zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, boshiga sovuq kompress bosish va nashatir spirtni hidlatish kerak. SHikastlangan kishi qayd qilmoqchi bo’lsa uni yoni bilan yotqizish lozim. Agar hushini yo’qotsa zudlik bilan vrachni chaqirish va u kelgunga qadar sun’iy nafas berish kerak.
Zaharli ximikatlar bilan zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishiga zudlik bilan birinchi yordam berish kerak.
Har qanday zaharlanishda avvalo organizmga zaharlarni kirishini to’xtatish tadbirlarini ko’rish kerak. Agar zaharlanish xonada yuz bersa shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, zaharli ximikatlar bilan ifloslangan kiyimlarini yechish zarur.
Agar zahar organizmga tomoq yo’llari orqali kirgan bo’lsa, shikastlangan kishiga bir necha stakan iliq suv yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasidan ichirish, so’ng qayt qildirish kerak. Qayt qilgandan keyin, zaharni yo’qotish uchun jarohatlangan kishiga 2-3 osh qoshiq faollashtirilgan ko’mir qo’shilgan yarim stakan suv ichirish zarur.
Qayd qilingan tadbirlar, zahar turidan qat’iy nazar qo’llaniladi. Agar zahar turi aniq bo’lsa uning tarkibiga bog’liq ravishda, qo’shimcha tadbirlar qo’llaniladi. Buning natijasida oshqozonga kiritilgan modda zahar ta’sirini neytrallashtiradi.
Zaharli ximikatlar teriga tekkanda suv oqimi bilan yaxshilab sovunlab yuvish yoki zaharni teriga ishqalamasdan, artmasdan doka latta yordamida tushirish so’ng esa sovuq suv yoki kuchsiz ishqorli eritma bilan yuvish talab etiladi.

Download 6,07 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   309




Download 6,07 Mb.