|
Tabiiy ofat, avariya va katastrofalarda jabrlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko´rsatish
|
bet | 154/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh3.Tabiiy ofat, avariya va katastrofalarda jabrlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko´rsatish.
Triaj usuli 1983 yili Koliforniya olimlari tomonidan tavsiya etilgan. Unga ko’ra jabrlanganlarni tibbiy saralash (triaj) 4 ta guruhga bo’linadi:
1-guruh-olgan jarohati hayot uchun xavfli, ularga zudlik bilan yordam berilishi kerak: kuyishni 3 darajasi, tos suyagi zararlangan, ko’p qon yo’qotgan va. h.zo. Bularga qizil rang yopishtiriladi;
2-guruh-olgan jarohati hayot uchun xavfli, biroq tibbiy yordam ma’lum bir muddat kechikishi mumkin: 2-darajali kuyish, yopiq sinish, o’mrov suyagi sinishi, venoz qon ketishi va h.zo. Bularga sariq rang yopmshtiriladi;
3-guruh –olgan jarohati hayotiga xavf solmaydi.Ularga yashil rang yopishtiriladi;
4-guruh-olgan jarohati hayot bilan nomutanosib bo’lgan (o’lgan). Ularga qora rang yopishtiriladi.
Jabrlanganlarni transportirovka qilish vaqtida shu ranglarga ko’ra amalga oshiriladi, ya’ni qizil rangli bemorlarni tibbiyot mashinalariga tezroq yetkazishga harakat qilinadi, qora ranglilarni esa maxsus mashinalarga olib boriladi.
3.Yurak-o´pka reanimatsiyasi (qayta jonlantirish)ni o´tkazish qoidasi. Agar shikastlangan kishida yurak urishi kuzatilmasa yuragi tashqi massaj qilinadi. Buning uchun jarohatlangan kishi orqasi bilan biror bir qattiq tekis yuzaga yotqizilib, old tugmalari yechilib ko’kragi ochiladi. Yordam beruvchi odam bunda bir qo’lini ko’krak qafasining kerakli joyiga kafti bilan, ikkinchi qo’lini esa ko’krakka qo’yilgan qo’l ustiga kafti bilan qo’yilgan holda ko’krakni umurtqa tomonga bosadi (1-rasm, o’ngdan pastdagi).
Bunda ko’krak qafasi faqat tik holatda 3…4 sm gacha chuqurlikka minutiga 60 marta chastota bilan bosiladi. Ko’krakdan bunday bosishda yurakdan siqib chiqarilgan qon, qon tomirlarga kiradi.
Yurakni massaj qilishda qovurg’aga zarar bermaslik uchun ehtiyot bo’lish kerak. Massajning samaradorligi katta arteriya qon tomirlarda pulьsning paydo bo’lishi bilan baholanadi.
1-rasm. “Og’izdan og’izga” sun’iy nafas berish (chapdan) va yurakni (tik bo’lmagan holda) tashqi massaj qilish (o’ngdan).
Ko’p hollarda jarohatlangan kishilarni yuragini massaj qilish ularga sun’iy nafas berish bilan birga olib boriladi. Bunda sun’iy nafas berishni ko’krak qafasini bosish vaqti oralig’ida bajarish kerak. Yaxshisi buni ikki kishi bajargani maqul, bir kishi ko’krak qafasini 4…5 marta bosadi, so’ngra ikkinchi kishi jarohatlangan kishi o’pkasiga havo puflaydi. Bu jarayon shu holatda takrorlanadi.
Tibbiyotna xodimi yurak faoliyatini tiklovchi samarali usul tajribalariga ega bo’ladi. bu maqsad uchun defibrillyator degan maxsus apparatlar qo’llaniladi va ular yordamida yurak orqali yuqori kuchlanishli qisqa elektr zaryadi hosil qilinadi va bu yurak muskullarini umumiy qisqarishiga sabab bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tabiiy ofat, avariya va katastrofalarda jabrlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko´rsatish
|