• Tashqi arterial
  • Tomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha to´xtatish usullari




    Download 6,07 Mb.
    bet155/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    4.Tomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha to´xtatish usullari.
    Yordam ko’rsatuvchi kishi qo’lini sovun bilan yaxshilab yuvishi lozim, agar buning ilojisi bo’lmasa barmoqlarni yod nastoykasi bilan yog’lashi kerak. Jarohat joyini suv bilan yuvish, uni tozalash va unga hatto yuvilgan qo’l bilan tegish mumkin emas. Agar jarohat joyi kuchli ifloslangan bo’lsa uning atrofi mikroblardan tozalash vatasi yoki doka bilan artiladi, xolos.




    1. 2 3

    1-rasm. Qon to’xtatuvchi jugut va uning o’rnini bosuvchi narsalar;1-kamar belbogidan foydalanish; 2-burama kuyish; 3-rezina jgut.

    Qon oqmaydigan, shilingan, sanchilgan, kichik jarohatlangan joylarni 5% li yod nastoykasi bilan yog’lash va mikrobga qarshi bog’lash zarur. Uncha katta bo’lmagan jarohatlarga dezinfiktsiyalovchi va ifloslanishdan saqlovchi plastir, 5F – 6 kleyi va boshqalar bilan kleylash kerak.


    Agar jarohatlangan joydan qon oqsa birinchi yordam ko’rsatish usuli qon oqishining ko’rinishiga bog’liq bo’ladi. Qon oqishi odatda qon tomirlari butunligi buzilganda har xil intensivlikdagi qon oqishi bilan kuzatiladi. Qon oqish: tashqi (qon tana tashqarisida, ustidan oqqanda) va ichki (qon ichki organlarda, to’qimalarda oqqanda) bo’ladi. Qon tomirlarining jarohatlanishlariga bog’liq ravishda qon oqish ko’rinishlari bir necha xil bo’ladi. Tashqi arterial-puls bilan tez, qon rangi-och-qizil, shu bilan birga u jarohat joyidan favvoralanib oqadi, organizmda umumiy kuchsizlik va tananing shikastlangan joyida kuchli og’riq bilan kechadi.
    Vena qon tomiri jarohatlanganda qon qora-qizil rangda tizillab oqa boshlaydi. Agar qon alohida tomchi ko’rinishida oqsa va jarohat joyi ham qonasa bu kapillyar qon oqish hisoblanadi. Arteriya qon tomiri jarohatlanganda jarohat joyidan uzik-uzik tizillagan qon oqishi kuzatiladi.



    2-rasm. Arteriyani ostki suyaklarga barmoqlar bilan qisish usullari: 1-chakkaga oid; 2-pastki jag’ga oid; 3- bo’yinga oid; 4-bilakka oid; 5-kaftga va kaft ustiga oid; 6-songa oid.
    Vena va kapillyar qon oqishini jarohatlangan joyni moddiy bilan jips bog’lash orqali to’xtatiladi. Buning uchun jarohatlangan joyga mikroblarni o’ldiruvchi doka bo’lakchasi buklab qo’yilib uning ustiga vata qatlami qo’yiladida bint bilan mahkam bog’lanadi.
    Arteriyadan qon oqishi eng xavfli hisoblanadi. Bunday jarohatlanishda qonni to’xtatish uchun jarohat joyidan yuqoriroqdan arteriyani mahkam qisib bog’lash, agar bu bilan qon to’xtamasa jgut yoki buramadan foydalanish kerak bo’ladi (20.3, 20.4.-rasm). Buning uchun rezina quvur, ip, qayish, rumol va boshqalardan foydalaniladi. Jgut bilan arteriyaning jarohatlangan joyini yuqorisidan ma’lum no’qtalardan tanaga mahkam qisib bog’lanadi. Tanadagi jarohatlangan joylardan qonlarni oqishini to’xtatish no’qtalari 20.5.-rasmda ko’rsatilgan.
    Oyoqlar jarohatlanganda, qon oqimini to’xtatishning eng muhim usuli oyoqni, belning yuqori qismiga mahkam qisib bog’lash hisoblanadi. Jgutni bog’lashdan oldin oyoqlar ko’tariladi. SHuningdek bilak tirsaklar jarohatlanib arteriyadan qon oqishini kuzatilganda jarohatlanish ko’rinishiga qarab jgut yoki uning o’rnini bosadigan materiallar bilan bog’lanadi 20.6.-rasm.
    Jgutni qon to’xtaguncha qisish kerak. Jgutni qisilgan holatda 1,5…2 soatdan ortiq qoldirish mumkin emas, aks holda to’qimalarda hujayralarni o’lishi boshlanadi. Bu vaqtda shikastlangan odamni yaqin meditsina muassasasiga yetkazish zarur bo’ladi.



    1 2 3 4
    3-rasm. Arteriyadan okayotgan qoni to’xtatishda oyoqlarni maksimal egish; 1-elka oldi; 2-elka; 3-bel; 4-boldir.
    Agar jarohat muskul ostida yoki shu kabi noqulay joylarda, murakkab holatlarda bo’lsa jgutdan foydalanish mumkin emas. Bunda qorin bilan son orasiga porolьon yoki boshqa yumshoq moddiy qo’yiladi. So’ng oyoqlar maksimal egiladi va u belning yuqori qismiga mahkam bog’lanadi.



    Download 6,07 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha to´xtatish usullari

    Download 6,07 Mb.