• 3. HFXning ergonomik asoslari.
  • Ergonomikaning mutaxassislari “inson-mashina” sistemasi ning
  • HFXni boshqarish vositalari




    Download 6,07 Mb.
    bet163/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    2. HFXni boshqarish vositalari.
    Ular quyilagi masalalarni o`z ichiga oladi:
    dunyoqarash.
    fiziologik.
    psixologik.
    ijtimoiy.
    tarbiyaviy.
    ergonomik.
    ekologik.
    tibbiy.
    tashkiliy.
    xuquqiy (yuridik(.
    iqtisodiy.
    Tabiiyki, bu masalalar o`z ichiga havfsizlikni boshqarishning juda ko`p vositalarini qamrab oladi. Xususan, ko`plab odamlarni boshqarish, havfsizlik madaniyati ruhida tarbiyalash, kasbiy o`qitish, kasbiy tanlov, ruhiy ta`sir, dam olish va ishlash rejimini muvofiqlashtirish, texnik va tashkiliy himoya vositalari, shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va to`lovlar sistemasi.
    3. HFXning ergonomik asoslari.
    HFX fani ko`pgina fanlar bilan bog`langan. SHulardan biri ergonomika fanidir “Ergonomika” atamasi Polsha olimi YAstigenbovskiy tomonidan kiritilgan. 1875 yilda u “Ergonomika belgilari yoki mehnat haqidagi fan” degan kitobida shu xaqda yozadi.
    Ergonomika kishining faoliyat jarayonidagi funktsional imkoniyatlarini o`rganadi. Bunda faoliyat samarali va kishiga eng qulay (komfort( sharoit yaratib berishi hisobga olinadi. Boshqacha qilib aytganda gap odamning harakteristikasi ma`lum mikdorda muhit harakteristikasiga mos kelishligi ustida borayapti.
    Albatta, bunda HFXning ayrim masalalari echiladi. SHunday qilib ergonomika ayrim muammolarni xal qiluvchi fan sifatida qaralishi kerak. Lekin u havfsizlikning barcha masalalarini echib bera olmaydi. Xususan, ergonomika texnikani kishiga moslashtirishga harakat qiladi. Lekin bu hamma vaqt ham echiladigan masala emas. HFX fani esa odamni texnikaga moslashishi muammolarini ham o`rganadigan fandir.
    Ergonomikaning mutaxassislari “inson-mashina” sistemasining samarali ishlashini besh turli moslashuvini takidlaydilar: axborot, biofizik, quvvat, fazoviy antropometrik va texnik-estetik.
    Axborot moslashuvi.
    Murakkab sistemalarda operator murakkab fizik jarayonlarni bevosita boshqarmaydi.Ko`pincha u jarayon bajarilayotgan joydan uzoqroqda bo`ladi. Boshqaruv ob`ekti xatto unga ko`rinmasligi, sezilmasligi, eshitilmasligi mumkin. Operator, ular xaqida axborot beruvchi asboblarning qiymatini, ekranni, signallarni ko`radi. Ushbu barcha uskunalar axborotni ko`rsatuvchi vositalar deyiladi. Zarurat tug`ilganda operator richaglar, dastaklar, tugmalar, o`chirgichlar va boshqa boshqaruv organlaridan foydalanadilar, bularni barchasi birgalikda boshkaruv maydonini tashkil qiladi. Axborotni ko`rsatuvchi vositalar bilan boshqaruv maydoni mashinaning axborot modeli deyiladi. U orqali operator eng murakkab sistemalarni ham boshqaradi.
    Ergonomika fanining vazifasi shunday axborot modeli tuzishki, unda mashinaning barcha kerakli harakteristikalarini istalgan vaqtda aks ettirsin, shu bilan birga unga axborotlarni oson, tez va bexato o`zlashtirish va boshqarish imkonini bersin. Bu murakkab masala. Unga operatorning havfsiz, aniq sifatli va unumli ishlashi bog`liq. Qisqa qilib aytganda axborot modeli odamning psixofiziologik imkoniyatlariga mos bo`lishi kerak. Axborot moslashuvi ana shundan iborat.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   309




    Download 6,07 Mb.