• Quvvat moslashuvi.
  • Texnik-estetik moslashuv.
  • Hayot faoliyati xavfsizlig




    Download 6,07 Mb.
    bet164/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Biofizik moslashuv.
    Bunda operatorga shunday muhit yaratish kerakki, unda ishchiga normal ish sharoiti va fiziologik holati mavjud bo`lsin.
    Bu masala mehnat muhofazasi talablari bilan mos keladi. Ko`p xollarda tsexdagi atrof muhitning chegaraviy qiymatlari qonunlashtirilgan, lekin inson organizmi uchun hamma vaqt ham qulay emas. (Masalan, nisbiy namlik, harorat (SHuning uchun mashinalarni yaratishda shovqin, titrash, yoritilganlik, mikroiqlim va h.k. kattaliklarni maxsus tadqiqot qilish zarurati mavjud.
    Odamning quvvati va kuchi cheksiz emas. U ma`lum chegaraga ega. Boshqaruv organlarini (richag, tugma, o`chirgich va h.k.( juda katta yoki juda kam kuch talab qilishi mumkin. Bu ikkisi ham yomon. Birinchi holatda u charchaydi, natijada ko`ngilsiz holatga olib kelishi mumkin. Ikkinchi holatda, u richagning qarshiligini sezmasligi mumkin, bu ham havflidir.
    Quvvat moslashuvi.
    Bu mashinani boshqaruv organlarini, insonning sarf qilayotga kuvvati, harakatlarining aniqligi, tezligi, kuchi bo`yicha optimal imkoniyatlarga moslashtirib kurishni taqazo qiladi.
    Fazoviy antropometrik moslashuv.
    Bu inson tanasining yoki azolarining o`lchamlarini, ko`zining ko`rish imkoniyatlarini, uning ish holatini (pozasini( hisobga olishni taqazo qiladi. Bu masalani hal qilishda ish joyining hajmi, qo`l va oyoqlarning uzun qisqaligi, operatordan asboblar pultigacha bo`lgan masofa va boshqalarni hisobga olinadi. Bu masalaning murakkabligi shundaki, odamlarning antropometrik ko`rsatkichlari har xil. Masalan, o`rta bo`yli kishini qoniqtiruvchi o`rindiq, bo`yi past yoki bo`yi juda baland kishining ishlashi uzun juda noqulaydir. Bunday xollarda echimni ergonomika fani beradi.
    Texnik-estetik moslashuv.
    Bu moslashuv, insonni o`z ishidan, ishlayotgan mashinasidan qanoat hosil qilishidir. Hammamizga ma`lumki, estetik did bilan ishlangan chiroyli ixcham mashinada ishlash qanchalik zavq beradi. Yoki, qo`pol, xunuk mashinada ishlash kishini qanchalik ezadi. SHuning uchun yangi mashina va uskunalarni yaratishda ergonomika fanni rassom-dizaynerlarni taklif qilishni maqsadga muvofiq deb biladi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   309




    Download 6,07 Mb.