Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet172/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   309
Bog'liq
hfh

Shovqin yo‘nalishini o‘zgartirish. Masalan, siqilgan gazlarni chiqarib yuboruvchi sistemalar, shamollatish va kompressorlarning chiqarish shaxtalari va h.k.lar ma’lum yo‘nalishda yo‘naltirilgan bo‘lishi yaxshi natija beradi.
Bunda chiqarish trubalari albatta ish joylari va aholi yashash punktlaridan qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.
Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona planlashtirish. Ma’lum nuqtada shovqin darajasini pasaytirish uchun shovqin chiqaruvchi asbobni shu nuqtadan iloji boricha uzoqroq joylashtirish kerak.
Shuning uchun sanoat korxonalarining loyihalarini tuzganda shovqin chiqaruvchi sex va uchastkalarni, shovqin ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan uchastkalardan (masalan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan laboratoriyalar, zavod boshqarmalari, konstruktorlik bo‘limlari) bir-ikki joyga jamlagan holda qarama- qarshi tomonga joylashtirish tavsiya etiladi. Agar sanoat korxonasi shahar chegarasida yoki aholi yashaydigan punktning o‘rtasida joylashgan bo‘lsa, unda shovqin chiqaruvchi mexanizmlarni sanoat korxonasining o‘rtasiga joylashtirish tavsiya etiladi.
Xonalarga akustik ishlov berish. Sanoat korxonalarida shovqin darajasini ortib ketishiga shovqinning biror bir to‘siqqa, masalan, xonada devorlarga, shiftga urilib qaytishi natijasida tovush to‘lqinlarini kuchaytirish ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun shovqin darajasini pasaytirishda to‘g‘ri kelayotgan tovush to‘lqinlarinigina emas, balki qaytgan tovush toiqinlarini ham kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun xona devorlari va shiftlariga shovqin yutuvchi materiallar qoplash yoii bilan ishlov beriladi; shuningdek, shovqin toiqinlari tegishi mumkin bo‘lgan zona maydonini oshirish maqsadida, har xil shovqin yutuvchi vositalardan qilingan plafonlar osish yaxshi natija beradi. Bunday chora-tadbirlar turkumiga akustik ishlov berish ishlari deyiladi.shovqin yutishda ishlatiladigan material g‘ovak strukturaga ega boiishi kerak.
Shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish. Shovqinni kamaytirishning asosiy vositasi, tovush yo‘lida to‘siqlar barpo qilishdir. Tovush to‘suvchi konstruksiya tovushni bir xonadan boshqa xonaga o‘tkazmazlik uchun hizmat qiladi. Tovush to‘sish effekti tovushning konstruksiyadan qaytishiga asoslangan. Bu to‘siqlar devor, to‘siq, qopqoq, kabina va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bunda asosan shovqin tarqalish yoiida to‘siqqa urilib qaytish xususiyatidan foydalaniladi. To‘siq orqali o‘tib ketayotgan shovqin, qaytayotgan shovqinga nisbatan kam miqdorni tashkil etadi.



Download 6,07 Mb.
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   309




Download 6,07 Mb.