|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 173/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhAMALIY MASHG`ULOT № 5
Ishlab chiqarishdagi tabiiy va sun’iy yorug‘likni hisoblash usullari.
Ishlab chiqarishdagi tabiiy va sun’iy yorug‘lik
Tabiiy va sun’iy yorug‘likni hisoblash usullari.
Ishlab chiqarish xonalarining va ish joylarining yoritilganligi, mehnat gigiyenasining muxim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, mexnatni ilmiy asosda tashkil etishning va ishlab chiqarish madaniyatining ajralmas qismi xisoblanadi. Yoritilganlik insonning tashki muhit bilan bog‘lanishini aniqlovchi va ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. To‘g‘ri va normal miqdordagi yoritganlik ish qurollari va jixozlarning rangini, o‘lchamlarini tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mexnat kobiliyatini uzoq muddatgacha saqlanib qolishiga, mexnat unumdorligini oshishiga, ishlab chiqilgan maxsulotning sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mexnat xavfsizligini oshiradi. Shikastlanishlarning 5 foizi kasbiy kasallik – ishdagi uzoqni ko‘ra olmaslik (blizorukost) sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida 3 turdagi yorug‘likdan foydalaniladi: tabiiy, sun’iy va uyg‘unlashgan.
Tabiiy yoritilish qo‘yidagilarga bo‘linadi:
Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepatlar, aralash bino oralari orqali teshiklardagi yorug‘lik beradigan fonarlar orqali);
Yonboshlama (derazalar orqali);
Uyg‘unlashtirilgan.
Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘liq xolda ish vaqti davomida o‘zgarishi xisobli, ish joyining yoritganlik bilan emas, balki tabiiy yoritganlik koeffitsienti orqali me’yorlashtiriladi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarini yoritilganligini baholash uchun tabiiy yoritilish koeffitsienti kattaligiga qarab belgilash qabul qilingan. Tabiiy yoritganlik koeffitsienti deb xona ichidagi biror nuktaning yoritganligini shu vaktda tashki muxit yoriganligiga nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi. Tabiiy yoritilishning etarliligi 2 omil bilan belgilanadi: tabiiy yoritilish koeffitsienti va derazaning yorug‘lik tavsifi (yorug‘lik maydoni va yorug‘lik chuqurligi) bilan. Korxonalardagi tabiiy yoritilganlik sharoiti SNiP-2-4-79, SNiP-2.0.1.0.5.98 talablariga muvofiqligi bo‘lishi kerak. Oynali yuza pol yuzasiga nisbatan 1/5 qismni tashkil etishi kerak.
Ishlab chiqarish binolarida barcha ishlar farqlash ob’ektlarining muayyanlik darajada va xajmlariga qarab 6 razryadga ajratiladi. Ko‘rishni (diqqatni) jalb etadigan ishlar shartlariga ko‘ra, jadvalida keltirilgan sanitariya me’yorlari tomonidan 6 razryad uchun SN-245-63 tabiiy yoritilish koeffitsienti belgilangan. Tabiiy yoritganlik koeffitsienti yoruglikning iklimiy koeffitsientiga boglik bulib, uning miqdori ishning kurish buyicha razryadiga, farklash ob’ektining eng kichik ulchamiga xamda iklimning yoruglik poyasiga boglik xolda maxsus jadvallardan tanlab olinadi va shu asosida binolarga urnatilishi lozim bulgan derazalar xamda fonarlar (yuqori tomonlama yoritganliqda) soni aniqlanadi va loyihalashtiriladi.
QMQ 2.01.05-98 gigienik normalar ishning aniqligi va yoritish turiga qarab talab qilinadigan tashqi yoritilish koeffitsientining kattaligini belgilaydi
Binodan foydalanish jarayonida sexdagi yoritilganlik darajasi ancha pasayishi mumkin, chunki oynalangan yuzalarning ifloslanishi oqibatida ularning yorug‘likni o‘tkazish koeffitsienti kamayadi; devorlar va shiftlarning ifloslanishi ham ularning nur qaytarish koeffitsientini kamaytiradi. Shuning uchun ham sanitariya normalari yorug‘lik tuynuklari oynalarini tozalab turish zarurligini qayd qiladi. Kam chang ajraladigan xonalarni yiliga kamida 2 marta, tutunli va isli xonalarni kamida 4 marta tozalash zarur. Shift va devorlarni yiliga kamida bir marta oqlash va bo‘yash lozim.
|
| |