Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet175/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   309
Bog'liq
hfh

AMALIY MASHG`ULOT № 6
Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni aniqlash.

  1. Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish.

  2. Mexanik jarohatlanishdan muhofazalovchi vositalarni aniqlash.

Ishlab chiqarishda shikastlanish deb, korxona xududida bo‘lgan davrda kishi tanasining biror a’zosi tasodifan shikatslanishi natijasida salomatligiga putur etishiga aytiladi.


Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishining oldini olish, asosan, ma’muriyat rahbarlari javobgarligida bo‘lib, nazorat ishlari mehnat muhofazasi bo‘limi zimmasida bo‘ladi. Shikastlanishning sabablarini o‘rganish, muhandis-texnik sohasiga tegishli masalalar, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ishchilar salomatligini mustahkamlashga oid masalalarni hal etishda tibbiyot-sanitariya qismidagi shifokorlar ma’suldirlar.
Shikastlanishlar turiga qarab:
mexanik (yara toshishi, sinish);
termik (issiqlanish, kuyish, sovuq urish);
kimyoviy (kuyish, o‘tkir zaharlanish);
elektr quvvatidan shikastlanishlarga bo‘lanadi.
Shikastlanish joyiga qarab oyoq va bosh shikastlanishi (ko‘zdan boshqa), gavda, qo‘l, ko‘p joylarning shikastlanishiga bo‘linadi.
Shikastlanish og‘ir-yengilligiga ko‘ra mehnat qobiliyati yo‘qolmaydigan yengil shikastlanishga, mehnat qobiliyati bir necha kunlab, xaftalab va xatto oylab yo‘qotiladigan o‘rtacha va og‘ir shikastlanishlarga tafovut qilinadi. Shikastlanishning og‘ir turi mehnat qilish qobiliyatini mutlaqo yo‘qotishga sabab bo‘lishi va nogironlikka olib kelishi mumkin. Guruh holida va o‘limga olib boradigan turdagi shikastlanishlar alohida ko‘riladi.
Shikastlanishlar kelib chiqishining asosiy sabablari. Texnik jixozlarning nosozligi natijasida dastgohlarning to‘xtab qolishi, tasmalarning uzilib ketishi va shu kabi hodisalar shikastlanishga olib keladi. Bunga ularning o‘z vaqtida ehtiyot yuzasidan ta’mir qilinmaganligi, uzliksiz ishlashi natijasida ayrim qismlarning ishdan chiqishi sabab bo‘lishi mumkin. Shunday xodisalar ro‘y bYermasligi uchun mehnat xavfsizligi bo‘ycha javobgar shaxslarning doimiy nazorati talab etiladi.
Texnologik jarayonning buzilish natijasida tYermik, kimyoviy jarohatlanish va o‘tkir zaharlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida ishchilarning bilimini o‘z vaqtida tekshirib turish va yo‘riqlov o‘tkazib turish katta ahamiyatga egadir. Qo’l kuchi bilan boshqariladigan ishlar, transportlarga yuk ortish va tushirish jarayonlarining etarli darajada mexanizatsiyalashtirilmaganligi mehnat sharoitini yaxshi tashkil qilinmaganligini bildiradi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ish korxonalarining kichiklik qilib qolishi, tayyor mahsulotlarni saqlash xonaning sharoiti qoniqarli bo‘lmasligi , mahsulotni tayyorlov joylaridan o‘z vaqtida olib ketilmasligi, yo‘llarining tor bo‘lishi shikastlanish xavfining ortishiga sabab bo‘ladi.
Korxonalarda sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lishining asosiy sabablariga xonalar sathining sirpanchiqligi va tekis bo‘lmasligi, korxona hovlisidagi yo‘lakning o‘ydum-chuqurligi, yoritish qurilmalari quvvatining kamligi, deraza oynalarning chang bosib ketishi, chang va gazlar miqdorining me’yoridan ortiq bo‘lishi natijasida diqqat-e’tiborining kuchayishi, shovqin bosimining yuqori bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. Shikastlanishning ko‘p uchraydigan sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, chunki bunda ishga diqqat-e’tibor pasayibgina qolmay, balki ishchilardagi harakat yo‘nalishi ham buziladi. Bunday hollarda shikastlanish mehnat kuning so‘nggi soatlarida yoki rejada ko‘rsatilgandan ortiqroq mehnat qilish natijasida yuz beradi.
Binobarin, ishlab chiqarish sharoitini sog‘lomlashtirish va ishchilarning toliqib qolmasliklariga sharoit yaratish, faqat kasbga aloqador kasalliklarning emas, balki shikastlanishning ham oldini oladi.

Download 6,07 Mb.
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   309




Download 6,07 Mb.