|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 177/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh1- rasm. GP-5 protivogazi:
a- shlem niqob; b- protivogaz qutichasi; v- terlamaydigan plyonkalar solingan quticha; g- prtivogaz sumkasi.
2- rasm. GP-4u protivogazi:
1- niqob; 2- ko`zoynak; 3- tasmalar; 4- klapanlar qo`tachasi; 5- birlashtiruvchi trubka; 6- protivogaz qutichasi; 7- protivogaz sumkasi.
Filtrlovchi protivogazlarning asosiy ishlash tamoyillari nafas oladigan havoni zararli aralashmadan tozalashdir.
Filtrlovchi protivogaz filtrlovchi chang yutuvchi qutichada va yuz qismidan iborat bo`ladi. Bundan tashqari protivogaz jamlamasiga protivogaz uchun sumka va ichiga terlamaydigan plyonka yoki maxsus “qalam” solingan quticha ham kiradi. Undan protigaz yuz qismidagi ko`zoynak shishalarini terlashdan saqlash uchun foydalaniladi.
GP-5 vaGP-M protivogazlarni filtrlovchi - chang yutuvchi kichik hajmli (GL-5M tipdagn) korobka - quticha va yuz qismi sifatida SHlem-niqob bilan jamlamalashtiriladi. GP-5M protivogazining jamlamasiga membrana qutichasi SHlem-niqob (qutichaga so`zlashuv qurilmasi) joylashtirladi.
GP-4u protvogazi katta hajmdagi filtrlovchi-chang yutuvchi quticha hamda yuz qismi sifatida birlashtiruvchi naychali niqob bilan jamlamalashtirilgan.
Filtrlovchi - chang yutuvchi protivogaz qutichasi ichiga olinayotgan havoni radioaktiv, ZM lar va bakterial vositalardan tozalash uchun xizmat qiladi. U (kichik yoki katta) tsilindrdan iborat bo`lib, tsilindr ichiga havo oqimi bo`ylab aerozolga qarshi filtr hamda (maxsus ishlov berib aktivlashtirilgan ko`mir solingan) yutqich bilan ta`min etilgan. Bu yutqichni ko`pincha shixtadeb atashadi. Aerozolga qarshi filtrda har qanday aerozollar - radioaktiv chang, ZM larning to`tun va tumanlari hamda bakterial aerozollar ushlanib qoladi. SHixta ZM larning bug` va gazlarini ushlab qoladi. Filtrlovchi yutqich qutisining tagida nafas olinadigan havo kirishi uchun yumaloq teshikcha bo`ladi; tozalangan havo quticha qopqog`iga burab o`rnashtirilgan naycha orqali o`tib keladi. Protivogazning gaz qismi (SHlem-niqob yoki niqob) protivogaz qutisidagi filtr-yutqichda tozalangan havoni nafas olish organlariga etkazish uchun, shuningdek yuz va ko`zni radioaktiv, ZM va bakterial vositalar tushishidan himoya qilish uchun mo`ljallangandir. SHlem-niqob (niqob) rezinadan tayyorlanadi; uning ikkita ko`zoynak o`zeli, obtekatellari va klapan qopqoq qutichasi bo`ladi, niqobda esa bundan tashqari uni odamning boshiga kiygizib qo`yiladigan tasmalari ham bor. Ko`zoynak uzeli kuzatish oynagidan, ichki va tashqi oboymalardan iborat bo`ladi. Bu oboymalar bilan oynak SHlem-nikob (niqob) korpusiga mustahkamlanadi. Bundan tashqari terlamaydigan plyonkani mustahkamlash uchun xizmat qiladigan qisqich halqa ham ko`zoynak uzeli tarkibiga kiradi. Obtekatellarning vazifasi nafas olganda keladigan nisbatan sovuqroq havoni bevosita ko`zoynak uzelining oynalariga etkazib berishdan iborat bo`lib, mana shu tufayli oynaklarning terlash darajasi ancha pasayadi.
Klapanli korobka-quticha nafas olganda va nafas chiqargan vaqtdagi havo oqimini taqsimlash uchun xizmat qiladi. Uning ichida nafas olish klapani va ikkita - asosiy qo`shimcha nafas chiqarish klapanlari bo`ladi. Niqobning boshga kiygiziladigan qismi esa tasmalar tizimidan iborat bo`ladi. SHlem-niqoblar 5 xil o`lchamda (membranali korobka bilan 4 xil o`lchamda), nikoblar esa 3 xil o`lchamda chiqariladi. Ularning nomerlari niqob va SHlem-niqobning engak qismiga raqam bilan yozib qo`yiladi.
SHlem-niqob protivogazning filtrlovchi-yutqich qutichasi bilan vintli patrubka orqali birlashtiriladi. Patrubka o`z navbatida klapan qutichasiga mustahkamlangan bo`ladi. SHuningdek SHlem-niqob protivogazning filtrlovchi-yutqichi bilan yana filtrlovchi-chang yutuvchi qutining qopqog`iga burab o`rnatilgan naycha orqali ham birlashtirilgan bo`ladi. Niqob filtrlovchi - chang yutuvchi quticha bilan birlashtiruvchi trubka orqali birlashtiriladi.
Niqobdagi birlashtiruvchi trubka bir uchi maska-niqobining klapan korobkasidagi patrubkaga zich qilib o`rnatilgan bo`ladi, ikkinchi uchida esa ko`chma gayka bo`lib, uning yordamida filtrlovchi chang yutuvchi qutining og`zi bilan birlashtiriladi. Sumka protivogazni saqlash va uni yonida olib yurish uchun xizmat qiladi. Olib yurishga qulay bo`lishi uchun unga elkaga osadigan osgich (tasma) tikilgan bo`ladi. Tasmaning uzunligini surilma to`qa (halqa) yordamida muvofiqlashtirish mumkin. Bundan tashqari sumkaga yana belga taqiladigan tasma ham o`rnatilgan bo`ladi.
Is gazidan himoyalanish uchun gopkalit patronidan foydalaniladi (3-rasm). Is gaz bilan zaharlangan atmosferada ishlashda, uni SHlem-niqobga birlashtirish zarur, chunki odam organizmini SHlem-niqobdagi filtrlovchi-yutuvchi quticha is gazidan himoya qilolmaydi.
3- rasm. Gopkalitli patron:
1- gopkalit; 2- quritgich; 3- birlashtiruvchi trubkani burab kiritish uchun gorlovinasi; 4- protivogaz karobkasiga birlashtiruvchi ichki gorlovinasi.
Gopkalitli patron metall korpusidan tuzilgan bo`lib, uning yuqori tashqi qismida birlashtiruvchi trubkani burab kiritish uchun tashqi gorlovinasi, korpus ichki qismining tagida filtrlovchi - shimib oluvchi qismi bilan birlashtiruvchi ichki gorlovinasi bor. Patron gopkalit quritgich bilan jihozlangan.Gopkalitli patronining korpusi metaldan ishlangan.Uni tashqi yuqori qismida protivogazni trubkasiga SHlem-niqob bilan birlashtirish uchun vintli gorlovina joylashgan.Filtrlovchi-yutuvchi protivogazning qutichasini birlashtirish uchun uning ostki qismi ichida vintli gorlovina joylashgan.Ko`rsatgich - xlorit kaltsiy bilan shimilgan silikageldan tuzilgan. U havodagi suv bug`larini, gap-kalitdan o`tgan suv bug`larini o`ziga shimib olib, uni namlikdan himoya qiladi. Namlangan gopkalit o`z xususiyatini o`zgartiradi.Og`irligi, namlik hisobiga 20 g dan ko`proq bo`lsa patrondan foydalanish mumkin emas. Patronning og`irligi qutichada ko`rsatilgan bo`ladi. Gopkalit patroni 2 soat davomida himoya qila oladi.
|
| |