|
GP-4u protivogaz niqobining zarur o`lchami-bo`yini tanlash
|
bet | 179/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhGP-4u protivogaz niqobining zarur o`lchami-bo`yini tanlash.
YUza balandligi (mm)
|
Niqobning zaruriy o`lchami
|
99 dan 109 gacha
|
1
|
109 dan 119 gacha
|
2
|
119 dan yuqori
|
3
|
5-rasm. GP-4u protivogaz niqobini to`g`ri tanlash uchun odam yuzini o`lchash:
chapda – yuz balandligini chizg`ichda, o`ngda – yuz balandligini shtangen-tsirkulda o`lchash.
Agar SHlem-nikobning (nikobning) zarur o`lchami aniqlanmasa, u holda odamning yuziga qarab olinadi.
Buninng uchun nnqobning mustahkamlash tasmalarining peshonadan o`gkaziladigan qismi maksimal darajada uzun holga keltiriladi, tasmalarning chakka va ensadan o`tadigan qismlari esa shunday bo`sh holga keltirilishi kerakki, niqobni boshga bemalol kiyish mumkin bo`lsin. So`ngra niqob boshga kiygiziladi (bunda niqobning orqa qismi ensaning markaziga kelib taqalishi kerak) hamda chakka va ensadan o`tkaziladigan tasmalar tortib mahkamlanadi.
YAngi protivogazning yuz qismi kiyish oldidan toza paxta (latta)ni biroz suvda ho`llab tashqi va ichki tomonidan artib chiqiladi. Nafas chiqarish klapani va birlashtiruvchi trubkalarni undan talk (poroshokka o`xshash oq mineralni chiqarib yuborish uchun) puflab tozalaniladi. Ilgari ishlatilgan SHlem-niqob va niqobni dezinfektsiya qilish maqsadida spirt yoki formalinning suvdagi 2 protsentli eritmasi bilan artib chiqiladi.
Protivogazni olgach, uni ko`zdan kechirib chikish va qismlarining ishlashini tekshirish lozim: so`ngra protivogaz yuz kismini ko`zdan kechirish va uning bo`yi to`g`ri kelishiga ishonch hosil qilish kerak .Niqobning to`g`ri moslashtirilganligiga ishonch hosil qilish uchun uning germetikligi - havo o`tkazmasligini tekshirib ko`rish zarur. SHu maqsadda uning germetikligini tekshirish uchun SHlem-niqob kiyib ko`riladi. Tekshirish vaqtida filtrlovchi - chang yutuvchi quti sumkadan chiqarib olinadi, korobka ostidagi teshikni probka bilan yoki kaft bilan berkitilgach nafas olinadi. Agar yuz qismidan hovo o`tmasa, u holda protivogaz yaroqli (germetik) hisoblanadi; agar SHlem-niqob atrofidan havo o`tsa, u holda protivogaz germetik bo`lmaydi, uning buzilgan joyini topish uchun protivogazni qismlarga ajratib tekshirish lozim.
Izolyatsiya oluvchi protivogazlar. Izolyatsiya qiluvchi (IP-4, IP-5) protivogazlar nafas organlarini, ko`z, teri, yuzni havodagi hamma ZM lardan himoyalaydigan maxsus vositalardir.
Havoda kislorod etishmasa filtrlovchi - chang yutuvchi protivogazlar bunday himoyani ta`minlash maqsadida ishlatiladi. Izolyatsiyalovchi protivogazlar nafas olayotgan havoni kislorod bilan regenerativ patrondagi maxsus moddalar (perekis va nadperekis natriya)lar orqal boyitadi. Protivogaz yuza qismidan, regenerativ patrondan, nafas oluvchi qopdan, karkas va sumkadan tashkil topgan.
|
| |