PTM-1 changga qarshi gazlama niqobi va paxta-doka bog`ichlar




Download 6,07 Mb.
bet181/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   309
Bog'liq
hfh

5. PTM-1 changga qarshi gazlama niqobi va paxta-doka bog`ichlar.Odamning nafas olish organlarini RM lardan himoya qilish uchun hamda BV larning takroriy bulo`ti hosil bo`lgan joylarda harakat qilish vaqtida taqish uchun qo`llanilishi mumkin. YUqorida ta`kidlab o`tilganidek bunday vositalarni ko`proq aholining o`zi tayyorlaydi. Biroq ular odamlarni ZM lardan himoya qilolmaydi. Gazlama niqob ikki asosiy qism korpus va mustahkamlovchi qismlardan iborat (7-rasm, a). Korpus turt-besh qavatli gazmoldan tayyorlangan. Unda ko`rish uchun teshiklar qilingan bo`lib, unga oyna ko`yiladiNiqobning boshga zich kiyilishi rezina tasma yordamida ta`min etiladi. Bu tasma yuqoridagi uloqqa va pastki mustahkamlash chokiga qo`shib tiqilgan tugunga o`rnatiladi. Niqobni bevosita ishchi, kolxozchi, xizmatchi, o`quvchi ham tayyorlashi mumknn.
Niqobni tayyorlashda maxsus istruktsiyadan foydalanib, uning qismlari o`lchamlarga qarab bichiladi.Niqob etti xil o`lchamda tayyorlanadi. YUz uzunligi 80 mm gacha bo`lsa, birinchi o`lchamli niqob tayyorlanadi; yuz uzunligi 81 dan 90 mm gacha bo`lsa, ikkinchi; 91 dan 100 mm gacha bo`lsa, uchinchi; 101 dan 110 mm gacha bo`lsa, to`rtinchi; 111 dan 120 mm gacha bo`lsa, beshinchi; 121 dan 130 mm gacha bo`lsa oltinchi va 131 mm va undan ortiq bo`lsa - ettinchi o`lchamli niqoblar tayyorlanadi.
Niqobning yuqori qatlamiga gazmol; bo`z shtapel, shatlanka, ichki qatlamlar namlikdan ifloslanmaydigan paxmoq (bumazey) movo`t, jun qo`shib to`qilgan ip gazlama, jun mato, polotnolardan tayyorlanadi.
Niqobning korpusi va bog`ichlarini bichish uchun kartokga chizilgan (qirqilgan) chizmadan foydalannladi. Niqob tikib bo`lingach, yaxshilab ko`zdan kechiriladi va o`lchab ko`riladi. To`g`ri tikilgan niqob chetlari undan foydalanadigan kishining peshonasiga, chekkalariga, yonoqlariga va dahaniga mos kelishi va 2 - 3 sm uzunlikda engakdan pastroq tushib turishi, niqob oynaklari ko`zning to`g`isida bulishi kerak. Niqob radioaktiv changdan saqlanishi uchun ishlatilib, quyidagicha taqiladi.

7- rasm. CHangga qarshi gazlama niqob (PTM) (a): va paxtali – doka bog`lagich (VMP) (a): 1- korpus: 2- mustahkamlash: 3- niqobni mahkomlovchi rezinka; 4- oynaklar.
Bosh kiyim echiladi, ikki qo`l bilan bog`ichning past tomoni chetlaridan shunday o`lchanadiki, bunda bosh barmoqlar tashqi tomonda bo`lsin, niqob korpusining quyi qismini daxanga zich qilib kiygiziladi, bog`ichni boshining orqasiga o`tkazib kaftning orqasi bilan niqob yuzga mahkam bosiladi. So`ngra boshga taqilgan bog`ichni tekislab, uni tarangroq qilib tortiladi, boshning ensa qismiga bog`ichning uchlari keltirib bog`lanadi hamda niqob yuzda eng qulay holatda o`rnashtirib kiygiziladi. SHundan keyin bosh kiyim kiyiladi. Paxta-doka bosh (7-rasm, b)ni axolining o`zi mustaqil tayyorlashadi.
Buning uchun uzunligi 100 sm va eni 50 sm bo`lgan bir parcha doka olinadi doka parchasining o`rta qismidan 30×20 sm joyga taxminan 2 sm qalinlikdagi bir tekis paxta qatlami quyiladi, dokaning paxtadan bo`sh qolgan qismlariga paxta o`rab chiqiladi dokaning har ikkala tomonidagi uchlari (30—35 sm ga yaqin) qirqilib ikki juft bog`ich tayyorlanadi; bog`ichlarning cheti pishiq ip bilan tikiladi.
Paxta-doka bog`ichbilan og`iz va burin bekiladi, yuqori uch­lari boshning orqa qismiga, pastki uchlari esa boshning tepasiga bog`lanadi. Burinning ikki tomonida qolgan ingichka ochiq joylar paxta bilan bekiladi.Ko`zlarni himoya qilish uchun changga qarshi to`tiladigan ko`zoynakdan foydalanish zarur. Agar nafas organlarini saqlaydigan himoya vositalari bo`lmasa, bu holda xar qanday lattani, ro`molchani suvga, suv bo`lmagan taqdirda, siydikka ho`llab burinni ustiga qo`yib nafas olish kerak. Bu holda radioaktiv moddalar lattada ushlanib qoladi.Nafas olish organlarini himoya qiluvchi barcha vositalarki hamma vaqt foydalanishga tayyor qilib qo`yish kerak.
Terini himoyalovchi maxsus vositalar tanani suyuq tomchi holidagi ZM lar, radioaktiv chang va bakteriologik qurol, alfa-zarrachalar ta`siridan to`liq himoya qiladi. YAdro quroli portlaganda ajraladigan yorug`lik nurini ham ancha susaytiradi.
Terini himoya qilishiga ko`ra bu himoya qiluvchi vositalar izolyatsiya kiyimi va filtrlovchi himoya kiyimlariga bo`linadi. Terini himoya qiluvchi izolyatsiya vositalari rezina qo`shib to`qilgan gazmoldan tayyorlanadi va zararlangan o`choqlarda dezinfektsiyalash ishlari o`tkazilganda ishlatiladi.
Terini himoya (izolyatsiya) qiluvchi vositalar GM bo`linmalarining shaxsiy sostaviga mo`ljallangan. Ular bunday kiyimlarni o`ta xavfli sharoitda ishlaganda kiyadilar.
Maxsus himoya kiyimiga, umumqo`shin himoya jamlamasi, engil himoya kostyumi L-1, himoya kombinzoni va filtrlovchi himoya kiyimlari kiradi.
Bo`yi 165 sm gacha bo`lgan kishilar uchun birinchi rost; 165 sm dan 170 sm gacha, ikkinchi; 170 sm dan 175 sm gacha, uchinchi; 175 sm dan 180 sm gacha, turtinchi; 180 sm dan baland bo`yli kishilar uchun beshinchi rost bo`ladi. Himoya kombinezoni radioaktiv, ZM lar hamda bakterial vositalar bilan kuchli darajada zaharlangan sharoitlarda ish olib borayotgan kishilarni himoya qilishi uchun foydalaniladi.
L-1 engil himoya kostyumы(8-rasm) terini RM lar, ZM lardan himoya qiladi. L-1 engil himoya kostyumidan odatda radiatsion, kimyoviy va bakteriologik razvedka olib borish vaqtida foydalaniladi. Kostyumlar 3 xil o`lchamda tayyorlanadi: bo`yi 165 sm gacha bo`lgan kishilar uchun bi­rinchi; 165 sm dan 172 sm gacha ik­kinchi; 172 sm dan baland bo`yli kishilar uchun uchinchi rost bo`ladi.
O`lchamlar ko`ylakning old qismini pastiga, shimning yuqori qismidagi chap tomoniga va qo`lqopning yuqori qismida belgilanadi.
Himoya kombinezoni (9-rasm) rezina qo`shib to`qilgan gazmoldan tayyorlangan hamda kapyushonli ko`ylak; paypoqli shim va podshlyopnikdan iborat bo`ladi.
Himoya kombinezoni RM lar, ZM lar va hamda BV lar bilan kuchli darajada zaharlangan sharoitlarda ish olib borayotgan kishilarni himoya qilish uchun foydalaniladi. Himoya kombine­zoni ham engil kostyum o`lchamlariga o`xshash uch xil bo`ladi.



8- rasm. L-1 engil himoya kostyumi:

  1. qalpoqli kurtka; 2- poypoqli shim; 3- ikki barmoqli qo`lqop; 4- podSHlemnik qalpoqni ichidan kiyadigan bosh kiyim; 5- sumka; 6- bo`yin klapani; 7- o`rtadagi bog`ich; 8- elka tasmalari; 9- oyoq bog`ichlari.




9- rasm. Umumiy qo`shin himoya komplekti:

  1. himoya plashi; b- besh barmoqli qo`lqop; v- ikki barmoqli qo`lqop; g- himoya paypog`i.


Download 6,07 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PTM-1 changga qarshi gazlama niqobi va paxta-doka bog`ichlar

Download 6,07 Mb.