Ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish




Download 6,07 Mb.
bet183/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   309
Bog'liq
hfh

Ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish - bunga mastlik oqibatida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlarda olingan jarohatlanishlar kiradi. Birinchi turdagi jarohatlanishga – ishchi ish joyida ishchi vazifalarini bajarishi yoki korxonaning topshiriqlarini boshqa joyda bajarishi paytida, ya’ni sexda, korxona hududida, yuk ortish, tushirish yoki yuklarni boshqa joyga ko‘chirish vaqtida va shunga o‘xshash jarayonda olgan jarohati kiradi. Ikkinchi turdagi jarohatlanishga – ishchining ishga borib – kelishi vaqtida, komandirovka vaqtida, ma’muriyat topshirig‘i bilan boshqa joylarda ta’luqli ishlarni bajarayotgan paytlarda olgan jarohati kiradi. Uchunchi turdagi jarohatlanishga – o‘z shaxsiy ishlarini bajarayotgan holatlarda yoki mast bo‘lish natijasida, davlat mulkini o‘g‘irlash vaqtida, hamda uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi.
Birinchi va ikki turdagi jarohatlanish ishlab chiqarish bilan bog‘langan taqdirda ma’muriyat javobgar hisoblanadi va uning jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan kunlari uchun to‘lik haq to‘laydi. Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitini yaratish sohasida yo‘l qo‘yilgan xato tufayli bo‘lmay, balki xodimning mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda xodim ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov miqdori ma’muriyat xodimi va xodimning aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to‘lanishi belgilab qo‘yilgan. Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan jarohatlanish yoki zararlanish yoki kasb kasaligiga yo‘liqish korxonalarda yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasida ro‘y berishi mumkin. SHuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa, har tomonlama tekshirilishi va hisobga olinishi shart.
Tekshirish va hisobga olish natijalari baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini aniqlab, kelajakda jarohatlanish hamda, kasallanishning qaytarilmasligi uchun zarur bo‘lgan chora - -tadbirlarni ko‘rish imkoniyatini yaratadai. Har bir baxtsiz hodisa, qay tarzda yuz berilganiga qaramay, ya’ni ish boshlanishdan oldinmi, ish davomidami, ishdan keyinmi, yoki ish joyidami, korxona maydonidami, yoki ma’muriyat topshirig‘i bilan korxona maydonidan chetda yuz berilgan holatlarga qaramay, shu tariqa va boshqa sabablardan qat’iy nazar - tekshiruv marosimi o‘tkazilishi lozim. Tekshirish hamda hisobga olish ishlarini kasaba uyushmasi (federatsiyasi) Nizomiga asosan korxona boshlig‘i, xavfsizlik texnikasining muhandisi, jamoat inspektori va boshqalar ishtirokida tuzilgan komissiya olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish” to‘g‘risidagi Nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllardagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolar bilan mehnat faoliyatiga bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibi belgilangan. Ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa o‘rnatilgan qatiy tartib asosida har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. O‘lim bilan tugagan og‘ir jarohatlanish va barcha guruh xodimlarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollaridan tashqari, hamma baxtsiz hodisalar bo‘lim boshlig‘i, xavfsizlik texnikasi muhandisi va jamoat nazoratchisi tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ish vaqtidan keyin ish joyida, korxona xududida vama’muriyatning topshirig‘iga asosan, korxona xududidan chetda yuz bergan bo‘lishidan qat’iy nazar tekshiriladi. Issiq urishi va tana ba’zi qismlarining muzlashi ham baxtsiz hodisa sifatida tekshiriladi.



Download 6,07 Mb.
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish

Download 6,07 Mb.