|
Nafas organlarini himoyalovchi oddiy vositalar va respiratorlar
|
bet | 180/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh4. Nafas organlarini himoyalovchi oddiy vositalar va respiratorlar.
Respirator R-2 (6-rasm) GM tizimida ko`proq qo`llaniladi. Respiratorlar nafas organlarini radioaktiv changdan, havodagi chang-to`zondan himoya qilishda hamda bakterial vositalarning qayta hosil bo`lgan bulo`tlari ichida harakat qilgan vaqtda foydalaniladi. Respiratorlar ZM lardan odamni himoya qilolmaydi. R-2 respiratori filtrlovchi yarim niqobdan iborat bo`lib, unda nafas oladigan ikkita klapan, bitta (predoxranitelli ekrani bilan) nafas chiqarish klapani, boshga taqiladigan elastik va cho`zilmaydigan tasmalari hamda buringa o`rnashtirish qisqichi bo`ladi.
6- rasm. R-2 respiratori:
chapda – umumiy ko`rinishi; o`ngda – jangovor holatda; 1- yarim niqob; 2- nafas olish klapani; 3- nafas chiqarish klapani; 4- elastik tasmalar; 5- cho`zilmas tasmalar; 6- burun qisqichi.
YArim niqobning sirtki qismi engil sintetik material poliuretandan tayyorlanadi, ichki qismi esa havo o`tkazmaydigan yupqa plyonkadan ishlanib, unga nafas olish klapanlari o`rnatiladi. Poliuretan bilan plyonka orasiga polimer tolalaridan yasalgan filtr-suzgich joylashtirilgan bo`ladi. Nafas olgan vaqtda havo respirator bilan filtrning bo`tun sirtidan aylanib o`tib, changdan tozalanadi va nafas olish klapanlari orqali nafas olish organlariga etib keladi. Nafas chiqarilgan vaqtda havo tashqariga nafas chiqarish klapanlari orqali chiqib ketadi.
R-2 raspiratori uch xil o`lchamlarda tayyorlanadi, o`lchamlar yarim nnkobnnkg iyakka taqiladigan ichki qismi (polietilen paket)ga yozib quyiladi. Respirator o`lchamini GP-4u protivogaziga uxshagan tartibda tanlanadi.
Respiratorning yuzga zich yopishib turganlignni tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.Nafas chiqarish klapanining teshigi qo`lning kafti bilan markam berkitib turib, engil nafas chiqariladi. Agar shunda respiratorning yuzga tegib turgan chiziqlaridan havo chiqib ketmasa, faqat yarim nikobni biroz ishirsa, demak respirator germetik holda kiyilgan bo`ladi: agar havo burunniig ikki chetidagi qismida chiqayotgan bo`lsa, u holda burun qisqichining uchlarini burun ustiga yana ham mahkamroq qisib quyish kerak havo o`tkazib yuboradigan respiratorni kichikroq o`lchami bilan almashtirish kerak Respiratorni qo`yib o`lchab bo`lgandan kenin, maxsus halqa yordamida yopib quyiladigan polietilen xaltachada o`z yoningizda saqlashingiz kerak.
RMlar bilan zaxarlangan sharoitda ishlatilgan respiratorni echgandan keyin uni dezaktivatsiya qilish zarur, ya`ni sirtqi qismini radioaktiv changdan tozalab, ichki tomondagi yuzasi nam tompon bilan artib chiqiladi. So`ngra respirator paketda saklanadi.
Agar respiratordan foydalangan vaqtda namlik ko`p tplanib qolsa respiratorni 1—2 daqiqa echib, namlik ichki tomondan oqizib chiqariladi va ichki sirti artib yana taqib olinadi.
|
| |