• 5.Avtomatik o`t o`chirish vositalari
  • Ko`pik bilan o`t o`chirish




    Download 6,07 Mb.
    bet188/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    4.Ko`pik bilan o`t o`chirish.
    Ishqor bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaktsiyasi yoki suv bilan ko`pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish asosida ko`pik hosil qilinadi.
    Kimyoviy ko`pik 80% karbonat angidrid gazi, 19% suv va 0,3% ko`pik hosil qiluvchi moddalar tashkil topgan.
    Mexanik ko`pik esa 90% havo 9,6% suv 0,44% ko`pik hosil qiluvchi moddadan iborat bo`ladi.
    Ko`pik bilan o`chirishning asosiy xususiyati, engil alangalanuvchi suyuqlik yoki qattiq jismlar yuzasini yupqa ko`pik qavati bilan qoplab, yonayotgan modda bilan havodagi kislorod o`rtasida to`siq hosil qiladi.
    Ko`pik tez alangalanuvchi suyuqlikdan ancha engil bo`lganligi sababli uning yuzasida muhofaza qobig`i tashkil etadi, bu qobiq suyuqlik bug`lari hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi, shuningdek kislorodni kiritmaydi.
    5.Avtomatik o`t o`chirish vositalari. Avtomatik o`t o`chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi.
    Sprinklerlar asosan yong`in xavfi yuqori bo`lgan korxonalarga o`rnatiladi. Sprinkler qurilmalari o`rnatiladigan xonalarga bosim ostida suv o`tkazuvchi quvurlar o`tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari o`rnatiladi.
    YOng`in sodir bo`lganda, issiqlik ta`sirida sprinkler ishga tushadi, ya`ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa boshlaydi va har bir sprinkler boshchasi 6 – 9 m2 maydonga suv sachratib, o`t o`chirishni ta`minlaydi.
    Bunday qurilmalar o`rnatilgan korxonalarda sodir bo`lgan yong`inlarning 90% shu qurilmalar o`t o`chiruvchilari kelgunga qadar o`chirishga ulgurgani aniqlangan.

    3-rasm. Sprinkler tizimi:
    a - suv tizimi: 1- bosh tiraluvchi jo`mrak, 2- tushiruvchi quvur, 3- to`kuvchi kran,
    4- uskunalardagi signallarni tekshirish kranlari, 5- manometr, 6- klapan, 7- signal klapani qobig`i, 8- signal uskunasi quvuri, 9- yopuvchi klapan, 10- aylana ariqcha;
    b – havo suvli tizim, 1- havo klapani, 2- suv klapani, 3- burchak krani, 4- bosh taraluvchi jo`mrak, 5- laganchali klapan, 6- aylana ariqcha, 7- quvur,8- jo`mrak, 9- uch yo`lli kran, 10- quvur, 11- ikki laganchali klapan, 12- havo klapani kamerasi.
    Avtomatik o`t o`chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi.
    Sprinklerlar asosan yong`in xavfi yuqori bo`lgan korxonalarga o`rnatiladi. Sprinkler qurilmalari o`rnatiladigan xonalarga bosim ostida suv o`tkazuvchi quvurlar o`tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari o`rnatiladi.
    YOng`in sodir bo`lganda, issiqlik ta`sirida sprinkler ishga tushadi, ya`ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa boshlaydi va har bir sprinkler boshchasi 6 – 9 m2 maydonga suv sachratib, o`t o`chirishni ta`minlaydi.
    Bunday qurilmalar o`rnatilgan korxonalarda sodir bo`lgan yong`inlarning 90% shu qurilmalar o`t o`chiruvchilari kelgunga qadar o`chirishga ulgurgani aniqlangan.
    Sprinkler qurilmalari bilan bir qatorda drencher qurilmalaridan ham keng foydalaniladi. Drencher qurilmalarining sprinklerdan farqi shuki, unda engil eruvchan qulfli qurilma o`rnatilmaydi va ularni ishlatish asosan suv o`tkazish kranlarini ochish yo`li bilan amalga oshiriladi.

    4-rasm. Suv tarqatgichlar drencher: a-drencher OVD; b-prinkler OVS; 1- ulovchi uskuna; 2,4- ushlovchi richaglar; 3- eruvchi qulf; 5- suv sachragich; 6-klapan;



    Download 6,07 Mb.
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   309




    Download 6,07 Mb.