• AMALIY MASHG`ULOT № 9 Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshirish, hisobga olish va aniqlash usullari.
  • Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshirish, hisobga olish va aniqlash usullari.
  • Hayot faoliyati xavfsizlig




    Download 6,07 Mb.
    bet189/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Muhokama uchun savollar:

    1. YOng`inga qarshi ishlatiladigan texnik qurilmalarning vazifasi nimalardan iborat?

    2. Signal vositalari deganda nimani tushunasiz?

    3. Suv bilan o`chirish deganda nimani tushunasiz?

    4. Bug` yordamida o`chirish deganda nimani tushunasiz?

    5. Ko`pik bilan o`t o`chirish deganda nimani tushunasiz?

    6. Avtomatik o`t o`chirish vositalari deganda nimani tushunasiz?



    AMALIY MASHG`ULOT № 9
    Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshirish, hisobga olish va aniqlash usullari.

    1. Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlar.

    2. Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshirish, hisobga olish va aniqlash usullari.



    Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshirish, hisobga olish va aniqlash usullari.
    Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jaroxatlanishga, zaxarlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
    Kasb kasalliklarining kelib chiqishiga organizmning o‘ta toliqishi va kasallikka qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo‘la oladi. O‘zbekistonda kasb kasalliklari ro‘yxati va tegishli tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarishning zararli sharoitlarida uzoq ishlash oqibatida insonning normal faoliyati buzilishi yoki jismoniy shikastlanishlar kasbiy kasalliklar deb ataladi:Kasb kasalliklarining kechishi unga sabab bo‘lgan zararli omillarning o‘ziga xosligi, kuchi, davomiyligi va ularning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq.
    Ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashtirilishi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning keng joriy etilishi, mexnat va dam olishning me’yorida tashkil etilishi kasbiy kasalliklarning kamayishiga olib keladi.
    Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni o‘rganish baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash, ularni yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘rish imkonini beradi. Bu ishlar asosan samarali xavfsiz ish usullarini qo‘llash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo‘ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi.
    SHikastlanish og‘irligiga qarab, ishlab chiqarish travmatizmi 3 guruhga bo‘linadi:
    1. 1 yoki ortiq kungacha vaqtincha ishga layohati yo‘qolgan engil
    2. uzoq vaqtgacha ishga layoqati yo‘qolgan va mayiblik yoki nogironlik bilan davom etadigan og‘ir
    3. O‘limga olib keluvchi, shuningdek 3 yoki undan ortiq ishchilar bilan bir vaqtning o‘zida ro‘y beruvchi avariya hodisasi.
    Jarohatlanish uch turga bo‘linadi.
    Birinchisi, ishlab chikarishda, ish joyida jarohatlanish, ikkinchisi, ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish va uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish.
    Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jaroxatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
    Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaq­tida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish xududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
    Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
    Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha umumiy qoidalar
    O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
    Mazkur tartib:

    • ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;

    • ish beruvchilarga;

    • pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy shartnomalarlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;

    • tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga;

    • agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa yollanib ishlayotgan chet el fuqarolarga;

    • qurilish, qishloq xujaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;

    • korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tadbiq etiladi.

    Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek, xizmat safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta’siri, portlash, falokat, imoratlar, inshoatlar va konstruksiyalar buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar (er qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv toshqini, to‘fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari:

    • ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko‘zlab qandaydir ishni amalga oshirilayotgandagi;

    • avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo‘l harakati hodisasi natijasidagi;

    • korxona transportida yoki shartnoma (buyurtma) ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;

    • ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi;

    • mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari orasida yurish bilan bog‘liq ish vaqtida jamoat transportida yoki piyoda ketayotgandagi;

    • shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganida, qaerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, korxonalarga otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi;

    • ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohati etkazilgandagi.

    Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va xisobga olish
    2 yoki undan ortiq ishchilar jabr ko‘radigan baxtsiz hodisalar, shuningdek, o‘limga olib keluvchi yoki nogiron etuvchi baxtsiz hodisalarni alohida ta’kidlash zarur. Bunday hodisalar to‘g‘risida ish beruvchi sutka davomida quyidagi tashkilotlarga ma’lum qilishi shart:

    • O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi;

    • Ijrochi hokimiyatning tegishli organlariga;

    • Baxtsiz hodisa ro‘y bergan joy bo‘yicha prokuraturaga;

    • O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijrochi hokimiyat organlariga;

    • Davlat nazorat organlariga (agar baxtsiz hodisa shu organ nazoratidagi tashkilotda yuz bergan bo‘lsa);

    • Tegishli kasaba uyushmalari organlariga.

    Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya tomonidan olib boriladi:

    • Mehnat muhofazasi bo‘yicha Davlat nazoratchisi;

    • O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijroiya hokimiyat organlari vakili;

    • Kasaba uyushmalari organi vakili.

    Jarohatlanish va kasb kasalliklarini o‘rganish usullari
    1. Statistika usuli. Bu usul sanoat korxonalarida statistik hisobga olingan baxtsiz hodisalar materiallarini chuqur o‘rganishga asoslangan. Statistik usul baxtsiz hodisalarni kamaytirish borasida chora-tadbirlar ko‘rish uchun amaliy ma’lumot beradi va sanoatda jarohatlanishni ta’riflovchi chastota koeffitsienti, jarohatning og‘irlik koeffitsienti o‘rtacha ko‘rsatkichini olish imkoniyatini beradi. CHastotali koeffitsient (Kch) 1000 ishchi hisobiga ma’lum vaqt davomida sanoat korxonalarida to‘g‘ri keladigan baxtsiz hodisalarning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi. Uni quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin:

    bunda R - ma’lum vaqt ichida jarohatlanganlar b/ hodisalar soni; T - shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni.


    Baxtsiz xodisaning og‘irlik koeffitsientini, ya’ni har bir jarohatlanishning o‘rtacha yo‘qotilgan ish kunlari hisobini ko‘rsatuvchi K ni qo‘yidagi formula bilan aniqlash mumkin.

    bunda P-hamma baxtsiz xodisaga uchraganlar tomonidan yo‘qotilgan ish kunlari soni; R-shu davrda baxtsiz xodisaga uchraganlar soni.


    Bu ko‘rsatkich haqiqiy og‘ir jarohatlanish belgilarini ko‘rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar kiritilmagan. Yo‘qotilgan mehnat qobiliyatining ishchi kun miqdorini 1000 kishiga keltirib, quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

    bu ko‘rsatkich orqali jarohatlanish dinamikasi va baxtsiz hodisaning og‘irlik asoratini aniqlash mumkin.


    Statistika usulini ikkiga bo‘lib karash qabul qilingan: guruh va topografik usullardir.
    Guruh usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz xodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan vaqti va sodir bo‘lgan joyi, baxtsiz xodisaning xususiyatini va x..k.) guruh xolida takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
    Topografik usul. Bu usul ham guruh usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, qo‘yidagi xollarda qo‘llaniladi: guruh usulida keltirilgan baxtsiz xodisalar xaqidagi ma’lumotlarni har xil shartli belgilar bilan belgilab (masalan, H-I), ish uchastkalarining rejasida baxtsiz xodisa yuz bergan joylarga qo‘yib chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz xodisalarning takrorlanishi xaqida ko‘rgazmali ma’lumot olinadi.
    Xar qanday statistik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz xodisalarni taxlil qilishda xam olingan material, asosan baxtsiz xodisa xaqida tuzilgan H-I formadagi akt xar tomonlama o‘rganiladi. Aktda baxtsiz xodisa yuz bergan joy, jarohatlanish tavsifi, og‘irlik darajasi, voqea sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi xaqidagi ma’lumotlar aks etadi. Statistik usul asosida shikastlanish ishchi va xizmatchilar orasida qanday taqsimlanganligi baholanadi. Baholashda ishchining yoshi, staji, kasbi, jinsi, mutaxassisligi, ish vaqti, ish turi va boshqa omillar e’tiborga olinadi. Statistik usulda aniqlanishicha asosiy baxtsiz hodisalar kechki smenada, kam stajli ishchilar orasida, yoshi katta bo‘lgan ishchilar orasida (50%) sodir bo‘ladi.
    2. Monografik usul. Bu usul baxtsiz hodisa yuz bergan ayrim sex, uchastka, ishlab chiqarish xonasi yoki korxona bo‘limlarini har tomonlama chuqur o‘rganishga asoslangan. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishiga, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalariga va sanitariya-gigienik mehnat sharoitiga qaratiladi. Bu usulda korxonada ro‘y bergan baxtsiz hodisalar, avariyalar, kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablari aniqlanadi. Xuddi shunday taxlillar turdosh korxonalar buyicha xam o‘tkaziladi.
    Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz xodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Bu ma’lumotlar qurilayotgan yoki loyihalanayotgan o‘xshash korxonalarda aynan xuddi shunday baxtsiz hodisalar kelib chiqmasligi uchun ogoxlantirish va texnologik jarayonlarni o‘zgartirish, mukammalashtirish chora-tadbirlarini ko‘rishda katta ahamiyatga ega.
    3. Ergonomik usul. Bu usulda mexnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning mexnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
    4. Iqtisodiy usul. Bu usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar, shuningdek, mehnat xavfsizligiga sarflangan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanishi baxtsiz voqeani oldini olishga ketgan xarajatlarni samaradorligi aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul bo‘lib hisoblaniladi chunki u baxtsiz xodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.
    Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar
    Mehnat sharoitlari–ish jarayonida inson salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillari yig‘indisidir. Mehnat sharoitlari shikastlanishlar va kasb kasalliklari yuzaga kelishi uchun har qanday shart-sharoitni istisno etish kerak. Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar odatda 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi.
    Birinchi gurux omillar-atrof muxitning sanitariya-gigiena xolati. Ishlab chiqarish muhiti, ish hududini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Bularga xavo xarorati, atrof-muxitning tozaligi (toza, changlangan, boshqa zararli moddalar bilan ifloslangan va b.) yorug‘lik va shovqin darajasi va boshqalar kiradi.
    Sanitar-gigienik omillar:
    a) yoritilganlik (tabiiy, sun’iy);
    b) mikroiqlim;
    v) havo harorati, S;
    g) nisbiy namlik, %;
    d) havo harakati tezligi, m/s;
    e) havo muhitida zaharli moddalar (bug‘lar, gazlar, aerozollar) mg/m3;
    j) mexanik tebranishlar:

    • tebranish (titrash) (Gs-chastota, mm, amplituda, tebranish tezligi-m/s);

    • shovqin (oktava chiziqlari, Gs-chastotasi, tovush bosimi darajasi-Db);

    • ultratovush (shovqin kabi);

    • infraqizil, ultrabinafsha, ionlashish nurlanish (km, m, dm, sm, mm);

    • radiochastotalar to‘lqinlari (Gs, kGs, Mgs);

    • atmosfera bosimi (dengiz darajasidan ham baland: m, mm, barometrik, simob ustuni);

    • kasbiy infeksiyalar va biologik agentlar.

    Ikkinchi gurux omillarga - mexnat vositalari: ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina mexanizmlar, asbob-uskunalar, moslamalar va texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lib, miqdoriy baholanishi mumkin va me’yorlanadi.
    Uchinchi gurux omillarga tashkiliy tadbirlar, ya’ni ish va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etish, mexnat taqsimoti, mexnat intizomi kabilar kiradi.
    Ushbu guruh–mehnat jarayoni bilan shartlanadigan psixo-fiziologik, faqat bir qismi miqdoriy baholanadi.
    Psixofiziologik (mehnat) omillari:
    a) jismoniy vazifa (kkal);
    b) ish holati;
    v) asab–psixologik–aqliy, asab–hissiyot, ko‘rishning zo‘rayishi, asab-ruhiy vazifa;
    g) mehnat jarayonining bir xilligi;
    d) mehnat va hordiq tartibi (rejimi):

    • smena ichi (tushlikka tanaffus);

    • sutkalik (ish smenalarining davomiyligi);

    • yillik (ta’tilning davomiyligi);

    • SHikast–xavf (portlash xavfi, yong‘in-xavfi, seysmik xavf, mashinalarning harakat qismlari shikastlanish xavfi)

    To‘rtinchi guruh - odamlarning o‘zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mexnat natijalariga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi. Guruh–estetik omillar, ishlayotganlar tomonidan atrof-muhit ahvoli va uning elementlari qabul qilinishi bilan xarakterlanadi, miqdoriy baholanmaydi.
    Estetik omillar:
    a) ish hududida yorug‘lik tovush muhiti kompozitsiyasining uyg‘unligi, havo muhiti hidlarining hushbuyligi, hamohanglik kompozitsiyasi, ish holatlari va mehnat harakatlarining uyg‘unligi;
    b) jamoaning ijtimoiy – ruhiy birdamligi;
    v) jamoada guruhlararo munosabatlar xarakteri (janjalli holat, darajasi);
    Zararli ish sharoitlariga tananing ayrim a’zolarining yoki gurux mushaklarning uzok vakt majburan zurikishi, sex xavosiga zararli moddalarning ta’siri, yokimziz meteorologik sharoitlar, me’ordan yukori shovkin, titrash, yoritilganlik, atmosfera bosimidagi katta tafovutlar.
    Jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini taxlil qilish
    Baxtsiz xodisalarni qayd qilish va hisobga olish bilan baxtsiz xodisalarning sabablarini aniqlab bulmaydi, bu faqat baxtsiz xodisa sabablarini aniqlash uchun material bo‘la oladi. Ishchining ish sharoitida ishlash faoliyatini o‘rganish uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasida bog‘lanish borligini aniqlash imkoniyatini beradi.
    Ishlab chiqarish travmatizm (shikastlanish) va qasbiy kassalliklar sabablari quyidagi sinflarga bo‘linadi:
    1.texnik
    2.tashkiliy
    3.sanitar- gigienik
    4. psixofiziologik
    Texnik - qo‘l asbobi, mashinalar, apparatlar, elektr uskunalarning buzuqligi, ishlab chiqarish texnologik jarayonining takomillashmagani, to‘siq, himoya qurilma – moslamalari va qurilma saqlovchilarining nosozligi, bosim bilan ishlayotgan bug‘li qozonlar, idishlarning portlashi, materiallar yonishi oqibatida portlashlar, mashina va mexanizmlarning ayrim qismlarining sinib yoki uzilib ketishi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi.
    Tashkiliy sabablarga quyidagi sabablarni kiritish mumkin. Sanoat korxonasini loyhalash vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar, ishning noto‘g‘ri tashkil qilinishi, noto‘g‘ri ish tartibi, haddan ziyod davomiyligi yoki jadallik, mexnat qilish va dam olish rejimining notugri tashkil etilganligi, inson tanasining uzoq vaqt noqulay holatda bo‘lishi, malakaga mos emasligi, ishchilarni xavfsizlik texnikasi koidalari buyicha ukitilmaganligi, yo‘riqnomaning noto‘g‘ri o‘tkazilganligi, xavfsiz mexnat qilish texnik nazoratining yo‘qligi, texnologik jarayonlarning buzilishi, sanoat korxonasi hududida yo‘lka va o‘tish joylarini noto‘g‘ri joylashtirish, ish joylarini noto‘g‘ri tashkil qilish, nobob ish qurollaridan foydalanish, shaxsiy muhofaza aslahalarining ish sharoitiga to‘g‘ri kelmasligi, to‘siqlarning yo‘qligi, xavf haqidagi ogohlantiruvchi plakatlarning bo‘lmasligi, ishchi joylarida ogoxlantiruvchi belgilarni bulmasligi, jamoa bulib ishlayotgan joylarda ishni tashkillashtirishdagi kamchiliklar, mutaxassislik buyicha ishga kabul kilmaslik, maxsus kiyim boshlar va shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlamaganlik, asbob va uskunalardan notugri foydalanishlar misol bula oladi..
    Sanitar – gigienik – mexnat gigienasi, sanitar normalar va koidalarga amal kilmaslik, xonalar ishlab chiqarish maydoni va kubaturaning etishmasligi, iqlim sharoitlariga ularning nomutanosibligi, ishlab chiqarish muhiti (havoning harorati, nisbiy namligi, harakat tezligi va bosimi, issiqlik ajralib chiqishi), havo muhitining changlanganligi, ish joylari, maydonlar va o‘tish joylarning oqilona yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, elektr magnit nurlanishi mavjudligi, maxsus kiyim – bosh, maxsus oziq- ovqatning yo‘qligi, maishiy va profilaktik xonalarning qoniqarsiz ahvoli, sanoat korxonalardagi ishlab chiqarish xonalari va sanitar maishiy xonalarning etarli emasligi hamda sanitar- gigienik talablarga javob bermasligi, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaslik.
    Psixo-fiziologik sabablar. Ishchi psixologik rejimining buzilishi natijasida vujudga keladigan sabablar: oilaviy notinchlik, ish jamoalarida kelishmovchilik, bajarilayotgan ishga e’tiborsiz karalishi, ishchining uz faoliyatiga bulgan nazoratning bushligi, jismoniy yoki asabiy tolikish va boshka shu kabilar kiradi.
    Bu sabablar aniqlangandan keyin ish sharoitida ularning kelib chiqmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi kerak. Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarning butunlay yuqolishiga yoki asosan kamayishiga olib kelishi kerak.Ishlab chiqarish muhitida ishlab chiqarish shikastlari sabablarining tahlili. Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunchilikning barcha talablariga ma’muriyatning rioya etishida, ishlab chiqarishga yuksak madaniyatni joriy etilishi va mehnatning xavfsiz usullarini qo‘llash ustidan kundalik nazorat etilgan taqdirda – shikastlanish hodisalari vujudga kelmaydi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   309




    Download 6,07 Mb.