|
Ishlab chiqarish travmatizm va kasbiy kasalliklari profilaktikasi
|
bet | 190/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhIshlab chiqarish travmatizm va kasbiy kasalliklari profilaktikasi.
Mexanizatsiya, avtomatizatsiya.
Umumiy va kasb kasalliklari, zaharlanishning oldini olish uchun salomatlik va mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlovchi texnika va qurilma katta ahamiyat kasb etadi.
Eritish, isitish, ventilyasiya, sanitariya me’yorlariga tegishli ishlab chiqarish holati.
Sanitar- maishiy qurilmalar
Uskunalarning germatizatsiyasi, izolyasiya tovushi, shovqin va tebranishni o‘chiruvchilar
Uskunalar va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
Saqlovchi, blokirovkalovchi va signalizatsiya qurilmalari
Elektr magnit nurlanishning himoya ekranlari
Ichimlik suvini tozalovchi, zararsizlantiruvchi qurilmalar
Ishlab chiqarish, oqova suvlarni filtrash, zaharli va zararli moddalardan tozalash uchun qurilmalar
Ishlab chiqarish zaruriyatlarini uchun individual himoya vositalari va moslamalari.
Mehnatdan mayibligi natijasida jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar miqdori
Fuqaro hayoti yoki salomatligiga etkazilgan zarar qoplovi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi tomonidan tartibga solinadi.
Jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar:
1. Ish haqi miqdorida yoki uning tegishli qismi-mehnatga layoqat yo‘qotilish darajasiga qarab pul miqdori to‘lovlari;
2. Qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyasi;
3. Bir yo‘la to‘lanadigan to‘lov puli;
4. Moddiy zarar qoplovidan iborat.
AMALIY MASHG`ULOT № 10
О‘zbekistondagi mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi boshqaruv tizimining tuzilishi va funksiyalari.
О‘zbekistondagi mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi boshqaruv tizimini faoliyatining huquqiy asoslari.
О‘zbekistondagi mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi boshqaruv tizimining tuzilishi va funksiyalari.
Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazoral qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga topshirilgan:
O`z. R. mehnat va ijtimoiy ta`minot Vazirligi. Mehnat muhofazasi Davlat inspeksiyasi;
Sanoat kon texnik nazorati agentligi;
Davlat sanitariya nazorati;
Davlat yong`in nazorati;
Davlat energiya nazorati.
I.Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasi.
Bular korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo`yicha me`yor va qoidalariga rioya qilish, sanoat sanitariyasi va mehnat gigiyenasiga rioya qilish. mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspekioriga ega.
II.Sanoat davlat kon texnik nazorati agentligi.
Bu tashkilot bug` qozonlarining to`g`ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va lashish ishlarini nazorat qiladi.
Davlat sanilariya nazorati - Bu tashkilot havoni, suvni va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo`qotish, sexlarning sanitariya holallarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Davlat yong`in nazorati - bu tashkilot yong`inga qarshi tadbirlarni, o`t o`chirish vositalarining holatini, yong`in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
Davlat energiya nazorati - bu tashkilot korxonalaridagi energiya sistemalarining texnik ekspluatalsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishm nazorat qiladi.
Hozirgi paylda to`qimachilik korxonalarida ham uch pog`onali nazorat keng joriy qilingan:
I - pog`ona - har kuni usta va jamoatchi inspektor bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqishadi. Uchragan kamchiliklarni tuzatishga choralarini ko`rishadi.
II - pog`ona - har hafta sex boshlig`i katta jamoatchi inspektor bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqishadi. Uchragan kamchiliklarni tuzatishga chora ko`rishadi.
111-pog`ona - haroydabirmartakorxonaboshmuhandisimehnatmuhofazasimuhandisibilanbirgalikdashuishjoylariniaylanibchiqishadi. Bu nazorat bo`yicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona.tashkilot, muassasa. vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qommlari bajarilishining oliy nazoraii O`z. Respublikasi Mehnat Vazirligiga yuklatilgan.
|
| |