|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 187/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh2. Suv bilan o`chirish.
Suv eng ko`p tarqalgan va deyarli hamma erda mavjud bo`lgan o`t o`chirish vositasi bo`lib, uning o`chirishdagi asosiy xususiyati ko`p miqdorda issiqlik yutishiga asoslangan.
U yonayotgan maskanni haroratini keskin pasaytirib, yonmaydigan holatga olib keladi.
1 litr suvni 20oS dan qaynash haroratigacha chiqarish uchun 335 kJ issiqlik sarflanadi.
Uning bug`ga aylanishi uchun esa 2260 kJ issiq ketadi.
Bundan tashqari 1 litr suvning 1700 litr bug`ga aylanishini hisobga olganda, bug` yonayotgan chegaradagi (zonadagi) kislorodni siqib chiqarib, alanganing o`chishini ta`minlaydi.
Ishlab chiqarish korxonalarida o`t o`chirishga kerak bo`ladigan suv miqdori yong`in toifasi va binoning o`tga chidamlilik darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab, 10 l(s dan 40 l(s belgilanadi.
Korxonalardagi maajud suv saqlovchi qurilmalardan yong`in vaqtida olinadigan suvning maksimal miqdori 3 soatga etadigan bo`lishi shart.
YOng`inga qarshi gidrantlar korxona maydonida bir – biridan 100 m dan ortiq bo`lmagan masofada joylashtiriladi, ular bino devoriga va ko`chalar kesishgan joylarga 5 m dan kam bo`lmasligi kerak. Bino ichkarisiga o`rnatilgan yong`in kranlari pol yuzasidan 1,35 m balandlikka o`rnatiladi.
3.Bug` yordamida o`chirish.
Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar uchun ko`p miqdorda bug` iste`mol qilinadi va bunday korxonalarda yong`inni o`chirishda, bug`dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Binolarga yuborilgan bug` kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o`rnini egallaydi. Bug`ning o`t o`chirish samaradorligi uning ma`lum bir xonaga yuborilgan miqdoriga bog`liq bo`ladi.
Bug` yonayotgan xonani butunlay qoplab, u erdagi kislorodli havoni qisman siqib chiqaradi, qolgan qismida, xonaning yong`in va yuborilgan bug` hisobiga 85 oS dan ortiq isib ketganligi sababli kislorod miqdorini 31% qisqartiradi va xonadagi kislorod miqdori 15 – 16% kamayadi.
Bu esa yong`inning davom etish imkoniyatini yo`qotadi.
2-rasm. Bug` bilan o`t o`chirish chizgisi
1 - qozonxona; 2 – texnologik bug` quvurlari; 3, 4 - jo`mraklar; 5 bug` yuboradigan quvur; 6 – bug` tarqatadigan quvur; 7 – kranlar; 8 - rezin shlangi.
|
| |