|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 176/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhSHaxsiy himoya vositalar
Aholini yalpi qirg`in qurollaridan himoya qilish maqsadida o`tkaziladigan tadbirlarning birortasi ham shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishni istisno qilmaydi.
Bu turga kiruvchi himoya vositalari odamni RM lar, ZM lar va BV lardan himoya qilish uchun ishlatiladi. O`z vazifasiga ko`ra ikkiga: nafas olish organlarini va terisini himoya qilish vositalariga bo`linadi. Bundan tashqari filtrlovchi va izolyatsiya qiluvchi vositalarga ham bo`linadi. Filtrlash tamoyili shundan iboratki, bunda inson organizmining hayotiy faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo`lgan havo himoya vositalari orqali o`tkazilganda tashqaridan kirgan ZM lardan tozalanadi, izolyatsiya qiluvchi tipdagi himoya vositalari odam organizmini tevarak-atrofdagi muhitdan batamom izolyatsiya qilib ajratib turadi.
Sanoat yo`li bilan chiqarilgan (filtrlovchi va izolyatsiya qiluvchi) protivogaz va respiratorlar, shuningdek eng oddiy himoya vositalari (PTM-1), changga qarshi gazmol niqoblar hamda odatda aholining o`z qo`li bilan tayyorlanadigan paxta-doka bog`ichlar odamning nafas olish organlarini himoya qilish vositalari hisoblanadi.
Filtrlovchi himoya kiyimi (ZFO) terini kompleks himoya kiluvchi vosita hisoblanadi.
Grajdan mudofaasinnng harbiylashtirilmagan tuzilmalari
shaxsiy tarkibi shu vositalar bilan ko`proq tabel orqali (norma bilan) ta`minlanadi yoki tabeldagiga qo`shimcha bo`lib, almashtirilishi ham mumkin.
2. SHaxsiy himoya vositalarini tashkil qilish va uni tarqatish.SHaxsiy himoya vositalarini hamisha tayyor holda saqlash kerak.
Dushman hujum xavfi tug`dirganda aholi shaxsiy himoya vositalari bilan ta`minlanadi. GM ning shaxsiy tarkibi imkoniyati boricha ishchilar kolxozchilar va xizmatchilar himoya vositalarni o`z ob`ektlaridan olishadilar. Ob`ektlarda protivogazlar etishmasa ularning o`rniga changga qarshi paxta-doka bog`ichli niqoblardan, sanoatda ishlatiladigan protivogazlardan va raspiratorlardan foydalaniladi.
Qolgan aholi protivogazlarni qishloq sovetidan olishda yoki o`z qo`li bilan changga qarshi tayyorlanadigan gazmol niqoblar va boshqa eng oddiy nafas olish organlarini himoya qilish vositalaridan foydalaniladi.
Odam terisini himoya qilish uchun nakidka - yoping`ich, plashlar, rezinkali poyafzal, rezinkali yoki charmli qo`lqoplar tayyorlanadi.SHaxsiy himoya vositalarini ishxonada yoki shunga yaqinroq joyda saqlash kerak.
Nafas olish organlarini himoya qilish vositalari.Protivogazlar odamlarning nafas olish organlarini himoya qilishining eng ishonchli vositasi hisoblanadi. Ular nafas organlari, ko`z va yuzni PM lar, ZMlardan hamda BV lardan (kasallantiruvchi mikroblardan va toksinlardan) yaxshi himoyalaydi.
Filtrlovchi protivogazlar.Filtrlovchi protivogazni kiygan odam tashqaridagi havoni tozalanganidan nafas oladi.Asosiy filtrlovchi protivogazlarga GP-5 (1- rasm), GP-5M, GP-4U (2- rasm). Grajdanlar protivogazlari; DP-6, DP-6M, PDF-7, PDF-D, PDF-SH bolalar protivogazlari va bolalar himoya kamerasi (KZD-4) kiradi.
|
| |