• Mavzu:Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari.
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «metallurgiya» kafedrasi




    Download 296,34 Kb.
    Sana11.01.2024
    Hajmi296,34 Kb.
    #134884
    Bog'liq
    Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI «_________________________________________» KAFEDRASI


    Guruh: __________________
    Bajardi:____________________
    Qabul qildi: _________________


    Olmaliq-2024
    Mavzu:Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari.
    Reja:
    1.Issiqlik almashinish qurilmalari turlari.
    2.Kobik-trubali issiqlik almashinish qurilmasi.
    3.Zmevikli issiqlik almashinish qurilmasi.
    Issiqlik almashinish kurilmalari ishlash printsipiga kura rekuperativ, regenerativ, aralashtiruvchi turlarga bulinadi.
    Rekuperativ (yoki sirtiy) issiqlik almashinish qurilmalarida issiklik tashuvchilar devor bilan ajratilgan bulib, issiqlik shu devor orkali o’tkaziladi.
    Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida kattik jismdan tashkil topgan birta yuza navbat bilan turli issiklik tashuvchi agentlar bilan kontaktda buladi, natijada bu jism bir issiklik tashuvchidan olgan issiqligini ikkinchisiga beradi.
    Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikki issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan uzaro kontaktda bo’ladi.
    Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari uz navbatida kobik - trubali, "truba ichida truba" tipidagi, zmeyevikli, plastinali, gilofli, spiralsimon, kovurgali va boshqa turlarga bo’linadi.
    Kimyo sanoatida asosan sanab o’tilgan birinchi besh turdagi sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari keng qo’llaniladi.
    Kobik-trubali issiqlik almashinish qurilmalari. Bu tur-dagi issiqlik almashinish qurilmalari kobik ichida joylashgan trubalar to’plamidan tashkil topgan. Bunda trubalar ikki tomondan truba turiga kiritilgan buladi, natijada trubalar tashqi sirti, kobik va truba turi bilan chegaralangan trubalar orasidagi bo’shlik hamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va ikkita kopkok bilan chegaralangan trubalar ichki bo’shligi yuzaga keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orkali uzatiladi. Truba orasidagi bushlikdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho’kma hosil qilmaydigan issiqlik tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo’shligidan esa asosan isitilayotgan yoki sovitilayotgan suyuklik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini oshirish yoki jarayonni intensivrok olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo’shligi ham ko’p hollarda bir necha yulli qilib tayyorlanadi.
    Bir yo’lli kobik trubali isitkichlar:
    1- kobik; 2- truba turlari; 3 - trubalar; 4- kopkok; 5,6 - issiqlik agentlari kiradigan va chikadigan shtutserlar; 7- bolt; 8- qistirma.
    Ko’p yo’lli kobik trubali isitkichlar: a) ikki yo’lli; b) turt yo’lli. I - II - issiklik tashuvchi agentlar; 1 - kopkok; 2- ko’ndalang tusiklar.
    Temperatura yuqori bo’lganda kobik va trubalarni uzaytirishni hisobga oluvchi kobik-trubali isitkichlar: a) linza kompensatorli; b) U - simon trubali.
    Zmeyevikli isitkich.
    «Truba ichida truba» tipidagi isitkich:
    I - II - issiklik tashuvchi agentlar; 1 - ichki truba; 2 - tashki truba; 3 - kalach; 4 - birlashtiruvchi patrubka.
    Plastinali isitkich:
    a) isitkich sxemasi; b) isitkich plastinaning tuzilishi.
    G’ilofli isitkich:
    a) past bosimlar uchun; b) yuQori bosimlar uchun
    Sirtiy kondensatorlarda kondensatsiyalanayotgan bug va sovituvchi agent uzaro issiqlik o’tkazuvchi devor orqali ajratilgan buladi, aralashtiruvchi kondensatorlarda esa bug va sovituvchi agent bir-biriga aralashadi.
    Sirtiy kondensatorlar sifatida sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari, asosan kobik-trubali, "truba ichida truba" tipidagi va yuvilib turuvchi qurilmalar qo’llaniladi.
    Gorizontal kobik trubali kondensator.
    Barometrik kondensator:
    1 - kondensator; 2 - tomchi ushlagich; 3 - tokchalar; 4 - barometrik truba; 5 - gidravlik zatvor.
    Kondensatorga bug’ bilan kirgan va oddiy temperaturalarda kondensatsiyalanmaydigan gazlarni chiqarib turish uchun alohida shtutser o’rnatiladi. Bunday qurilmalarda kondensat alohida ajratib olinadi.
    Aralashtiruvchi kondensatorlar vakuum ostida ishlaydigan qurilmalarda siyraklanish xosil qilish uchun ishlatiladi. Bug’ va suvning o’zaro harakatiga ko’ra aralashtiruvchi kondensatorlar to’g’ri va qarama-qarshi yo’nalishli bo’ladi.

    Xulosa:

    • Xulosa:

    Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash printsipiga kura rekuperativ, regenerativ, aralashtiruvchi turlarga bo’linadi.
    Rekuperativ (yoki sirtiy) issiqlik almashinish qurilmalarida issiklik tashuvchilar devor bilan ajratilgan bo’lib, issiqlik shu devor orqali o’tkazilar ekan.
    Download 296,34 Kb.




    Download 296,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «metallurgiya» kafedrasi

    Download 296,34 Kb.