Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish




Download 6,07 Mb.
bet168/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   309
Bog'liq
hfh

Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
I. Gigienik yo`nalishda:
-salomatlik va ish qobiliyatiga ta`sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti omillarini me`yorlash;
-ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo`qotish yo`li bilan mehnat sharoitlarini yaxshilash.
II. Fiziologik yo`nalishda:
-ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talablarga muvofiq holda bo`lishiga erishish;
- mehnat va dam olish rejalarini joriy etish;
-mehnatni jismoniy og`irligini kamaytirish , fiziologik jihatdan etarlicha harakat faolligini ta`minlash;
-mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishini kamaytirish.
III. Psixologik yo`nalish
- pultlar va mashinalar, jihozlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiy talablarni hisobga olish (muhandislik ruhiyati);
-kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsiy ruhiyatlarni hisobga olish;
-jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnat va uning natijalaridan yuqori manfaatdor bo`lishlarini ta`minlash bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish.
IV. Estetik yo`nalish
-intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish;
-texnik estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, pultlar singari boshqaruv vositalarini ixtiro qilish.
Qurilishi lozim bo`lgan ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash va qurilish jarayonida sanitariya-gigiena, yong`in xavfsizligi bo`yicha ma`lum maxsus talablar qo`yiladi.
Qurilayotgan korxonaning ish joylaridagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya me`yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish bo`yicha choralar qo`llanilishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma`lumotlar tahlili va ishchilarning salomatligi to`g`risidagi ma`lumotlar, korxonada xavfsiz mehnatni to`g`ri tashkil qilishga ilmiy va amaliy asos yaratadi .

Download 6,07 Mb.
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish

Download 6,07 Mb.