|
Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri
|
bet | 165/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhIqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri.
Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini ifodalovchi ko`rsatkichlar, havoning harorati, nisbiy namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan iborat bo`lib, hammasi birgalikda kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizmidagi biologik o`zgarishlarga katta ta`sir ko`rsatadi
Inson tanasidagi doimiy mo``tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli markaziy nerv a`zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi.
Inson uchun orombaxsh, mo``tadil iqlim sharoiti deganda, yuqorida aytilgan havo o`lchamlarining o`zaro mo`tanosibligi tushuniladi. Bu mo`tanosiblik odam tanasida harorat odam tanasida harorat almashuvi reaktsiyasini hech qanday zo`riqishsiz kechishini hamda o`zida huzur-halovat sezishi va shu bilan birga ishchanlik qobiliyatini yuqori bo`lishligini ta`minlaydi.
Ma`lumki haroratning 18-250S, nisbiy namlikni 40-70% va bosimning 740-760mm. sm ustunida bo`lishi, odam tanasi va uni o`rab turgan havo o`rtasidagi harorat almashinuvi jarayoniga kuchli ta`sir ko`rsata olmaydi, chunki bunday sharoitda muhitlar o`rtasidagi issiqlik almashinuvi mufassal va qoldiqsiz ko`chadi, ya`ni tanadan chiqayotgan issiqlik tezligi uning havoga singib ketish tezligiga teng holda almashinadi. Agar havoning holatida bunday mo`tanosiblik buzilsa, shu muhitda ishlayotgan odamning salomatligida ham o`zgarish paydo bo`ladi.
Muhitning harorati 18-250 S bo`lganda odam tanasidan chiqayotgan issiqlik nurlanish yoki harorat almashinuvi qonuni asosida havoga quruq g`ubor holatiga sekin tarqaladi, 300 S dan yuqori haroratda esa bug`lanish sodir bo`ladi, ya`ni tanadagi ortiqcha issiqlik mushaklardan sizib chiqayotgan quvvat ta`siridan yo`l-yo`lakay to`qimalardagi tuz eritmalarini yuvib, teri sirtida ter shaklida paydo bo`ladi.
Muhitning harorati oshgan sari tananing issiqlik uzatish qobiliyati susayib boradi, bug`lanish jarayoni esa to`xtovsiz ortib boradi, natijada organizm tez holsizlana boshlaydi. Agar havodagi nisbiy namlik 80 foizdan ortib ketsa tanadan ajralib chiqayotgan terning bug`lanishi qiyinlashadi va natijada tana bilan muhit o`rtasidagi harorat almashuvi buziladi.
Agar havo harakati tezligi oshib ketsa tana bilan havo o`rtasidagi harorat tafovo`ti keskin orta boradi, shu sababdan organizm tez soviy boshlaydi, va natijada shamollash bilan bog`liq xastaliklar kelib chiqadi.
|
| |