|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 161/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhAsosiy tusbunchalar. Favqulodda hodisalar va ular haqidagi ma'lumotlar odatda A, B, S, D va hokazo harflar bilan belgilanadi. Bunda, masalan, agar favqulodda hodisa yuz bergan bo'lsa, A=l, agar favqulodda hodisa bo'lmagan bo'lsa yoki yolg'on ma'lumot bo'Jib chiqsa, A=O deb baholanadi. Olingan ma'lumot va favqulodda hodisa, haqiqatda chindan ham bo'lgan bo'lsa, uni 1 bilan, yolg'on ma'lumot va favqulodda hodisa bo'lish imkoniyati yo'q bo'lsa, unda uni O. Quyidagi 14-jadvalda A,V - favqulodda
hodisa yoki ma'lumot uchun qo'llanilishi mum kin bo'lgan asosiy operatsiyalarni holatlari keltirilgan.
Favqulodda hodisa yold ma'lumot ustida ikki o'rinli operatsiya
1-jadval
Bu operatsiyalar asosida haqiqiy funksiyalar tuziladi va bularni tahlil qilish xavfli hoIat haqida deyarli aniq axborot olish imkoniyatini yaratadi. Ba'zi hollarda bu o'zgartirishIami Karno kartasidan foydaIanib ham, amaIga oshiriladi.
Kamo kartasi kvadrat kataklardan tashkil topgan bo'lib, uning har bittasi 2n n ta o'zgaruvchining bittasidan tashkil bo'lgan holatni ifodalaydi. O'zgaruvchilar ikki tizimli sonIar bilan belgilangan holda kartaning tashqi tomoniga yozib qo'yiladi: masalan, 1 o'zgaruvchining to'g'ridan-to'g'ri qiymatini beIgilasa, 0 qarama-qarshi tomonini belgilaydi. MisoI uchun XY=Ol va Z=l qiymatlar kesishgan joy fikran yig'indining X*Y*Z ga monand bo'ladi.
Kamo kartalari odatda quyidagi tartibda to'lg'iziladi.
Fikran hosila sifatidagi funksiyani fikran yig'indining tarkibiy qismlarga ajratiladi va uIami odatda alfavit tartibda joylashtiriIadi va nomerlanadi.
Birinchi fikran yig'indi tashkil etuvchisini beIgilovchi kataklarga 1 qo'yiladi va fikran yig'indi ikkinchi tashkil etuvchi kataklar topiladi va ular ichida 1 qo'yilmagan kataklar uchrasa, ular to'ldiriladi. Shundan keyin keyingi fikran yig'indi tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi kataklar topiladi. Shunday qilib, Karno kartasiga hamma fikran yig'indilar tarkibiy qismlari qo'yib chiqilgan bo'ladi.
Favqulodda holat va baxtsizlik hollarini quyidagi 2-jadvalda berilgan tartibda ifodalanadi.
Keyin umumiy hodisalaming faqatgina tasodifiy hisoblangan holatiarinigina ko'rib chiqamiz. Katastrofalar, avariyalar, baxtsiz hodisalar favqulodda hodisalar turkumini tashkil qiladi, bularni biz favqulodda katastrofalar, avariyalar, baxtsiz hodisalar, holat-baxtsizliklar deb ataymiz.
To'xtab qolishlar va har xil ko'zda tutilmagan holatlar odatda favqulodda holat-baxtsizliklar oldidan keladigan holatlar bo'lishi yoki o'zicha mustaqil holatlar bo'lishi ham mumkin.
Qabul qilingan terminologiyaga asosan avariyalar favqulodda holatning moddiy va tashqi muhitni buzib yuboruvchi sifatida belgilanib, uning hosilasi N*A=K ni tashkil qiladi va bu yerda K katastrofani anglatadi.
Favqulodda hodisalarning hammasi buzib yuboruvchi sifatida aniqlanadi. Bunda nima buziladi degan masalani hal qilish kerak bo'ladi. Masalan, inson organizmining zararlanishi o'lim bilan tugashi mumkin. Ammo shunday zararlanishlar ham bo'ladiki, ularning keltirgan zararini baholash imkoniyati deyarli yo'q (masalan, portlash natijasida ishchiga yumshoq rezina zichlagich kelib tegdi). Hozirgi vaqtda buzilish va zararlanishlarni
baholashning zarari va xavflilik darajasini belgilashning irnkoniyati yo'q va uning o'lchov birliklari ham yo'q. Ammo tahlil qilish nuqtayi nazaridan har qanday, hattoki zarari yo'q bo'lgan zararlanish ham tekshirib chiqilishi kerakligi ta'kidlanadi.
Bu terminologiyani tushuntirish uchun yayov ketayotgan odamni misol sifatida ko'rib o'tamiz:
1. Yayov ketayotgan odam o'z yo'lida tarvuz po'chog'ini ko'rib, uni chetlab o'tib boshqa kelayotgan odarlllar bilan turtilib ketmaslik chora-tadbirlarini ko'rgan holda, avvalgi tezligida yo'lida davom etdi.
2. Yayov ketayotgan odam tarvuz po'chog'ini bosib oldi va sirg'anib ketdi hamda o'z muvozanatini saqlab yiqilmasdan, boshqalarga urilib ketmasdan hech qanday zararsiz yo'lida davom etdi.
3.Yayov ketayotgan odam qo'lida kefir butilkasini olib ketayotgan vaqtida tarvuz po'chog'ini bosib toyib ketdi va kefir butilkasini tushirib yubordi va u sinib ketdi, o'zi esa muvozanatini saqlab, o'ziga hech qanday zarar yetmagan holda yo'lida davom etdi.
4.Yayov ketayotgan odam tarvuz po'chog'ini bosib toyib yiqildi va shisha uning qo'lini kesib ketdi.
5.Yayov ketayotgan odam tarvuz po'chog'ini bosib toyib yiqildi va qo'li sindi hamda butilkani ham sindirdi.
Bizning aniqlashimiz bo'yicha I-favqulodda hodisa bo'lmagan; 2-favqulodda horiisa yuz berdi; 3-avariya; 4-baxtsiz hodisa; 5-katastrofa; 3,4,5-favqulodda hodisa-baxtsizlik.
Favqulodda hodisalarning boshqacha sinflanishlari ham mavjud. Masalan, baxtsiz hodisalar turlariga qarab, me'yoriy hujjatlarda favqulodda hodisalarni quyidagicha talqin qilinadi.
Odam terisi jarohatlansa buni shikastIanish, kuyish yoki sovuq olish sifatida sinflanadi; organizmning o'tkir kasallikilari bilan zararlanshi - zaharlanish, issiq urish yoki o'tkir kasb kasalligi sifatida baholanadi. Organizm zararlanishi o`lim bilan tugashi ham mumkin. U sinflanish 3-jadvalda keltirilgan. Uning fikran formulasini N=T+Z+D sifatida ifodalash mumkin.
Baxtsiz hodisalaming sinOanish variantlari N=(T+Z+D) 3-jadval
Endi xavf-inson uchun xavf-xatar omili va moddiy zarar manbasi sifathirini ko'rib o'tamiz. Xavf so'zi birmuncha ko'proq ma'noni anglatadi. Masalan, qurilmalarda portlash va kuyish xavfi bor deyilganda asosan kelib chiqishi mumkin bo'lgan favqulodda hodisa tushuniladi. U yerda xavf va uning kelib chiqishi mumkinligi sinonim sifatida shakllanadi. Boshqa qurilmalarda, masalan, «bosim ostidagi idish xavf tug'diradi», «elektr tarmog'ida qisqa to'qinish xavf tug'diradi» shakllarida salbiy emotsiya shakHda
qo'rquvni vujudga keltiradi. Bu yerda «xavfni tashkil qiluvchilari» «qo'rqinch chaqiruvchilari» sifatida shakllanadi. Agar, mabodo «mashina va mexanizmlaming harakatlanuvchi yoki aylanuvchi qismlari xavf tug'diradi» deyil-sa, bunda xavf umuman yaqqol namoyon bo'lgandek bo'ladi. Shuning uchun xavf tushunchalarini quyidagicha tarkibiy qismlarga bo'lib qarash mumkin: Xavf - favqulodda hodisa-baxtsizlik bo'lishi mumkinligi va favqulodda hodisalaming baxtsizlikka olib borish imkoniyati.
Xavf manbasi - xavfli vaziyat qanday va qayerdan kelib chiqishi mumkinligini ta'kidlovchi holat.
Zarar keltiruvchi omil - zararlovchi omilning namoyon bo'lishi.
Shunday qiIib, «Xavf» tushunchasi xavfli holatmanbayi mavjud bo'lganda muhofaza vositalari bo'lmagan holatni ham o'z ichiga oladi. Muhofaza vositalari va oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilganda xavf manbayidagi xavflilik darajasini birmuncha oshirish yo'li bilan bo'lishi mumkin bo'lgan xavfning kamayishiga erishilgan bo'lar edi. Masalan, elektr tokini o'tkazuvchi elektr simlarini izolatsiya qilish yoki mashina-mexanizmlar aylanuvchi qismlarini qopqoqlar bilan ta'minlash xavfli holat saqlangani bilan umumiy
xavfli holatni kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Xavf bo'lmagan sanoat korxonasi bo'lmaganidek, xavf bo'lmagan mashina-mexanizmi ham topib bo'lmaydi. Shuning uchun xavfni xavfsizlikka qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan uni kamaytirish imkoniyatlari qidiriladi. Shuning uchun ham xavf manbai ma'lum tavakkallik yo'li bilan xavfsizligi ta'minlangan bo'lsa, uni xavfsiz deb hisoblash mumkin. Bunda tavakkallik ma'lum quyushqon ichida bo'lishi talab
qilinadi. Tavakkallik baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar xavfli zona deb yuritiladi.
Hozirgacha biz xavf haqida uni kelib chiqishigacha bo'lgan holatlar haqida so'z yuritdik. Xavf sodir etilgandan keyin xavfsizlik haqida gapirish noo'rin, endi so'z baxtsiz hodisa sabablari va uning yetkazgan zarari, shuningdek, xavf manbayi haqida borishi mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, xavfli vaziyatni tahlil qiIish birinchi navbatda potensial zarar keltiruvchi faktor va potensial favqulodda holat manbayi sifatida qaralishi kerak. Potensial zararli omil ma'lum bir muddatgacha qorong'i va mavhum holatda bo'lib qolishi mumkin. Uni idrok etish va aniqlash oson emas. Potensial zararli omil ba'zi bir muddatgacha noaniq, nazarimizdan chetda bo'lishi mumkin. Uni idrok et ish yoki aniqlash oson emas. Ammo bir qancha potensial holatlar orasidan, bular bir-biri bilan bog'langan zanjir hosil qilgan bo'lishidan qat'i nazar, eng ko'p zarar yetkazishi mumkin bo'lg:m potensial xavfli holatni aniqlash va idrok etish mumkin yoki
shunga yaqin keladigan holatni xavfli holatga yaqinlashtirish imkoniyatiari bo'ladi. Bunda bu holat hamma xavtli omillar ildizini tashkil qilishini va favqulodda hodisaning asosi bo'lishini asoslash mumkin. Quyidagi jadvalda bunga misol keltirilgan:
Bu jadvaldan uch turkumga bo'lish albatta shartli bo'lib, bundan qaysi maqsadda shart qo'yilganiga qarab ajratish mumkin. Masalan, otilib ketayotgan idish parchalarini xavf manbayiga ham potensial favqulodda hodisaga ham kiritish mumkin. Bunda bu uchayotgan parcha odamga tegsa, potensial favqulodda hodisa bo'ladi, aslida esa odamni zararlovchi omil bu uchuyotgan parcha hosil qilgan kinetik energiyasi hisobiga bo'layapti.
Favqulodda baxtsiz hodisa shunday holatlar yaratishi mumkinki, uni son ko'rsatkichini aniqlash mushkul. Chunonchi o'lim biIan tugagan, umrni qisqarishga olib kelish, sog'liqqa zarar yetishi, tashqi muhitga zarar yetishi, ishlab chiqarishda tartibsizliklar paydo bo'lishi va boshqalar. Bundan tashqari
yetkazilgan zarar miqdorini ham bir xii o'lchash imkoniyati yo'q. Ya'ni qancha odam jarohatlangan, zararlangan moddiy boyliklarning ko'p-kamligi va qiymatini ham aniqlash qiyinchilik tug'diradigan omillar hisoblanadi. Shuning uchun bunday omillar yetkazilgan zarar tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuni ham aytib o'tish joizki, baxtsiz hodisalarni son va sifat ko'rsatkichlari bilan
aniqlanadi. Odam hayotini pul bilan o'lchash albatta qabohat hisoblansa ham «Hayot faoliyati xavfsizligi» nuqtayi nazaridan buni bajarishga to'g'ri keladi, bunda uni qiymatini asoslovchi ekvivalentlarni topish muhim vazifa sanaladi.
|
| |