|
Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari
|
bet | 148/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhRespublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari. O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan birinchi tibbiy yordam ko’rsatish xizmati tashkil etilgan bo’lib, uning asosiy vazifalari turli favqulotda faziyatlar sodir bo’lgan vaqtlarda aholiga malakali birinchi yordam ko’rsatishdan iborat.
Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatishning tartibqoidalari.
Ma’lumki, jarohatlanish oqibati o’z vaqtida ko’rsatilgan yordamga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. SHuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz hodisa sodir bo’lgan joyda vrachga birinchi yordam ko’rsatishni bilishi kerak.
Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarida tsexlarda, bo’limlarda,
dala shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko’rsatishga maxsus o’qitilgan 3-4 kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi.
Sanitar postlari zarur meditsina dorilar va bog’lash materiallari mavjud bo’lgan aptechkalar bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarishda jarahotlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko’ra shartli ravishda tashkiliy va texnik turlarga bo’linadi.
Tashkiliy harakterga ega bo’lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi:
1) bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog’ligi uchun yuqori darajada xavfli bo’lgan ishlarni bajarish oldidan xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnomalarni o’tilmasligi;
2) xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnomalarni o’tilishi, lekin ishni bajarish jarayonida unga rioya qilinishini yetarlicha nazorat qilmaslik;
3) ishni (har xil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur himoya (ko’zoynak, niqob, respirator, to’siq va boshqa) vositalardan foydalanmaslik;
4) ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo’lgan buyum va narsalarni mavjudligi;
5) murakkab va mas’uliyatli ishlarda maxorati yetarlicha bo’lmagan ishchilar mehnatidan foydalanish;
6) jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o’rab turuvchi shitlar, to’siqlar va kojuxlarni yo’qligi;
7) odam sog’ligi uchun xavf yuqori bo’lgan ish joylarini yetarlicha yoritilmasligi;
8) xavf haqida «To’xta! Yuqori kuchlanish», yoki «Ehtiyot bo’ling! Rabotlar avtomatik rejimda ishlamoqda», «Yo’l yo’q, xavfli zona» va boshqa kabi ogohlantiruvchi belgilarning yo’qligi;
9) texnologik rejimdan chalg’ish, texnologik jarayonlarni ko’pol buzilishi va boshqalar;
10) u yoki bu sabablarga ko’ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va dam olish vaqtini berilmasligi;
|
| |