|
CHanglarning yonish va portlash xususiyatlari
|
bet | 145/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhCHanglarning yonish va portlash xususiyatlari, tozalash usullari.
Qattiq moddalarning maydalangan har xil kattalikdagi zarralari havo muhitida uzoq-vaqt suzib yuradi va birmuncha katta zichlikka ega bo’lgan tumansimon muhitni vujudga keltiradi. Bunday mayda chang zarrachalari ko’p miqdorda yig’ilib qolganda, xuddi gaz va yonuvchi suyuqliklar bug’lari kabi portlash xususiyatiga ega bo’ladi.
Odatda, havo tarkibidagi changlar miqdori g/m3 yoki mg/m3 birliklarda o’lchanadi. Ko’pgina yonuvchi moddalar changlarining portlashi uchun pastki zichlik miqdori juda katta birliklarni tashkil qiladi, bunday birlikdagi aralashma hosil qilish qiyinligi (masalan, qand pudrasi, torf changi, bularning portlashi uchun quyi chegaradagi zichlik 1350 g/m3 va 2200 g/m3) bilan birga bunday changlarni portlatib yuborish uchun katta quvvatdagi yondiruvchi impulьs zarur.
Portlashning boshlang’ich fazasida havo tarkibidagi eng mayda zarralar alangalanadi va ularning ajratgan issig’ida kattaroq zarralar alangalanadi, shundan keyin zichligi yetarli bo’lsa, alangalanish hajmiy tus oladi va portlashga olib keladi.
SHunga uchun ham zichlikning quyi chegarasi asosida changlarning yong’inga va portlashga xavfliligi aniqlanadi.
Portlashga xavfli changlar darajasiga zichligi 65 g/m3 gacha bo’lgan, alangalanish quyi chegarasiga to’g’ri kelgan changlar kiritiladi (oltigugurt changi, un changlari va boshqalar shular jumlasiga kiradi).
Agar alangalanishning quyi chegarasi 65 g/m3 dan ortiq zichlikka to’g’ri kelsa, ular yong’inga xavfli changlar toifasiga mansub bo’ladi (tamaki, yog’och changi).
Korxonalarda havoni changdan tozalash uchun har xil chang tutqich qurilmalar ishlatiladi. Ularning ish uslubi, ko’rinishi, o’lchamlari va changni tutish imqoniyatlari ham turlicha. SHuning uchun ham changni fizik o’lchamlari va kimyoviy xususiyatlariga qarab kerakli chang tutqich qurilmalari tanlab olinadi.
Ishlab chiqarishda foydalanish uchun tavsiya qilingan chang tutqich qurilmalarni tozalash bo’yicha dag’al va mayin tozalagichlarga ajratiladi va quyidagi guruhlari mavjud:
Tuzilish jihatidan juda oddiy va foydalanishi, oson bo’lgan qurilma mavjud bo’lib, chang tutqich kamera deb nomlanadi.
Binolarga tozalagichlardan unumli foydalanishdan maqsad, bino havosi tozalanadi va portlash xavfsizliga ta’minlanadi.
|
| |