• 5.Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga qarshi chora-tadbirlar. Portlashning salbiy ta´sirlari
  • Yong´in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi, yong´inga qarshi to´siqlar, xususiyatlari, yong´in darakchilari va aloqa tizimi




    Download 6,07 Mb.
    bet143/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    5.Yong´in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi, yong´inga qarshi to´siqlar, xususiyatlari, yong´in darakchilari va aloqa tizimi.
    Kutilmaganda va birdan mavjud bo’lgan xavfli vaziyatlarda (yong’in,
    portlash, avariya, yer qimirlashi) korxonada barcha ishlovchilarni tezda va xavfsiz evakuatsiya qilish talab qilinadi. Bunda odatda, evakuatsiya qilish
    qisqa vaqt ichida barcha ishlovchilarni bino yoki xonadan tashqariga
    yo’naltirish kerak bo’ladi.
    Xavfsiz evakuatsiya qilishda vaqt asosiy rol o’ynaydi. Evakuatsiyaga
    qo’yiladigan asosiy talablar ana shundan kelib chiqadi. Bu talablarevakuatsiya yo’laklarining uzunligi, kengligi, ularning soni, qulayligi,
    joylashtirilishi va shunga o’xshashlardir.
    Yong’in paytida binolardan odamlarni evakuatsiya qilishda ta’sir etuvchi xavfli omillar quyidagilardir:
    - ajralib chiqadigan yuqori harorat;
    - ajralib chiqadigan zararli achchiq tutun moddalarning ta’siri, nafas olishning qiyinlashuvi, ko’rish qobiliyatining pasayishi;
    - tutunning evakuatsiya yo’llari va koridorlarga tarqalishi;
    - odamlarda vahima holati paydo bo’lishi;
    - evakuatsiya yo’li va yo’laklarning har xil yonuvchi materiallar bilanto’silishi;
    - binolarga o’t o’chirish texnikasi va moslamalarini o’rnatishjoylarining yo’qligi;
    Yong’in paytida odamlarni xavfsiz evakuatsiyasini ta’minlashda SHMQ 2.01.02-04 “bino va inshootlar yong’in xavfsizligi” me’yoriy xujjatiga muvofiq binolarda yong’in sodir bo’lgan xolda muayyan vazifalarni bajara oladigan konstruktiv, hajmiy – joylashtiruv, muhandis – texnikaviy yechimlar ko’zda tutilishi kerak.
    Yuqorida aytilganidek, yong’in paytida ajralib chiqadigan tutunni
    birinchi navbatda evakuatsiya yo’llaridan yo’qotish shart.
    Ko’p qavatli binolarda yong’in vaqtida tutun tarqalishining asosiy
    yo’llari zinapoyalar, lift shaxtalari, va boshqa vertikal kommunikatsiyalar hisoblanadi. Binoning yuqori qavatlarida maxsus tutunga qarshi himoya tizimi ishlamagan holda tutash vaqti 2 – 3 minut bo’lib, zinapoya va lift shaxtalarida haroratning ortishi kuzatiladi.
    Tajribalardan ma’lumki, yong’in vaqtida zinapoya katagida 5 minut davomida havoning harorati 200oSga yetgan.
    Evakuatsiya yo’laklari (zinapoya kataklari, yo’laklar, lift oldi maydonchalari)da pardozlash uchun yonuvchi materiallar ishlatish ta’qiqlanadi.
    Eng uzoq ish joylaridan evakuatsiya eshigigacha bo’lgan masofa ishlab chiqarishning toifasiga, binoning o’tga chidamlilik darajasiga va uning necha qavatliligiga bog’liq. Ma’lumki, to’qimachilik sanoatining asosiy tsexlari yong’in xavfi bo’yicha “V” toifasiga mansubdir. SHuning uchun bir qavatli binolarda bu masofa 50 – 100 m, ko’p qavatli binolarda esa 30 – 75 mni tashkil etadi.
    Vestibyulь, zinapoyalarning yoki tashqariga olib chiqadigan koridorning
    xona eshigidan uzunligi 25 mdan oshmasligi kerak. Koridorlardan kamida 2ta evakuatsiya chiqish yo’li bo’lmog’i kerak.
    Evakuatsiya uchun xizmat qiladigan yo’laklar, zinapoya maydonchalarining
    kengligi hisoblab topiladi, lekin ular bir m dan, koridorning kengligi esa 1,4 m dan kam bo’lmasligi kerak. Marshlarning eni 1,05 – 2,4 m, eshiklarning eni esa 0,8 – 2,4 m, bo’lib binodan tashqariga ochilishi kerak. Evakuatsiya zinapoyalari kishilarni xavfsiz evakuatsiya qilinishini, ularni tartibli xarakatini, yong’in vaqtida o’t o’chiruvchi qismlarning erkin harakat qilaolishini ta’minlashi kerak. Bu maqsadda qurilgan zinapoya kataklari, odatda atrofi yopiq va tabiiy yorug’lik tushadigan qilib hamda yonmaydigan qurilish materiallaridan ishlatilgan holda quriladi.
    Ishlab chiqarish korxonalarining yordamchi binolari uchun (ma’muriy, maishiy, umumiy ovqatlanish, tibbiy punkt va sh.o’) yong’inga qarshi talablar QMQ 2.08.02-96 da belgilangandir.
    TSexlardan evakuatsiya maqsadida chiqish eshiklari ikkitadan kam bo’lmasligi kerak. Bitta chiqish eshigi faqatgini tsexdagi odamlar soni 50
    tadan kam bo’lgan holdagina bo’lishi mumkin. Vestibyulь, zinapoyalarning yoki tashqariga olib chiqadigan koridorning xona eshigidan uzunligi 25 mdan oshmasligi kerak. Koridorlardan kamida 2ta evakuatsiya chiqish yo’li bo’lmog’i kerak.
    Yong’in boshlanishi haqida o’z vaqtida xabar berish, uni tarqalib ketmasidan tezda o’chirishga va juda katta talafotlarni oldini olishga
    imkon beradi. Yong’in boshlanganligi haqidagi xabar yong’inni dastlab ko’rgan
    kishi tomonidan yoki avtomatik ravishda xabar beruvchi tomonidan yong’indan
    muhofaza qilish punktiga hamda tsexning ko’ngilli o’t o’chirish komandasiga
    xabar qilinishi kerak.
    Avtomatik ravishda xabar beruvchi uskunalar samaraliroqdir, chunki ularning datchiklari yong’in chiqishi mumkin bo’lgan xavfli joylarga o’rnatiladi.
    Yong’in xaqida baqirib, tovush signallari berib, sirena, gudok berib, metall parchasini urib, telefon, ratsiya va avtomatik signal beruvchilardan
    ham foydalanib xabar beriladi.
    Yong’in haqida habar beruvchi asboblar tugmali va avtomatik ravishda ishlaydigan turlarga bo’linadi. Hozirgi paytda tugmali ya’ni, odam ishga tushiradigan, xabar beruvchilarning qo’yidagi RV-54, RV-86, RV-86S kabi zamonaviy turlari mavjud.
    RV-54 turidagi tugmali xabar beruvchi asbob 54x54x32 mm o’lchamli
    ko’lrang tusli bo’lib, 0,3 A tok bilan 12VDC/24VBC ko’chlanishda ishlaydi.
    RV-86 va RV-86S tugmali xabar beruvchi asboblar 86x86x32 mm o’lchamda oq rangli bo’lib, ular ham 0,3A tok bilan 12VDC/24VBC kuchlanishda ishlaydi.
    Avtomatik xabar beruvchi asboblarning ish printsipiga qarab, yorug’lik
    nuri, tutun, harorat ta’sirida ishlaydigan va kombinatsiyalashgan turlari bor. Ular yong’in paytida ajralib chiqayotgan yorug’lik energiyasini, tutun tufayli o’zgaradigan yorug’lik kuchini hamda harorat o’zgarishlarini elektr signallariga aylantirib, simlar orqali qabul punktlariga yong’in chiqqan joy haqida habar beradilar, yoki bu signallar aftomatik ravishda o’t o’chirish vositalarini ishga tushirib yuboradilar.
    5.Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga qarshi chora-tadbirlar. Portlashning salbiy ta´sirlari
    Yonuvchi gazlar va bug’larning yong’inga hamda portlashga xavfliligi ularning alangalanish chegaralari, yonish harorati va alanganing me’yoriy tarqalish tezligi bilan belgilanadi. Gazlarning havo bilan aralashib yonishi, aralashma hosil bo’lgandagina vujudga keladi. SHuning uchun ham aralashmalarning alangalanish chegaralari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi.
    Bunda quyi chegara deb, gazning minimal miqdoralangahosil qilgan holati tushuniladi, mana shu chegara korxonalarning yong’inga va portlashga xavflilik darajasini belgilovchi omil hisoblanadi. Havoning gaz bilan aralashmasi yonish uchun yetarli miqdorda yig’ilgan bo’lsa, u ma’lum haroratgacha qizdirilganda alangalanib ketadi, mana shu harorat yonish harorati deyiladi. Bu harorat yonuvchi aralashma holati va boshqa omillar ta’sirida juda katta diapozonni tashkil qiladi ( 450 – 2000 oS ).
    Ko’pgina gaz aralashmalarining yonish tezligi o’sha aralashmalarning miqdoriga va gazlarning xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3-0,8 m/s, vodorod bilan atsetilen gazlarining yonish tezligi 2,76 m/s va 1,56 m/s dan iborat.
    Alanganing me’yoriy tarqalish tezligi gazlardagi fizik - kimyoviy xususiyat bo’lib, ma’lum o’zgarmas miqdor sifatida belgilanadi. CHunki bu tezlikning nihoyatda ortib ketishi, portlashni belgilovchi omil hisoblanadi.
    Yonishning tez kechishi portlash deyilib, yonish qancha qisqa muddatda amalga oshsa, portlash kuchi shuncha katta bo’ladi.
    Havodagi yonuvchi bug’ va gazlarning miqdori umumiy to’yingan holatdagi miqdordan ko’p bo’lishi mumkin emas, shuning uchun bu moddaning yonish chegarasini faqat harorat bilan belgilash mumkin va bu miqdor yonuvchi modda alangalanishining yuqori chegarasi deb yuritiladi.
    Ammo suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi, to’yinish nuqtasidan past bo’lgan hollarda ham ma’lum haroratda, alangalanish hodisasi ro’y berishi mumkin.
    SHuning uchun ham har xil yonuvchi moddalar uchun zichlikning alangalanish chegarasi, yonuvchi modda minimal miqdorda bo’lgan holat uchun ham alangalanish harorati aniqlanadi va bu miqdor modda alangalanishining quyi chegarasi deb yuritiladi.
    Gazlar va suyuqlik bug’larining havo bilan aralashmasi porlash xususiyatiga ega.
    Portlash ma’lum sharoit bo’lganda amalga oshadi. Ya’ni portlash ro’y berishi uchun aralashmadagi yonuvchi gaz yoki bug’ning miqdori aniq foizni tashkil qilib, porlash faqat berk bino yoki idishda yuz beradi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yong´in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi, yong´inga qarshi to´siqlar, xususiyatlari, yong´in darakchilari va aloqa tizimi

    Download 6,07 Mb.