• 1.Yong´in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari.
  • Yonishda asosan uch omil muhim rol o’ynaydi, yonuvchi modda, yondiruvchi muhit, qizdirish jarayoni.
  • -modul. Yong’in xavfsizligi. 17-mavzu. Yong’in xavfsizligini ta’minlah




    Download 6,07 Mb.
    bet137/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    4-modul. Yong’in xavfsizligi. 17-mavzu. Yong’in xavfsizligini ta’minlah
    Reja:

    1. Yong‘in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari.

    2. Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshootlari va qurilish materiallarining yong‘inga qarshi bardoshlilik darajalari.

    3. Sanoat korxonalarning yong’inga va portlashga xavfi bo’yicha toifalari.



    1.Yong´in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari. Yong’inlar ishlab chiqarish, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari, qishloq xo’jaligi va turar joylarda yuz berishi mumkin bo’lgan, yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashadigan hodisadir.
    Yong’inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga, og’ir baxtsiz hodisalar, zaharlanish, kuyish natijasida insonlar hayotini olib ketgan hollar ko’plab uchraydi.
    Yong’inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi.
    Yonish jarayoni. Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi*.
    Yonishda asosan uch omil muhim rol o’ynaydi, yonuvchi modda, yondiruvchi muhit, qizdirish jarayoni.
    Yonuvchi modda – yog’och, qog’oz, kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va har qanday organiq moddalar kiradi.
    Yondiruvchi muhit – havo tarkibidagi kislorod hisoblanadi.
    Qizdirish jarayoni – yonish reaktsiyasi boshlangandan keyin qizdirish manbai bo’lsa yonish tezlashadi.
    Yonish turlari. Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo’lish mumkin:

    • shaqnash – yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib o’chishi va yonishning davom etishi uchun aralashma tayyorlashning zarurati yo’q;

    • qizdirish natijasida yonishni vujudga kelishi;

    • alangalanish – yonishning alanga olib davom etishi;

    • o’z-o’zidan yonish – moddalar ichida asosan organiq moddalarda ro’y beradigan ekzotermik reaktsiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o’z-o’zidan yonib ketishi;

    • o’z-o’zidan alangalanish – o’z o’zidan yonishning alanga bilan davomi;

    • portlash - o’ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o’tishi.

    Yonuvchi modda ma’lum haroratlarda o’zidan yonuvchi bug’lar ajratib chiqishi natijasida muqim alangalanish ta’minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb yuritiladi.
    Ba’zi bir, asosan, organiq moddalar (torf, qipiq, paxta, ko’mir mahsulotlari, qora-mollarning chiqindilari) o’z – o’zidan yonib ketish xususiyatiga ega.
    Buning asosiy sababi organiq moddalar namlanganda, mikroorganizmlar rivojlanadi, natijada yuqori harorat hosil bo’lib o’z-o’zidan qizish jarayoni deb ataladi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modul. Yong’in xavfsizligi. 17-mavzu. Yong’in xavfsizligini ta’minlah

    Download 6,07 Mb.