• O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
  • ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALARNI VA XODIMLAR SALOMATLIGINING BOSHQA XIL ZARARLANISHINI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA




    Download 6,07 Mb.
    bet63/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALARNI VA XODIMLAR SALOMATLIGINING BOSHQA XIL ZARARLANISHINI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
    “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini bajarish va respublika hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
    2. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar ko‘rsatib o‘tilgan nizomni korxonalar va tashkilotlarga yetkazsinlar, uning o‘rganib chiqilishini va so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
    3. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomning III bo‘limi 1-bandida nazarda tutilgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanishlarning og‘irlik darajasini belgilash sxemasini ishlab chiqsin.
    5. VSSPS va SSSR Davsanoatatomnazoratning 1989-yil 17-avgustdagi 8—12-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
    Toshkent sh., 1997-yil 6-iyun, 286-son
    Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan
    TASDIQLANGAN

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALARNI VA XODIMLAR SALOMATLIGINING BOSHQA XIL ZARARLANISHINI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

    Download 6,07 Mb.