• 21-modda. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
  • 23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
  • -modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi




    Download 6,07 Mb.
    bet62/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    20-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
    Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda majburiy sug‘urta qilinishi kerak.
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi.
    Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlarining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187 — 197-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari”.
    21-modda. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
    Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
    22-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
    davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
    23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
    Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
    Toshkent sh., 2006-yil 28-sentabr, O‘RQ-57-son
    (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
    QARORI

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi

    Download 6,07 Mb.