Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan mustaqil ish




Download 77,5 Kb.
bet6/6
Sana17.05.2024
Hajmi77,5 Kb.
#239867
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL ISH 2 HAYOT FAOLIYATI

AMINOBIRIKMALAR
Ushbu birikmalar ikki guruhli bo'lib, alifatli va aromatli aminobirikmalardan iborat bo'ladi.
Alifatli aminobirikmalar teriga ta'sir etsa, dermatitlar, ko'zga tushganida esa, shilliq pardali yallig'lanishga olib boradi.
Ulardan zaharlanish belgilari nerv tizimi tomonidan rivoj topadi: dastavval qo'zg'olishlar, keyinchalik tinchlanishlar va koma holati paydo bo'ladi.
Nafas yo'llari orqali tanaga kirgan taqdirda yengil va o'rtacha darajadagi zaharlanish alomatlari vujudga keladi: ko'z va shilliq qavatlarda yallig'lanish, og'ir hollarda to'qimalarning o'lishi - nekrozi ko`zatiladi. Ko'rish qobiliyati pasayadi, kuchli qo'zg'olishlar, o'pkalarning yallig'lanishi va shishishi mumkin.
Aromatli aminobirikmaiarga anilin va ksilidinlar kiradi. Zaharlanish asosan uni bilmay ichib qo'yilganda va teriga ta'sir etganida ko`zatiladi.
Klinik manzarasi - terida ekzema (terida pufakchalar, infiltratsiya - teriga turli moddalarning shimilib to'planishi, namlikning barham topishi, qora-qo'tir va katta-kichik po'st paydo bo'Iishi), qonda -metgemoglobin (ko'karish-sianoz), gemolizli sariqlik va nerv tizimining izdan chiqishi namoyon bo'ladi.
Aromatli aminobirikmalar bilan zaharlanish 3 xil darajali bo'Iishi mumkin:
Yengil darajadagi zaharlanish paytida, bosh og'rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, ko'zga tashlanishi mumkin. Ko'karish unchalik bilinmaydi.
О 'rtacha darajadagi zaharlanish yo`z berganida, ko'karib ketish, xansirash, ko'ngil aynishi, u yoq, bu yoqqa chayqalib yurish e'tiborni tortadi.
Og'ir darajali zaharlanish ko`zatilsa, ko'karib ketish va xansirash zo'rayib ketadi, yurak urishi tezlashadi (taxikardiya), qo'1-oyoqlar mo`zlay boshlaydi, asabiy qo'zg'olishlar, es-hush barham topadi, qayt qilish paydo bo'ladi, ko'z qorachig'i kengayadi, pay reflekslari yo'qoladi. Ma'lum vaqt o'tgach, zaharli gepatit-jigar yallig'lanishi va buyraklar yallig'lanishi -nefritlar kelib chiqishi ko`zatiladi. Koma holati ham uchrashi mumkin.
Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish, zaharlanganlarni xavfsiz joyga ko'chirish, qisman sanitar ishlovini berishdan boshlanadi.


XULOSA:
Xulosa qilib aytganda, o‘tkir zaharlanishlar jiddiy sog‘liq muammosidir va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari kompleks yondashuvni talab etadi. Bu jarayonda profilaktik tadbirlar, tezkor tibbiy yordam, davolash va reabilitatsiya muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘tkir zaharlanishlarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun jamiyatning barcha qatlamlari faol ishtirok etishi zarur. O‘tkir zaharlanishlar organizmga zaharli moddalar ta'siri natijasida paydo bo‘ladi va bu holatlar zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatishni talab etadi. Ushbu zaharlanishlar kimyoviy moddalar, dorilar, oziq-ovqat, ichimliklar yoki toksik moddalarni qabul qilish natijasida kelib chiqishi mumkin. Zaharlanishlar sog‘liq uchun katta xavf tug‘diradi va ular turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi.
O‘tkir zaharlanishlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Profilaktika: Aholini zaharlanish xavfi va uni oldini olish choralari haqida xabardor qilish muhim. Bu bolalar, qariyalar va boshqa zaif guruhlar uchun alohida ahamiyatga ega.Zudlik bilan yordam: Zaharlanish holatida birinchi yordam ko‘rsatish, masalan, zaharli moddaning ta'sirini kamaytirish, bemorni xavfsiz joyga ko‘chirish va zudlik bilan tibbiy yordam chaqirish muhimdir. Tibbiy muolajalar: Kasalxonalarda zaharlanishlarni davolash uchun antidotlar, sorbentlar va boshqa maxsus vositalar qo‘llaniladi. Qattiq zaharlanish holatlarida reanimatsiya choralarini ko‘rish zarur bo‘ladi. Nazoratchilik: Kimyoviy moddalar va dorilar ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish, ularning xavfsiz saqlanishi va qo‘llanilishi uchun tegishli qoidalarga rioya qilish talab qilinadi. Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar sifati ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish ham muhimdir.
Reabilitatsiya: Zaharlanishdan keyingi tiklanish davrida bemorga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, uzoq muddatli salbiy ta'sirlarni kamaytirish uchun maxsus reabilitatsiya dasturlari amalga oshiriladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги ва экология. Сапаев М.С., Қодиров Ф.М. Ўқув қўлланма,Тошкент-“Алоқачи”-2019,276 б.
2. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. Экология. О.Д.Рахимов, И.Х.Сиддиқов, М.О.Муродов. Олий таълим бакалаврият йўналишлари учун дарслик. Т.: “Алоқачи”, 2017-332б.
3. Yormatov G‘.Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009.
4. Yormatov G‘. Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2005.
5. O‘. Yo‘ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish. -T.: Mehnat, 2005.
6. Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.:Iqtisod-moliya.2011.
7. Tojiev M. X., Nigmatov I., Ilxomov M. X. «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2005.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. G‘oyipov H.E. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2007 yil.
2. Qudratov A. va b.. "Hayotiy faoliyat xavfsizligi". Ma’ruza kursi.“Aloqachi” -T.: 2005.
3. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. /Pod.red. Mixaylova L.A. Kiev – Xarkov – Minsk, 2007.
4. Mikryukov V.Y. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. Uch.posobie. RostovDon.2006.
5. Norxo‘jaev A.Q., Yunusov M.Y. Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari. –T.: „Universitet”, 2001.
6.Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya menejmenti (chizmalar, tushunchalar, faktlar va raqamlarda): darslik / A.Nigmatov, Sh.Muxamedov, N.Xasanova. – T.: Navro‘z. 2014. – 199 b.
7. Tojiev M.X., Nigmatov I va b. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi". O‘quv qo‘llanma. –T.: MCHJ., Ta’lim manbai, 2002.
8. Belov S.V. i dr. "Bezopasnost’ jiznedeyatel’nosti", "Vshaya shkola", - M.: 1999.
9. Экология и безопасность жизнедеятельности: Учебное пособие для студентов ВУЗов/ ред. Л. А. Муравий, 2002.-447 с.
10. G`.E.G`oipov Mehnat muhofazasi. T., "Mehnat" 2000y
11. O.Qudratov, T.G'aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., "Mehnat" 2004
12. Yu.Dodoboev, M.Hamidov. qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda
mehnat muhofazasi.T., "Mehnat" 2000y
13. G.I Belyakov Oxrana truda .M., "Agropromizdat" 1990 .
Internet
1.www.mintrud.uz.
2.www.minzdrav.uz.
3.www.mchs.gov.uz.
4.www.uznature.uz.
5.www.standart.uz.
6. www.ohranatruda.ru.
Download 77,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 77,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan mustaqil ish

Download 77,5 Kb.