341
Ta’minotchi organlar sog’liqni saqlash organlari bilan birgalikda quyidagi
ishlarni amalga oshirishadi:
- shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishda davolash, profilaktik, sanitar-
gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar uchun tibbiyot, sanitar-xo’jalik va maxsus
mollarga talabni aniqlash;
- Favqulotda vaziyatda shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatuvchi xizmatning
tuzilma va muassasalarini zaruriy tabelli ta’minoti uchun zaxira mollarni yig’ish,
saqlash, yangilash;
- Favqulotda vaziyat oqibatini tugatish jarayonida shoshilinch tibbiy yordam
xizmat tuzilma va muassasalarini tabelli yuklar bilan ta’minlash;
- shoshilinch tibbiy yordam xizmati uchun mahalliy matyer ial resurslarni
aniqlash va qo’llash;
- mol-mulk harakatini ro’yxatga olish, hisobot byyer ish, hamda maqsadiy
foydalanishni nazorat qilish.
Harakatchan tibbiyot tuzilmalari, Respublika SHTYOIM va uning viloyat
filiallari va tuman bo’limlarida tibbiy, sanitar-xo’jalik va maxsus mollar zaxirasi
saqlanadi.
Respublika sog’liqni saqlash Vazirligining tavsiyasi bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan uzoq muddatli saqlanuvchi
davlat mulki Favqulotda vaziyatda zararlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatish
maqsadida, keyinchalik qaytarish (tiklash) shartli bilan ishlatilishi mumkin.