5
Annotatsiya
Respublikamiz mustaqillikka erishgan ilk yillaridan
eng dolzarb masalalar
qatorida fuqarolarni turli xil tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish vazifasiga katta e’tibor qaratildi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi davri
insoniyat va uni o’rab turgan tabiiy muhit o’rtasidagi qarama-qarshiliklar hamda
favqulodda vaziyatlar (FV) o’sib borishi bilan ajralib turadi. Asrlar davomida
texnogen halokatlar (katastrofalar) soni ham o’sib bormoqda. Qator mamlakatlarda
sanoat va
harbiy yadroviy komplekslarda, kimyo sanoati korxonalarida, kosmik
ob’ektlarda yirik avariyalar kuzatildi, bunda misli ko’rilmagan iqtisodiy talofatlar
ko’rildi, minglab insonlar halok bo’ldi, millionlab kishilar tan jarohatlari olishdi.
Fan, texnika va ishlab chiqarish to’xtovsiz rivojlanib borayotgan bugungi asrimizda
“Tabiat-Jamiyat-Inson” tizimidagi o’zaro ta’sirlar natijasida yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan turli xildagi favqulodda
vaziyatlardan aholini, hududlarni, moddiy va
ma’naviy boyliklarni muhofaza qilish vazifalari dolzarbligicha qolib kelmoqda.
Mustaqillika erishishdan oldin respublikamiz hududida amal qilgan “Fuqaro
mudofaasi” tizimi vazifalari asosan aholini va hududlarni harbiy harakatlar davrida
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlardan, eng avvalo ommaviy
qirg’in qurollari ta’siridan himoya qilishni o’z ichiga olgan edi.
Lekin insoniyat
hayotiga nafaqat ommaviy qirg’in qurollari va qurolli to’qnashuvlarda
qo’llaniladigan boshqa vositalar, balki tabiiy ofatlar, ekologik muammolar, ishlab
chiqarish sohasida, sanoatda, energetikada, transportda yuzaga keladigan halokatlar,
avariyalar va boshqa muammolar to’xtovsiz tahdid solib turadi. Oxirgi 20-30 yillik
o’tmishda yer yuzida sodir bo’lgan halokatlar va tabiiy
ofatlar natijasida halok
bo’lgan, sog’lig’ini yo’qotgan, boshpanasiz qolgan odamlar sonini eslashning
o’zigina bunga kifoya.
6
Shulardan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan fuqaro
muhofazasi vazifalari ko’lami faqatgina harbiy davr chegarasida qoldirilmasdan,
uning bosh
vazifalari qatoriga avariya, halokat va tabiiy ofatlarning oldini olish,
oldindan bashorat (prognoz) qilish, aholini turli xil tabiiy va texnogen halokatlar
davrida to’g’ri harakat qilishga o’rgatish kiritildi. Bunday sharoitlarda fuqarolar
muhofazasining mukammal tuzilgan tashkiliy strukturasi,
sohadagi maxsus
vakolatli davlat boshqaruv organlari, xalq xo’jaligi ob’ektlarida fuqaro muhofazasi
tuzilmalarining doimiy shayligi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Aholini
turli
xususiyatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalash, barcha ob’ektlar, tashkilot
va muassasalar rahbarlarining eng asosiy vazifalaridan bo’lib, “Aholi va hududlarni
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasida bayon etilganidek, belgilangan tartibda
evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish va odamlarni joylashtirish
maqsadida oldindan
bazalar tayyorlab qo’yish lozim. Shu sababli hozirgi vaqtda ham favqulodda
vaziyatning ko’lamiga qarab muhofaza qilishning eng omil usullaridan biri, imkon
darajasida aholini xavfli joylardan olib chiqib ketish, ya’ni evakuatsiya tadbirlari
hisoblanadi.Aholini
ko’chirish va ishchi-xizmatchilarni tarqoq holda
joylashtirishning
mohiyati, ko’chirish qoidalari, turlari va usullari, ko’chirish
tashkilotlari, ularning tizimi va faoliyat tartibi va ko’chirilgan rayonlarda
jabrlangan aholi yashash sharoitlarini ta’minlash masalalarini chuqur o’zlashtirish
bo’lajak shifokorlar faoliyatida foydadan holi emas
.
Fuqaro muhofazasining tibbiyot
xizmati sog’liqni saqlash sistemasidagi maxsus birlashma bo’lib ommaviy
jabrlanish
quroli xamda tabbiiy ofat, yirik fojea, falokat ta’sirida jabrlangan
aholining tibbiy ta’minoti uchun mo’ljallangan.