-mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash asoslari




Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/147
Sana25.05.2024
Hajmi5,44 Mb.
#253549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
жумаева

1-mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash asoslari 
Insoniyat taraqqiyotining XX asri o’tib XX1 asr bo’sag’asida turibmiz. O’tgan 
asrga nazar tashlasak, bu asrda har qanday bo’ronlar, falokatlar, ikki marta jahon 
urishi va hozirgacha tinmayotgan hududiy janjallar va boshqa inqiroziy voqealardan 
qat'iy nazar, birmuncha ijobiy o’zgarishlar ham ro’y berdiki, bularni hisobga 
olmaslikning iloji yo’q. Eng avvalo va bunisi asosiy ijobiy voqea bo’lishi tabiiy, 
O’zbekiston o’z mustaqilligini ta'minladi.Tarixdan ma'lumki hali dunyodagi 
mustaqillikka erishgan davlatlardan birortasi qurbonlarsiz va yo’qotishlarsiz 
erishgan emas. Tarix taqozosi bilan O’zbekiston mustaqilligi imkon qadar kam 
yo’qotishlar va qurbonlarsiz va vayronagarchiliklarsiz bo’lganligi, O’zbekiston 
mustaqilligining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. 
O’zbekiston mustaqilligining birinchi yilidan boshlab, Davlat bosh islohotchi - 
tamoili asosida O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqstisodiy yo’nalishlar 
belgilandi va bu yo’ldan og’ishmay borilmoqa. 


16 
O’tgan asrda yuz bergan yana bir ijobiy o’zgarish ilm - fan taraqqiyotining yuqori 
bosqichlarga ko’tarilganligi, yangi texnika va texnologiyalarning paydo 
bo’lganligidir. 
Ma'lumki fan - texnikaning rivojlanishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlarini 
qayta taqsimlashga olib keladi. Yangi texnologiya bilan ishlab chiqarish 
samaradorligi oshadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilanadi, dunyo 
bozoridagi raqobatni vujudga keltiradi va ilm - fan darajasi past bo’lgan 
davlatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni jahon bozorida sotish imkoniyati
yo’qoladi. Shuning uchun ham davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri 
bo’lgan ilm-fan tizimini isloh qilish hozirgi vaqtda dolzarb masalalar qatorida 
turibdi. 
Davlatimiz rahbari shaxsiy tashabbusi bo’yicha o’tkazilayotgan o’quv tizimi 
islohati bir necha bosqichdan iborat qilib belgilangan. Bunda birinchi bosqich 
to’liqsiz o’rta ma'lumot, 9 yillik maktablarda amalga oshirildi, ikkinchi bosqich
kasb-hunar qollejlari va akademik litseylarda bajarildi va keyingi bosqichda 
universitet va institutlarda to’liqsiz oliy ma'lumotli bakalavrlar tayyorlash yo’lga
qo’yildi, nihoyat oxirgi bosqich magistrlar, ya'ni yo’nalish bo’yicha etuk 
mutaxassislar tayyorlash bilan natijalanadi. 
Oliy o’quv yurtlarida o’zbek tili Davlat tili deb e'lon qilingan vaqtdan beri,
darslar o’zbek tilida olib borilayotgan bo’lsa ham, foydalanilayotgan darsliklar eski 
ittifoq zamonida chiqarilgan rus tilidagi darsliklardan iborat. 
O’zbek tilida dars olib borilgandan keyin, rus tilidagi adabiyotlar tavsiya qilish, 
shubhasiz noqulay ahvol hisoblanadi. 
Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, rus tilidagi adabiyotlarning texnika sohasiga 
tegishli hollarda atamalar (terminlar) masalasi ham ancha murakkab. Shuning uchun 
talabalar bu masalalarni o’zlaricha hal qiladilar deb o’ylash mutloqo mumkin emas.
Chunki atamalar ustida hali atamalar komiteti tomonidan echimi topilmagan 


17 
muammolar mavjud va buni talabalar elkasiga yoqlash, albatta ularga og’irlik 
qiladi. 
Hayot faoliyati xavfsizligi fani texnika fanlari sirasiga kiradigan fan hisoblanadi.
Bu fan uchun yuqorida keltirib o’tilgan muammolar to’laligicha o’tishi bilan birga, 
uning paydo bo’lganligiga uncha ko’p vaqt o’tmaganligini hisobga olsak, bu fan
uchun darsliklar yozilgani yo’q. 
Albatta bu fan paydo bo’lgani yo’q. Uning negizini uchta mustaqil fan tashqi l 
qiladi. Bular: mehnatni muhofaza qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; va 
fuqorolar muhofazasi fanlari bo’lib, avvallari bu fanlar mustaqil o’qitilganligi 
sababli, har biri o’z uslubiy qo’llanmalari, darsliklari va tajriba o’tkazish hamda 
amaliyotdan masala va misollar to’plamlariga ega. Bu fanlarning asosini tashqi l 
qilgan "Mehnatni muhofaza qilish" fani ilgaridan o’qitilib kelingan. Bu sohada 
texnika universiteti masshtabida adabiyotlar yaratilmagan bo’lsa ham, o’zbek tilida 
chiqarilgan yaxlit adabiyot bo’lmasa ham, ayrim bo’limlar o’quv qo’llanma va 
ma'ruzalar to’plami sifatida nashr etilgan. Shuningdek atrof-muhitni muhofaza 
qilish bo’yicha birmuncha masalalar hal qilingan. 
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mehnatni muhofaza qilish fanining sanoat 
sanitariyasi bo’limi bilan atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari o’rtasidagi 
uyg’unlikni ko’z bilan ham ko’rish mumkin. Lekin shu davrga qadar Toshkent 
Davlat texnika universitetida bu fanlar mustaqil fan sifatida faoliyat ko’rsatganligi 
sababli, ularni ajratib, atmosfera havosiga chiqarib yuborilayotgan zararli moddalar 
va changlarga qarshi kurash mehnatni muhofaza qilish darsliklarida berilsa, sanoat 
koxonalari oqova suvlari va kimyoviy moddalar, shuningdek har xil yoqilg’ilarni 
yoqishdan, avtomobil va boshqa ichki yonar vositalaridan ajraladigan zararli 
moddalar atrof-muhitni muhofaza qilishga taalluqli deb qarash qabul qilinganl edi. 
Bu masalalarga kengroq qaralsa bunday chegaralash birmuncha 
chalkashliklarga olib keladi. 


18 
Jumladan mehnatni muhofaza qilishda sanoat changi masalasi ko’riladi.
Changlar tabiiy va sun'iy bo’lishi va bularni izohlaganda sun'iy changlar inson 
faoliyati natijasida paydo bo’ladigan changlar deb tushintiriladi. Hozirgi vaqtlda 
xuddi shunday chegara qo’yish imkoniyati bormi? Aytaylik vulqonlar otilishi, 
chang-to’zon bo’lib cho’llardan tuproqlarning ko’chishi, kosmosdan metioritlarning 
er qariga o’tishi bilan yonishdan hosil bo’lgan changlar va boshqalar tabiiy 
changlar sirasiga kirgizilsa, bu albatta inson faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan 
hodisa hisoblanadi, ammo inson faoliyati natijasida Orolning qurishi va uning 
ostida to’plangan minglab tonna tuzlarning atmosferaga xuddi shu to’zon sifatida 
ko’tarilishi va shuningdek o’zlashtirilgan erlarda ularni sug’orish bilan er osti
suvlarining ko’tarilishi va erlarning sho’rlanishi natijasida tuproqlarning erroziyaga 
uchrashi oqibatida bular ham to’zon sifatida shamol bilan birga harakatlana 
boshlaydi va bu to’zonlar butunlay bunday hodisalardan yiroq bo’lgan serhosil 
yerlarga borib tushishi oqibatida bu yerlarni ham halokat yoqasiga olib kelishi 
mumkinki, buning natijasida butun bir o’lka ekologik muvozanati buzilishi
mumkin bo’lgan bu hodisani tabiiy chang oqibati ekanini va bu agar chuqurroq 
qaralsa, inson faoliyati natijasida kelib chiqqan sun'iy chang ekanligi tushiniladi. 
Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Shuning uchun ham mehnatni 
muhofaza qilish, tashqi muhitni muhofaza qilish va fuqoro mudofasi fanlarini 
birlashtirishga ehtiyoj tuzildi. 
Bu fan inson faoliyatining ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati bilan 
chegaralanmasdan, uning yashash muhiti, har xil bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy 
va tasodifiy ofatlardan saqlanish, tabiatga mulohaza bilan, uning muvozanat 
zanjirini uzilib ketishidan ehtiyot qilgan holda yondoshish masalalarini inson ongiga 
singdirish vazifasini bajaradi. 

Download 5,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash asoslari

Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish