25
texnik, jamoa tartibini himoyalash, savdo-ta’minot, hayvonlarni va o’simliklarni
himoyalash va boshqa xizmatlar tuzilishi mumkin. Har qaysi xizmat turi maxsus
vazifani bajarish uchun kuch va vositalarga ega. Xizmat turining bazasi bo’lib shu
xizmat turini amalga oshiruvchi tashqi lot hisoblanadi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari
– Fuqaro muhofazasi qo’shinlari va
tuzilmalaridan tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning
tarkibiy tuzilishi, shuningdek fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa
masalalari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan
belgilab qo’yiladi. Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining
avtomobil va aviatsiya transporti, kimyoviy himoya, muxandislik va boshqa
tuzilmalari, qismlari va bo’linmalari ham jalb etishi mumkin.
Favqulotda
Vaziyatlar
Vazirligining
fuqaro
muhofazasi
qo’shinlari
O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashqi l etadi.
Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
-
zararlanish o’choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion,
kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
-
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
-
aholini va xalq xo’jaligi obyektlarini ko’chirish (evakuatsiya qilish) ishlarida
ishtirok etish;
-
aholi hayot faoliyatini ta’minlash obyektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda
ishtirok etish, hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan
ishlarni amalga oshirish uchun hududiy – ishlab chiqarish tamoiliga ko’ra tashqi l
etiladi.