14
KIRISH
Xalqimiz tinchligi va sog`ligini, O`zbеkiston kеlajagini muhofazaza
qilish bugungi
kunda har bir rahbar xodimdan, har bir fuqarodan fidoiylik,
jonkuyarlik va halol-pokizalikni talab etadi. Chunki atrofimizda bo’layotgan diniy
ekstrimizm, terrorizm
bilan bir qatorda tabiiy, tеxnogеn va ekologik xususiyat
favqulotda vaziyatlar kеltirib chiqarishi mumkin bo`lgan og`ir oqibatlarni bartaraf
etish muhim hisoblanadi.
Odamlar hayotini saqlash, favqulotda vaziyatlarda
shoshilinch tibbiy yordamni bеkamu-ko`st kеchikmay ko`rsatilishi Hayot faoliyati
xavfsizligi, fuqaro muhofazasi davlat tizimining asosini tashqi l qilishi kerak.
Kritik vaziyatlarda hayot va o`lim muammosi hal bo`lishi
paytida dastlabki
ko`rsatilishi shart bo`lgan yordamning sifati va darajasi hal qiluvchi bo`lishi
mumkin. Ushbu o`quv qo`llanma maqsadi tibbiyot instituti talabalarini favqulotda
vaziyatlarda harakat qilishning tartibini yoritish, fuqaro muhofazasi davlat tizimi
tuzilishi vazifalari ularning favqulotda tabiiy tеxnogеn xususiyatli
holatlarni oldini
olish, bashorat qilish va oqibatlarini bartaraf etish vazifalar ko`lamini imkon qadar
yoritishga va tibbiy xizmat tuzilmalarini bosqichma-bosqich tashqi liy tuzilishini,
ishlash tartibini, ularni tibbiy tеxnik va xo`jalik ta'minoti bilan tanishtirishga yordam
beradi. O`quv qo`llanmada favqulotda vaziyatlarda kеchiktirib bo`lmaydigan
vazifalarni aniq va kеchikmasdan kerak bo`lgan tibbiy tеxnogеn hamda harbiy holat
sharoitlaridagi tartibini yoritishga yondashilgan. O`quv qo`llanmada yoritilgan
mavzular O`zbеkiston rеspublikasi Oliy ta'lim Vazirligi
tibbiyot institutlari
talabalariga Favqulotda vaziyatlar Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro muhofazasi
bo`yicha o`qitish dasturiga amal qilgan holqa yozilgan. Qo`llanmada o`qitiladigan
mavzular kеtma-kеtligi o`quv dasturiga mos holqa yoritilgan bo`lib, talabalarga
Favqulotda vaziyatlarda tibbiy yordam ko`rsatish kursi doirasida mustaqil ravishda
bilimlarni egallashga imkon beradi. Avtor tomonidan o`quv dasturida kеltirilgan
15
mavzularni ishlash tartiblari kеltirilgan bo`lib aholini
va hudud larni Favqulotda
holatlarda himoyalash ishlarini tashqi l etish borasidagi huquqiy asoslari
O`zbеkiston rеspublikasi Favqulotda vaziyatlardan himoyalanish qonun va hujjatlar.
O`zbеkiston rеspublikasi aholisini Favqulotda vaziyatlardan himoyalanishga
o`qitish mashq qildirish doimiy tayorgarlikni shay holatda kеltirish to`g`risidagi
qonun va farmoishlar yoritilgan.
O`quv qo`llanma talabalarning o`z bilimini o`zlari tеkshirishlari
uchun kеltirilgan
savollar o`zlashtirilgan mavzuni nazorat qilishga yaxshi imkon beradi. O’quv
qo’llanmada yoritilgan mavzular jadvallar, rasmlar va diagramalar bilan hamda
ilovada kеltirilgan qo`shimcha ma'lumotlar talabani o`zlashtirishga yordam beradi.