22
muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalasiga katta e’tibor berib
kelinmoqda.
O’zbekistonda mazkur muammolarni hal etishda
ishtirok etadigan barcha
xizmatlarning o’zaro munosabatlarini belgilovchi va tartibga soluvchi "Aholini va
hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli Favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish
to’g’risida"gi, "Fuqaro muhofazasi ", "Radiatsion havfsizlik ", "Terrorizimga qarshi
kurash to’g’risida"gi va boshqa Ozbekiston Respublikasi qonunlari, shu sohaga
taaluqli bo’lgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlar qabul qilingan va hayotga joriy etilmoqda.
Fuqaro muhofazasi va uning vazifalari.
Fuqaro muhofazasi – harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu
harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O’zbekiston Respublikasi
aholisini,
hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida
o’tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimidir.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar
oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatish.
2.
Obyektlarni harbiy harkatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida
yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish harakatlari va usullariga o’rgatish.
3.
Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashqi l qilish, rivojlantirish va
doimiy shay holatda saqlab turishi.
4.
Xalq xo’jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash
yuzasidan
tadbirlar kompleksini o’tkazish.
5.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
6.
Fuqaro muhofazasi harbiy tizimlarining shayligini ta’minlash.
7.
Aholini umumiy va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini
o’tkazish.
23
8.
Aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar
oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash.
9.
Radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya
nazorati olib borish.
10.
Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish.
11.
Harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar
ko’rgan hududlarda jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish.
12.
Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan
boshqa tadbirlarni
o’tkazish.
FM vazifalarini bajarish uchun turli xil tadbirlar o’tkaziladi. Aholini
muhofazalash maqsadida oldindan himoya inshootlari quriladi, shaxsiy himoya
vositalari yig’iladi, aholiga himoya vositalaridan to’g’ri foydalanish, tibbiy yordam
ko’rsatish o’rgatiladi, yirik shaharlardan aholini shahardan chetga ko’chirish
rejalashtiriladi.
Harbiy harakatlar olib borish davrida xalq xo’jaligi obyektlarining to’xtovsiz
ishlashini ta’minlanishdan maqsad shu korxonalarning
talabga muvofiq ravishda
yyetarlicha mahsulot ishlab chiqarishidir. Buning uchun ishchi-xizmatchilarni
yashirinish inshootlari bilan ta’minlash, uskunalarni va vositalarni yadro bombasi
portilashining ta’sir omillaridan himoyalash, obyektda yong’indan xavfli, portlovchi
va zaharli moddalar zahirasini kamaytirish, elektr, suv va gaz tarmoqlarini
mustahkam himoyalash va boshqalar.
Fuqaro muhofazasining asosiy tashqi liy tamoili
davlatimizda Vazirlar
Mahkamasining rahbarlik rolidir. FM ishlab-chiqarish-hudud tamoili asosida tashqi l
topadi. Buning mazmuni shundan iboratki, hamma tadbirlarni rejalashtirish va
o’tkazish Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan va ishlab chiqarish, xo’jalik
rahbarlari, boshqarma rahbarlari tomonidan olib boriladi.O’zbekiston Respublikasi
fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi amalga oshiradi.
24
O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining
boshlig’idir. O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O’zbekiston
Respublikasining Favqulotda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Qoraqolpag’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida
fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishlicha lavozimiga ko’ra fuqaro
muhofazasining boshlig’i bo’lgan Qoraqolpag’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi davlatning himoya tadbirlarining ajralmas qismidir. Har
bir shaxs FM o’tkazadigan
tadbirlarga faol qatnashishi, shu bilan o’zining Vatan
oldidagi insoniy burchini bajarishi kerak.