34
xavf tug‘diradi. YUqorida kayd qilinganidek « SHoximardon fojiasi » deb tarixga
muxrlangan fojia 7. 07. 1998 yil qo‘shni Qirg‘iziston mamlakati hudud idan
boshlanib SHoximardonsoy bo‘yiga juda katta talofatlar keltirdi. Fojianing asosiy
sababi, yoz oylarida harorat keskin ko‘tarilishi bilan O‘sh viloyati tog‘liklaridagi
Oksuv daryosining yuqori qismida joylashgan qor va muzlar yer ishi oqibatida suv
miqdori birdaniga oshib ketib, soatiga 200m/sek. tezlikda harakat qilishi natijasida
SHoximardonsoy va uning quyi oqimlarida sel oqavalariga aylanadi. Natijada
ko‘pgina insonlar nobudgarchiligi bilan (100 dan ortiq), shu joydagi komunikatsiya
inshoatlari, yo’llar, maishiy xizmat maskanlariga katta talofat etkazdi. Jumladai, 52
xo‘jalik, 36 ta dam olish maskani, 4ta bolalar oromgoxi va boshqa yirik miqyosda
olib borilgan tadbirlar natijasida aholi xavfsiz joylarga ko‘chirildi.
Aholi va hudud larni Toshqin va sellardan muhofaza qilishning birinchi
talabi daryo, soy uzanlari atrofini mustahkamlashdan iborat. YAna biri aholini o‘z
vaqtida ogohlantirishdir. YAna biri aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish
(tabiiy ofat sabablari, tarqalishi va boshqalar).