36
qiyaligining 3 -5°S dan kattaligi, suv yig‘ish maydonida zarrachalari bog‘lanmagan
bo‘shok Tog‘ jinslarining mavjudligi asosiy omillardan bo‘lib hisoblanadi.
Sel
oqimlarining oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan maydonlarni aniqlash, ularni vujudga kelishi sabablarini CHuqur o‘rganish,
atrof muhitni muhofaza qilishning asosini tashqi l etishda katta xalq-xo‘jalik
ahamiyatga ega.
Bular quyidagilardan iborat
:
1.
Sel bo‘lishi mumkin bo‘lgan daryolarning suv yig‘ish maydonlarida
doimiy kuzatish ishlarini olib borish. Bunda suv yig‘ish maydonida bo‘shok Tog‘
jinslarining yig‘ilishini oldini olish, oqar suvlar oqishiga to‘sqinlik qiluvchi tabiiy va
sun’iy to‘siqlaridan tozalash ishlari.
2.
Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan daryolarning suv yig‘ish
maydonlarini
muhofaza qilish, ya’ni bu maydonlarda o‘simlik dunyosini saqlash,
daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarda shudgor qilish va sug‘orish ishlarini olib
borishni chegaralash.
3.
O‘rmon xo‘jaliklarni
rivojlantirish, ya’ni Tog‘ yonbag‘irlarida butalar va
daraxtlarning ekilishini yo‘lga qo‘yish
talab etiladi, chunki bu o‘simliklar Tog‘
jinslari qatlamlarini mustahkam ushlab turadi qor yer ishini sekinlashtiradi, yer
yuzasini yuvilishdan saqlaydi.
4.
Tog‘li hudud lardagi daryolarning o‘zanida
suv oqimini boshqaruvchi
inshoatlar qurish, tabiiy, sun’iy to‘g‘onlarni tartibga solish, temir
,
avtomobil yo‘llari
ostiga sel o‘tkazuvchi katta diametrli quvurlar yotkizish ishlari.