40
quduqlariga tushiriladi. Qoziklarning pastki uchi yonbag‘irning turg’un qismigacha
tushiriladi va u suriladigan massani ushlab turadi.
Kontrbanketlar yonbag‘irning nishabligi kichiq bo‘lgan takdirda suriladigan massani
ushlab turish uchun ishlatiladi. Buning uchun yonbag‘irlikdagi dung joylar
tekislanib, chiqqan gruntlar uning etak qismiga yotkiziladi va suriladigan massani
ushlab turadigan devor hosil kilinadi.
Uchinchi guruhga
taallukli chora - tadbirlarga suriladigan jinslarning
mustahkamligini va yopishkokligini sun’iy yo’l bilan oshirish kiradi. Buning uchun
tog‘ jinslari silikatlanadi, sementlanadi, betonlanadi va kimyoviy ishlov ber iladi.
Bunday ishlar zarur bo‘lgan hollardagina suriladigan massaning ayrim uchastkasida
bajariladi. Bu uchastka surilish qiyaligida suv o‘tkazmaydigan ekran yoki tirgovuch
devor vazifasini ham o‘tashi mumkin.