42
nosozlik tufayli portlash sodir bo‘lib, ko‘plab fuqarolarimiz nobud bo‘lgan va
tan jarohatlari olishgan. YAna bir fojia - bu 1989 yil 3 iyundagi Boshkirdiston
Respublikasidagi temir yo‘l yakinida gaz quvurlaridagi nosozlik tufayli portlash
natijasida Novosibirsk -Adlyer , Adlyer - Novosibirsk yunalishida ketayotgan
poezdlar uzaro tuknashuvlar natijasida 37 vagonlarda yong‘in sodir bo‘lib, 1284
yo’lovchidan 780 nafari halok bo‘lganligi kayd etilgan.
Aytilganlardan kurinib turibdiki, yong‘in va portlashlar qo’qqisidan sodir
bo‘ladi va ko‘plab odamlarning ulimiga yoki og‘ir tan jarohati olishlariga olib
keladi.
Avariya
- halokat mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan mashinalar, jixozlar
va texnologik tizimdagi uskunalar majmuasidagi nosozlik, binolar, qurilmadagi
nosozliklar, yong‘inlar, portlash tufayli vujudga keladigan voqeaga aytiladi.
Ishlab chiqarish falokatlari Favqulotdagi hodisa hisoblanadi. Xalq xo‘jaligiga ko‘p
miqdorda zarar etkazadi. SHu sababli korxonalarning to‘xtovsiz ishlashini
ta’minlash Vazirlar maxkamasining, rahbarlarning, muxandis -texnik xodimlarning
asosiy insoniy burchidir.
Transport turlarining o‘zaro to‘qnashuvi korxonadagi texnologik nosozliklar
moddalarni saqlashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar terrorchilik harakati tufayli sodir
bo‘ladigan halokatlar natijasida tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar atrof muhitga
tarqalishi mumkin.