Kuchli ta’sirchan zaharli moddalar (KTZM) sharoitida aholi harakati.
KTZM lar to‘kilganda (tashlanganda) o‘choq paydo bo‘ladi - bunga
ikkilamchi kimyoviy shikastlanish o‘chog‘i deyiladi. (zaharlovchi moddalar
qo‘llanilishida hosil bo‘lgan o‘choqqa birlamchi o‘choq deyiladi). Bu o‘choqlar
odatda KTZM ni bevosita to’kilgan (tashlangan) uchastkasi va parlari tarqalgan
zonalarga bo‘linadi.
KTZM hosil qilgan o‘choqlarning asosiy tavsifi quyidagilar:
44
Bevosita to‘kilgan (tashlangan) moddalar uchastkasining uzoq vaqt turishi,
ya’ni turg’un ifloslanish. SHu belgi to‘kilgan KTZM ning vaqt davomida o‘z -
o‘zidan detazatsiya (zaharsizlanish) bo‘lishini aniklaydi.
20°S gacha qaynash haroratiga ega KTZM (is gazi, xlor, ammiak, oltingugurt,
angidrid) tez parchalanadi. SHu tufayli to‘kilgan maydonlarda turg‘unligi katta
emas, jabrlanish vaqti shunga yakin keladi. SHu moddalarning pari, shu jumladan
xavfli konsentratsiyasi uzoq masofalarda (bir necha km) ham topilishi mumkin.
20°S dan yuqori qaynash haroratiga ega bo‘lgan KTZM uchxlorotin fosfor,
syer ougler od - oltingugurt ugler odi sekin parchalanadi. SHu tufayli ularning yer
dagi turg‘unligi uzoq vaqt davom etadi. (bir necha soat) Bularning xavfli
konsentratsiyasi parlari uzoq masofada (bir necha 100 metr) tarqalmaydi. (ba’zan bir
nechi km. gacha)
Ammiak
- rangsiz gaz, havodan yengil, suvda yaxshi eriydi, Atmosferaga
chiqqanda tutunga o‘xshaydi. Uning zarralari havo bilan kirishib portlash
xususiyatiga ega bo‘lgan kirishma hosil qiladi.
Nafas olganda xavfli hisoblanib yo‘taltiradi, bo'g‘adi, puls urishini buzadi, ko‘zda
kesuchanlik va yoshlanishni hosil qiladi.
Xlor
– sariq yashil ranglar aralashmasiga o‘xshaydi hidi achishtiradi.
Havodan 2,5 marotaba og‘irligi sababli past joylarda, yer to‘lalarda, o‘rmonlarda
aholi yashaydigan joylarda va tunellarda yig‘iladi.
Portlanib uchganda oq bulut hosil qiladi va yer yuzasi bo‘ylab tarqaladi.
Xlorning parlanib uchgan zarrachalari ko‘zning yoshlanish qobig‘iga va nafas olish
yo‘llariga kuchli ta’sir etadi.
Xlor pari
— 0. 1 — 0. 2 mg/l nafas olganda bir soat davomida o‘limga
keltirishi mumkin. 10 -15 mg/l havodan KTZM qo‘llanilgan tumanlardagi aholining
harakati kimyoviy qurol qo‘llanilgan tumanlardagi harakatidan farq qilmaydi desa
bo‘ladi. Biroq o‘ziga xos xususiyati bor. Ba’zi bir KTZM lar odatdagi protivogaz
45
(gazniqob) lar yordamida tutilmasligi sababli maxsus sanoat protivogazlari yoki
izolyatsiyalovchi yakkalovchi protivogazlardan foydalanishadi.
|