41
uchqun— alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
Respublikamizda yong‘in va portlash xavfi bor obyektlar juda ko‘p bo‘lib,
ular aholi va hudud uchun xavf - xatarlar manbai hisoblanadi va muayyan
sharoitda ulardagi xavfli hodisalar Favqulotda vaziyatga aylanib ketishi mumkin.
YOng‘in va portlashning asosiy sabablari.
yong‘in xavfsizligi koidalariga amal qilmaslik;
fuqarolarning loqaydligi, e’tiborsizligi;
elektr simlarining nosozligi;
gaz, qo‘mir, o‘tin bilan isitiladigan vositalardagi nosozliklar, foydalanish
qoidalariga rioya qilmaslik;
bolalarning o‘t bilan o‘ynashlari;
boshqa sabablar.
Portlash
— bu qisqa vaqtning o‘zida chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi
quvvatning ajralib chiqishidir.
Portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida yuqori bosim ta’sirida sodir
bo‘ladi, uning oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkin. Portlash xavfi bor tashqi
lotlarga - mudofaa, neft’ va neft’ mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi -
saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‘oz, yengil sanoat korxonalari, ular ishlab
chiqargan tayyor mahsulotlarni saklovchi omborxonalar va ular bilan bog‘lik
bo‘lgan barcha muassasalar kiradi.