43
zaharlovchi modda - izometilsianidning tashqi muhitga
oqishi oqibatida ulkan
falokat ro‘y berdi. 2000 kishining hayotiga zomin bo‘lgan mana shu hodisa tufayli
100 mingga yaqin Xindiston fuqarosi zaharlanib, salomatligiga jiddiy ziyon etdi.
Matbuotda yozilishicha, Chernobil hodisasi tufayli ana shu kamsuqum, mo‘jizagina
Ukrain shaharchasi nomi keng tarqaldi. Falokatning dastlabki daqiqalarida 30.000
kishi hayot bilan vidolashdi. Radiatsiya asorati keyinchalik yana 30.000
kishining
o‘limiga olib kelgan. Radioaktiv zarrachalar Ukrainaning II viloyatiga tarqalgan.
Chernobildagi AES halokati to‘g‘risidagi 1987 yildagi sud ma’lumotlariga
ko‘ra, AES da oddiy intizom qoidalariga rioya qilish, javobgarlikni sezish juda
pasayib ketgan. Stansiya direktori halokatdan keyin
ham radiatsion tekshirishni
o‘tkazmagan, o‘tkazish uchun kerakli zamonaviy uskuna, moslamalar bo‘lmagan,
gazdan saqlash vositasi stansiyada ishlovchi xodimlarda bo‘lmagan, halokat
to‘g‘risidagi ma’lumot o‘z vaqtida e’lon qilinmay 36 soat o‘tgandan so‘ng e’lon
qilingan.
Dovul
(Uragan) tezligi 32 m/sek.
dan ortadigan, vayron qiluvchi va ancha
davom etadigan shamol tabiiy ofatga kiradi. Katta tezlikka egaligi sababli xalq
xo‘jaligiga, aholiga ko‘p zarar (putur)
yetkazishi mumkin, hatto o‘limga sababchi
bo‘lishi mumkin. Ba’zan tezligi 60 - 80 m/sek. bo‘lib yomg‘ir va chaqmoq ekin
ekilgan maydonlarni suv bosishiga olib keladi. Qishda esa ko‘p qor yog‘ishiga,
yo‘llarni to‘sib tumanlar orasidagi transport va aholi qatnovini to‘xtatishi mumkin.