38
Respublikamizning Tog‘li, Tog‘ oldi, daryo bo‘ylari
zonalarida
yashaydigan aholi va xalq xo‘jaligi obyektlariga katta xavf tug‘diradigan
tabiiy ofatlardan biri -
surilmadir
(ko‘chki). Dengiz, ko‘l, soylar va tog‘
yonbag‘irlarida joylashgan bo‘shok jinslar ustki qismining
yer ustki va ostki
suvlari hamda o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida pastga qarab harakat qilish hodisasi
surilish
yoki
ko‘chki
deyiladi.
Surilish hodisasi ma’lum bir sharoitlarda sodir bo‘ladi, ya’ni jins o‘z joyidan
siljishi uchun yonbag‘ir
usti tikrok, jins qatlamlari qalin bo‘lishi, Atmosfer a,
yog‘inning mavsumiy yoki yillik miqdori ko‘p bo‘lishi, suv o‘tkazuvchan yoki
o‘tkazmaydigan qatlamlar qat - qat bo‘lishi lozim. YOmg‘ir
va qor suvlari
yonbag‘irlikdagi soz tuproq, qum, oxaktosh
kabi jinslarga shimilib, ularni
yumshatadi va og‘irlashtiradi. Suv o‘tkazmaydigan qatlamda grunt suvlari nishabligi
bo‘yicha pastga qarab harakat qila boshlaydi va jinslarning
tabiiy yopishkokligini
susaytiradi, natijada jinslarni yonbag‘irlikda ushlab turuvchi kuch qiymatini uni
pastga siljitadigan kuchga nisbatan keskin kamayadi
va pastga qarab surilish
hodisasi sodir bo‘ladi. Surilish jarayonini tezlashtirishiga zilzilalar va harakatdagi
transport ta’sirida sodir bo‘ladigan yer qimirlashlar ham sababchi bo‘ladi.
Surilishga qarshi ko‘riladigan chora tadbirlar
passiv
va
aktiv
xillarga bo‘linadi.
Passiv choralar profilaktik ahamiyatga ega bo‘lib, surilish yonbag‘irlarida va
zonasida quyidagi ishlar bajarilishini ma’n etadi:
1. YOnbag‘irlikni qirqish va tekislash,
2. Imorat va inshoatlar qilish;
3. Portlatish ishlari;
4. Kon qazish
5. Og‘ir yukli transportni katta tezlikda harakat qilishi
6. Daraxtlarni rejasiz kirkish;
7. Yer larni sug‘orish;
8. Oqava, buloq suvlarini oqizish va xokazo.
39
YUqorida qayd qilingan chora - tadbirlarning
mustahkamligini oshirish
hamda surilish hodisasini ma’lum bir davrga to‘xtatib turish uchun bajariladi. Aktiv
choralarga yonbag‘irlardagi surilishga moyil bo‘lgan tog‘ jinslarining harakatini
to‘xtatish maqsadida inshoatlar qurish tog‘ jinslarining mustahkamligini oshirish
uchun maxsus chora - tadbirlar ko‘rish kiradi. Bunday chora — tadbirlar ko‘rish 4
guruhga
bo‘linadi:
1.
Surilishni keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlash va yuk qilish;
2.
Surilishga moyil bo‘lgan jinslarni ushlab turadigan inshoatlar qurish;
3.
Jinslarning surilishiga qarshiligini
kuchaytirish uchun ularning
mustahkamligini sun’iy yo’l bilan oshirish;
4.
Suriluvchan massani yonbag‘irlikdan butunlay olib tashlash.