35
xonalarni
tark etayotganingizda suv, gaz elektr tarmoklarini xavfsiz holatga
keltirishni unutmaslik kerak.
Avvalo, har kanday tabiiy ofat yuzaga kelgan maydon va hudud da o‘ziga
yarasha antisanitariya
holati yuzaga keladi, yuqumli zararlanish holati tarqaladi.
SHu vaziyatdan chiqish uchun ma’lum muddatgacha fakat kaynatilgan suv is’temol
qilish va quruq ozik - ovkatlar bilan chegaralangan ma’qul zaruriyat tufayli uy -
joylardan boshqa yer ga o‘tilgandan so‘ng qaytib kelinganda uyning holatini, atrof
yo‘laklarni sinchiqlab ko‘zdan kechirish kerak.
Xech vaqt uyga kirishga
shoshilmang. Toshqin tufayli uylarning devorlari zax tortishi, namgarchilik
me’yoridan ortib ketishi oqibatida inshoatlar bardoshligi zaif bo‘lib koladi, natijada
uncha katta bo‘lmagan tashqi kuch ta’sirida binolar qulab ketishi mumkin.
Xonalarni diqqat bilan ko‘zdan kechirib chiqilgandan so‘ng, eshik va dyer azalarni
mustahkamligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ularni ochib kuying. Xona
ichida qolgan ozik - ovkatni is’temol qilishdan o‘zingizni saqlang. Mavjud asbob -
uskunalardan, ayniksa elektr asboblaridan foydalanishda nixoyatda extiyot buling.
CHunki to‘liq qurimagan asboblar boshqa Favqulotda
vaziyatlar yuzaga kelishiga
sababchi bo‘lib, qo‘shimcha noxushliklarni olib keladi.