32
Birinchi navbatda zilzilaning paydo bo‘lishidagi yer qobig‘idagi
ichki
kuchlarning ta’siri, ularning yer yuzasidagi inshoatlarga ko‘rsatgan zarbasining
kuchi, ikkinchi navbatda uy -joy binolarining, korxonalarning,
inshoatlarni qurish
ishlarini sifatsiz olib borilgani, zilzilaga bardosh ber adigan qilib kurilmagani,
ularni loyixalash va qurishda yo’l qo‘yilgan xatoliklar, hamda nazoratga kam e’tibor
ber ilganidir.
Zilzila sodir bo‘lganda akl - zakovat bilan ish ko‘rilsa shikastlanmaslik
darajasini ancha yuqori ko‘targan bo‘lamiz tebranishni
sezgan vaqtimizda sekin -
asta xavfsiz joyga harakat qilishimiz lozim, asosiy xavf binodagi osma anjomlardir.
Avvalo, tinchlaning, xech kanday qaltis harakat qilmang, baqirmang va
atrofdagilarni koyimang. Binoda bo‘lsangiz xavfsiz joylardan :
eshik oldilari,
devorning ichki burchaklari, seysmik belbog‘ ostilaridan birortasini egallang. Dyer
aza va chayqaluvchi og‘ir buyumlardan uzoqroqda turing.
Xech vaqt yuqori qavatdagi binodan chiqib ketishni o‘ylamang. Aksincha
tebranish o‘tib ketguncha bino ichidan panox qidiring, tebranishdan so‘ng
binoni
tark eting. Ko‘p qavatli uyda tursangiz liftdan foydalanmang.
Seysmik bardoshi kam bo‘lgan gishtli va xavfli binolardan tashqariga zudlik
bilan chiqing, bunda elektr tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogox bo‘ling. Ochiq
joyda bo‘lsangiz binolarga, elektr tarmoqlariga yakin turmang.
Eng muximi, turli ofat sodir bo‘lganda asabingizni buzmang, osoyishtalik va
xotirjamlik bilan ish tuting.
Bu zilzila sodir bo‘lganda kanday harakat qilishning qoidalari.
Endi zilzila
bo‘lib o‘tgandan so‘ng nimalarga e’tibor berish lozimligi to‘g‘risida eslatma.
Tebranish tugagandan so‘ng bino va inshoatlarda buzilish, shikastlanish yuzaga
kelishi natijasida insonlar ham jiddiy zarar ko‘radi. Eng muximi, osoyishtalikni
saqlagan holda avvalo shikastlanganlarga yordam berish lozim.
Birinchi yordam
zarur bo‘lsa tashqi l eting. YOng‘in xavfi bor joylarni bartaraf eting. Suv, gaz, elektr
tarmoklarida shikastlanish bor - yo‘qligini aniklang. Zinxor sham va gugurtdan
33
foydalanmang. Elektr tarmog‘ini asosiy tayanch nuqtadan uzing. Elektr
tarmoqlariga yakin yurmang, ularni ushlab ham tekshirmang.
Kanalizatsiya
tarmoklarini ko‘zdan kechirmaguningizgacha, undan foydalanmang. SHikastlangan
binoda extiyot chegaralarini ko‘rgan holda harakat qiling. Bezovta bo‘lgan yosh
bolalarni tinchlantiring. Avvalo, oila — a’zolardan qo‘ni - qo‘shnidan, so‘ngra
maktab, bog‘cha va boshqa muassasalaridan xabar oling. Qutqaruv ishlarida
qatnashayotgan ichki ishlar, tibbiyot va boshqa soxa xodimlariga yordam kiling.