|
-mavzu. Tabiiy tusdagi favkulotda vaziyatlarda (tabiiy ofatlar) fuqaroBog'liq жумаева3-mavzu. Tabiiy tusdagi favkulotda vaziyatlarda (tabiiy ofatlar) fuqaro
muhofazasi
Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi Favqulotdagi vaziyatlarning tasnifi.
Favqulotdagi vaziyatlar, ularning vujudga kelish sabablari (manbalariga) ga
ko‘ra tasnif qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar
soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab
lokal, mahalliy, Respublika va transchegara turlariga bo‘linadi.
I. Texnogen tusdagi Favqulotda vaziyatlar.
1.
Transport avariyalari va halokatlari:
aviahalokatlar;
temir yo’l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag’darishlar);
avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan yo’l-transport
hodisalari;
metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;
yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.
2.
Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar:
kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.
3.
Yong‘in — portlash, xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar;
ko‘mir shaxtalaridagi va gaz-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan
bog‘lik avariyalar, yong‘inlar va jinslar qo‘porilishi.
4. Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar;
GRES, GES, TES lardagi, tuman, issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi,
bug‘ qozon qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shahobchalaridagi va
boshqa energiya ta’minoti obyektlaridagi avariyalar va yong‘inlar;
28
Gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshoatlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya
va boshqa kommunal obyektlardagi avariyalar; gaz tozalash qurilmalaridagi
biologik va boshqa tozalash inshoatlaridagi avariyalar;
5. Uy joy sektori binolari, maktab, kasalxonalarning to‘satdan buzilishi,
yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
6. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan
foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘lik avariyalar.
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar;
suv omborlaridagi, daryo va kanallardagi buzilishlar, halokatli suv bosishlar.
|
| |