26
Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi
FM sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O’zbekiston
Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligidir.
Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi:
Favqulotda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti
va sog’ligini, moddiy va madaniy
boyliklarni muhofaza qilish,
shuningdek,
Favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni
kamaytirish yuzasidan
choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
aholini va hudularni Favqulotda vaziyatlardan
muhofaza qilish
sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini
tashqi l etadi;
o’z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashqi
lotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar
qabul qiladi;
boshqaruv
organlarining, aholini va
hududlarni muhofaza qilish
kuchlari va vositalarining Favqulotda vaziyatlar sharoitida
harakat qilishga tayyor
bo’lishini tashqi l etadi;
Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish
kuchlari va vositalari
boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini
tuzadi;
Favqulotda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv
ishlari va boshqa
kechiktirib bo’lmaydigan ishlar o’tkazilishini tashqi l etadi;
aholi va hududlarni Favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari
bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar bo’yicha
loyihalar va qarorlar
yuzasidan davlat ekspertizasi o’tkazilishida ishtirok etadi
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.