Tabiiy ofat tumanlarida epidemiyaga qarshi tadbirlar.
Kompleks sanitar
– gigienik va epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlar
yukumli kasallik paydo bo‘lishini oldini olish uchun zarur rol uynaydi.Tabiiy ofat
tufayli (ayniksa zilzila) minglab aholi juda og‘ir maishiy sharoitda bo‘ladi.
Aholini zich palatkalarda yashashi, korxonalarni buzilishi, kommunal
muassasalarni buzilishi va boshqalar sabab bo‘ladi. SHunaka vaqtda tibbiyot
xodimlari oldida og‘ir vazifa yukumli kasalliklar paydo bo‘lishini oldini olish turadi.
Bu holatni infeksion kasalxonalar, sanitar -epidemiologik muassasalarning buzilishi
ham kiyinlashtiradi. SES ishdan chikkan holatda tabiiy ofat tumanida harakatdagi
epidemiyaga qarshi otryadlarni kirgizishga to‘g‘ri keladi. Bu otryadlar tabiiy ofat
tumanlarida hamma sanitar-gigienik va epidemiyaga qarshi ishlarni o‘zlariga
mujassam etishlariga to‘g‘ri keladi.
Sanitariya gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlar xuddi ommaviy infeksion
(yukumli) kasalliklar o‘chog‘ida olib boriladigan hajmda bo‘ladi.
Infeksion kasalliklarni aktiv aniqlash, o‘z vaqtida ularni yotkizish o‘choqlarda
(uylarda) dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish. Dyer atizatsiya va dezinfeksiya
o‘tkazish, shoshilinch profilaktik vositalarni ber ish, kerak bo‘lgan boshqa
tadbirlarni ham o‘tkazish.
50
Spetsifik (xos yoki mos) profilaktika tadbirlari yuqumli kasalliklarga qarshi
kurashish uchun yaxshi sharoit yaratib ber adi, epidemik soglomlikni ta’minlaydi
va tabiiy ofat tumanlarida yukumli kasalliklar ko’payishini oldini oladi.
4-mavzu. Geologik, gidrometer iologik xavfli hodisalar.qurg’oqchilik va
yong’inlarda fuqaro muhofazasi.
Tabiiy tusdagi Favqulotdada vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
1) geologik xavfli hodisalar: zilzilalar, yer ko`chishlari, tog` o`pirilishlari va
boshqalar
2) gidrometrologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor ko`chkilari, kuchli
shamollar (dovullar), jala va boshqalar
3) Favqulotdada epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar; alohida xavfli
infektsiyalar (o`lat, vabo. sarg`ayma, isitma) yuqumli kasalliklar, tyer lama, Bril
kasalligi, zoonoz tinfektsiyalar- Sibir yarasi, quturish, virusli infektsiyalar- SPID;
Xavfli geologik Favqulotdada vaziyatlar Vazirlar Mahkamasining 455-sonli
qaroriga ko’ra quyidagilardan iborat:
- zilzila, kuchki, tog’ o’pirilishi, yyer sathining cho’kishi . Tabiiy ofatlar,
favqulotda vaziyatlarning sodir bo’lishida xavfli geologik jarayon va hodisalar
alohida ahamiyatga ega, shuning uchun ularning falokatli oqibatlardan aholini va
xalq xo’jaligi ob’yektlarini muhofaza qilish uchun havfli geologik hodisalarning
yuzaga kelish sabablari, fazoviy tarqalish qonuniyatlari o’rganiladi, baholaniladi,
bashorat qilinadi, ularga qarshi har xil chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu
muammoni bartaraf etishni huquqiy tomondan qanday amalga oshirish
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli Favqulotdada
vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risidagi”
Qonunning 21,22,23 – moddalaridan bayon etilgan va bunday holatlarda qanday
hujjatlar kerakliligi 3 – moddasida aniq ko’rsatib o’tilgan. Fuqarolarning
Favqulotdada vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari 16 –
51
moddasida qayd etilgan holda mahalliy davlat rahbar organlarining fuqaro
muhofazasi borasidagi majburiyatlari 10 – moddasida bayon etilgan.
Yyer yuzasida sodir bo’ladigan xavfli geologik jarayonlar asosan yyer ning ichki
kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta’sirida bo’ladi. Bundan tashqari ilmiy- texnik va
maxsus adabiyotlarda bayon etilgan ma’lumotlarga ko’ra geologik muhitga
insonning xo’jalik, qurilish hamda harbiy holatlarda olib boriladigan harakatlar
ham ta’sir etadi. Natijada ko’lami katta yoki kichik bo’lgan turli xildagi ofatlar
vujudga keladi.
Shahar qurulishi, turar joy binolari, inshootlar qurilishida amaldagi me’yorlar va
qoidalarga rioya qilish, zilzila oqibatlarini kamaytirish muammosiga yyetarli
ahamiyat berish maqsadida Birlashgan Millatlar tashqi loti 1990-2000 yillar
oralig’ini tabiiy Favqulotdada vaziyatlar bo’yicha xavf – xatarni kamaytirish
xalqaro 10 yilligi deb elon qilingan. Shu davr ichida bir qator mamlakatlarning
markaziy shaharlari “Tendyer ” asosida xalqaro “RADIUS” loyihasini amalga
oshirish huquqiga ega bo’ldilar. ”RADIUS”ni dastur bo’yicha to’la joriy etish
imkoniyati ber ilgan beshta – mamlakat: Addis-Abeba (Efiopiya), Guayakliem
(Ekvador), Tixyana (Meksika), Zigong (Xitoy) shaharlari qatoriga O’zbekiston
respublikasi poytaxti Toshkent ham kirgan.
1. Zilzilaning kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari. Insoniyat
tarixida yuzlarcha halokatli zilzilalar bo’lib o’tgani yozma manbalarda ma’lum.
Yunonistondagi qadimgi Pompey harobalari shundan dalolat ber adi. Olimlar
ummon tubidan ko’plab qadimiy shaharlarning harobalarini topishgan. Hozirgi
Issiqko’l qirg’oqlari bo’ylab ham ko’hna davr inshoatlari, saroylar va qasrlarning
qoldiqlari hamon saqlanib, o’sha qadimiy yyer silkinishlaridan guvohlik ber ib
turibdi. Oxirgi 50 yil ichida bo’lib o’tgan kuchli zilzilalar ichida vayrongarchilik
va qurbonlar miqyosiga ko’ra Chili, San-Fransisko, Tolio, Ashxabot va Spitak,
Toshkentdagi va boshqalar ajralib turadi. 1948 - yilgi Ashxabot (100 ming odam
halok bo’lgan, 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojeya Spitak zilzilasi
52
nomini (unda 30 ming odam halok bo’lgan) oldi. U 1988 - yili 7 dekabr kuni sodir
bo’ldi. Dastlabki kuchli silkinishning o’zida 20 mingli Spitak shahri va uning
atrofidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson bo’ldi. 200 mingli Leninakan
shahri zamonaviy binolarning yarimidan ko’pi quladi yoki tiklab bo’lmaydigan
ahvolga keldi. 120 mingli sanoat markazi bo’lgan Kirovakan shahri va katta
qishloqlar talofat topdi.San-Fransiskoda 1906 - yil 18 - apreldagi yyer
qimirlashida 700 aholi halok bo’lgan. Moddiy ziyon 1,5 mlrd. dollorni tashqi l
qilgan. Ikki kun yong’in mobaynida 500 ga yaqin kvartallar yonib hech narsa
qolmagan hammasi bo’lib 350 ming kishi halokatga uchragan.
Yaponiyada 1995 - yil 17 - yanvarda kuchli yyer qimirlashi ro’y ber gan. Uning
episentiri yirik Koba portining markazida joylashgan bo’lib juda katta ko’lamda
muhandislik va kommunal inshootlarning vayron bo’lishiga, uy- joylarni
buzilishiga olib kelgan. Bu ofat natijasida ularning buzilgan bo’laklari ostida
beshming ta odam nobud bo’lgan va 500 ming oila uy-joysiz qolgan.
1995 – yil 27 – mayday Rossiya davlatining Neftegorsk shahrida 9,2 ball
kuchlanishga ega bo’lgan o’ta kuchli yyer silkinishi ro’y ber di. Ma’lumotlarga
ko’ra uning natijasida shahardagi 95 foizdan oshiq inshootlar vayron bo’lgan va
nobut bo’lgan.Eng kuchli zilzila O’zbekistonda 1902 – yilda (8-9 balli) Andijonda
bo’lgan. 1946 – yili Namanganda (Chotqol zilzilasi nomi bilan), Toshkentda 1968
va 1966 – yil (7-8 ball) (1000 martagacha), Gazlida 8-10 ball, Tojikistonda 1907 –
yil, Hisorda 9 – 10 ball, 15 ga yaqin qishloqlar xonavayron bo’lgan, 1000 ga yaqin
odam nobud bo’lgan. 1911 – yilda Pomirda Sarez zilzilasi. Tog’ o’pirilib, Usoy
degan to’g’on hosil qilingan. Murg’ob daryosini to’sib qolib, syer iz degan ko’l
paydo bo’lgan. Bu vayrongarchiliklarning shunchalik kattaligigiga sabablar nimaq
Birinchi navbatdagisining paydo bo’lishidagi yyer qobig’idagi ichki kuchlarning
ta’siri, ularning yyer yuzasidagi inshootlarga ko’rsatgan zarbasining kuchi,
ikkinchi navbatda uy–joy binolarini, korxonalarni, inshootlarni ko’rish ishlarining
sifatsiz olib borilgani, zilzilaga bardosh ber adigan qilib qo’rilmagani, ularni
53
loyihalash va qurishda yo’l qo’yilgan xatoliklar hamda nazoratga kam e’tibor ber
ilgandadir. Aholini va xo’jalik inshootlari joylashgan hududlarni zilzila tufayli sodir
bo’ladigan halokatdan muhofaza qilishni tashqi l qilish uchun zilzila tarqalgan
hududlarni, paydo bo’lish sabablarini, genetik turlarini, tasnifini o’rganish,
inshootga ko’rsatadigan kuchlarni baholash, bashorat qilish va kompleks chora
tadbirlarning tarkibini ko’rib chiqish kerak.
Zilzila paytida yyer qobig’ida seysmik to’lqinlar hosil bo’ladi.
To’lqinlarning tarqalish markazi giposentr yoki zilzila o’chog’i deb ataladi.
Chuqurligi 2 – 70 km ga boradi. Yyer yuzasidagi markazi –episentr deb ataladi.
Ma’lumotlarga ko’ra seysmik to’lqinlar uch xil –bo’ylama, ko’ndalang, turlarga
bo’linadi. Ularning aholi yashaydigan hududlar va inshoatlarga ko’rsatadigan
kuchlarining ta’siri yyer ning geologik, geomorfologik, gidrogeologik va
muhandislik geologik sharoitlarga bog’liq bo’lib, ularni o’rganish, baholash,
bashorat qilish bilan muhandislik geologiyasi shug’ullanadi.
|