Zilzilaning inshootlarga ko’rsatgan kuchini o’rganish va baholash




Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/147
Sana25.05.2024
Hajmi5,44 Mb.
#253549
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147
Bog'liq
жумаева

Zilzilaning inshootlarga ko’rsatgan kuchini o’rganish va baholash: 
Insoniyat o’zining butun tarixiy taraqqiyoti mobaynida ko’p marta yyer
qimirlashlarni boshidan kechirgan, uning oqibatlarining guvohi bo’lgan. Uzoq 
tarixiy saboq, ya’ni yyer silkinishini kishilarning ruhiy holatiga bo’lgan ta’siri, 
imorat va inshoatlarning buzilishi, vayron qilinishi, yyer yuzasida vujudga kelgan 
o’zgarishlar (yyer sathida yoriqlarning va buloqlarning paydo bo’lishi) yuz ber
gan hodisaning kuchini baholashga o’rnatgan. Natijada nisbiy baholash seysmik 
shkalasi paydo bo’lgan. Quyida shu nisbiy sesmik shkalani ba’zi o’zgarishlar bilan 
bayon etamiz. Respublikamizda va juda ko’p davlatlarda zilzila kuchi 12 balli 
shkala asosida baholanib, har bir ballga ega bo’lgan zilzila o’z tafsilotiga ega. 
Bundan tashqari baholashda 8 balli Rixtyer seysmik shkalasidan ham 
foydalaniladi. 
Bizda asosan 2 turdagi yyer qimirlashi kuzatilgan: 
-uzoq davrli 1,5-2,5 daqiqa davom etadigan; 


54 
-yuqori chastotali tebranishli 1,5-2,5 soniya davom etadigan. 
uzoq davrli yyer qimirlashda tebranish sekin – asta kuch yig’adi va u ko’p qavatli 
binolar uchun xavfli hisoblanadi. Yuqori chastotali yyer qimirlashi enyer giyasi 
qisqa davr ichida ajralishi tufayli, oqibatlari ayanchli bo’lishi mumkin, sababi agar 
sust harakat qilinsa ko’p qurbonlikka olib kelishi mumkin.Yyer qimirlashning 
asosiy ko’rsatkichlari – qimirlash markazining chuqurligi va tebranishni qancha 
muddat davomida takrorlanishidadir . Yuqorida aytilganidek yyer yuzasidagi 
uning ta’sir kuchi odatda ballarda baholaniladi. 
Quyida shu nisbiy seysmik shkalani ba’zi o’zgarishlar bilan bayon etamiz : 
1 ball-Sezilarsiz –Faqatgina seysmik asboblardagina qayd qilinadi. 
2 ball-Juda kuchsiz- Uy ichida o’tirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (dyer aza 
oynalari titraydi). 
3 ball-Kuchsiz, ko’pchilik odamlar sezmaydi, ochiq havoda tinch turgan odam 
sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta- sekin tebranadi. 
4 ball-O’rtacha sezilarli. Ochiq havoda turgan odamlar va bino ichidagi kishilar 
sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Ro’zg’or anjomlari titraydi, osilgan jismlar 
tebranadi. 
5 ball-Ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam yug’onadi. Ba’zi odamlar 
hovliga yugurib chiqadi. Idishdagi suyuqlik chayqalib to’kiladi, osilgan uy 
jihozlari qattiq tebranadi. 
6 ball-Kuchli, Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg’onadi. Ko’pchilik odamlar 
hovliga yugurib chiqadi, uy hayvonlari betoqat bo’ladi. Ba’zi hollarda kitob 
javonidan kitoblar, javonlardagi idishlar ag’darilib tushadi. 
7 ball-Juda kuchli. Ko’pchilik odamlarni qo’rquv bosadi, ko’chaga yugurib chiqadi, 
avtomobil haydovchilari tomonidan harakat vaqtida ham seziladi, uy devorlarida 
katta-katta yoriqlar paydo bo’ladi, havzalardagi suvlar chayqaladi va loyqalanadi. 
8 ball – Yemiruvchi. Xom g’ishtdan qurilgan imoratlarda butunlay vayron 
bo’ladi,ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bo’ladi,uy 


55 
tepasidagi mo’rilar yiqiladi, ba’zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqilib tushadi, 
sinadi, tog’lik joylarda qulash ,surilish hodisalari yuz ber adi. 
9 ball-Vayron qiluvchi. Yyer qimirlashga bardosh ber adigan qilib qurilgan imorat
va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi, poydevorlardan siljib ,qiyshayib qolishi 
mumkin, oddiy imoratlar butunlay vayron bo’ladi, yyer yuzasida yoriqlar paydo 
bo’ladi,yyer osti suvlari sizib chiqishi mumkin. 
10 ball-Yakson qiluvchi. Hamma imoratlar katta shikast ko`radi. 
Temir yo’l relslari to’lqinsimon shaklga kirib,bir tomonga qarab egilib qoladi, 
Ko`chkilar. Umumiy tushunchalar, kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli 
oqibatlari.Tabiy Favqulotdada vaziyat turlaridan yana biri ko`chki bo`lib, uni 
o`rganish, baholash, bashorat qilish va undan aholini va xalq xo`jaligi obyektlarini 
muhofaza qilish mamlakat iqtisodini ko`tarishda muhim hisoblaniladi. Dengiz, ko`l, 
soylar va tog` yonbag`irlarida joylashgan bo’sh tog` jinslari ustki qismining yyer
ustki va ostki suvlari hamda o`zining og`irlik ko`chi ta’sirida pastga qarab harakat 
qilish hodisasi ko’chki deyiladi. Ko’chkilar Qirim, Kavkaz, Volga bo’yi, Dnepr, 
Markaziy Osiyoning tog`lik tumanlarida tez-tez bo`lib turadi. O’zbekistonning kon 
sanoati rivojlangan Oxangaron, Olmaliq, Oltin topgan, Yuqori Chirchiq 
tumanlaridagi Xumson, Bog`iston, Xo`jakent, Chibargota va boshqa qishloqlarida 
Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarining tog`li hududlarida 
ko`chli hodisalari ro’y ber ishi mumkin. 
1911 yilda G`arbiy Pomirda 9 ball zilzila natijasida Usoy ko’chkisi hosil bo`lgan. 
Murg`op vodiysi daryosiga hajmi 2,2 m\kv tog` jinsi bulogi ko`chib, 2,5 km 
masofani bosib o’tib daryo o’zanini 450-500 m qalinlikda, 2 km uzunlikda, 1km 
kenglikda qum tosh, oxak tosh, gips va boshqa jinsdan tashqi l topgan tog` to’sib 
qo`ygan. Talofat natijasida Usoy qishlog`i ko`chki ostida qolib 54 kishi nobut 
bo`lgan.1973- 1975 yillarda Respublikamizning Oxangaron vodiysida asrimizning 
eng katta ko’chkisi “Atche” ko’chkisi sodir bo`lgan. Ko`chkining sathi 12 km \kv 
qalinligi 80-170 m bo`lib, 1975 yildan ber i ko`chayotir. Sodir bo`lish sababi 


56 
Oxangaron daryosinining chap qirg`og`idagi 100-130 m chuqurlikdagi ko`mir 
qatlamidagi o’zgarishlar natijasidagi ko`mir yonib gazga aylangan va bo’shliq 
paydo bo`lgan, uning oqibatida ko`chki vujudga kelgan.Tojikistonning Xisor 
rayonining Sharora qishlog`ida 1984 yil 25 yanvarda katta ko`chish ro`y ber gan. 
Ko`chkining kengligi 400 m uzunligi 4,5 km, qalinligi 7-8 m tashqi l qilgan. 
Natijada 50 ta uy ko’milib qolgan, 207 kishi halok bo`lgan.Ko`chkilar xalq 
xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Shuningdek imorat va inshoat yo`l yyer osti 
komunikatsiyasi, to`g`on, tunil va ko`priklar mustahkamligining susayishiga yoki 
butunlay buzulishiga sabab bo`ladi. Masalan: 1963 yil 9 oktiyabrda shimoliy 
Italiyada ro’y ber gan ko`chkining balandligi 265,5 m bo`lgan va yon to`g`onini 
vayron qilgan. Natijada 300 ta odam halok bo`lgan va katta miqdorda moddiy zarar 
ko`rilgan.Tojikistonning Ayniy qishlog`ida 1964 yil aprel oyida sodir bo`lgan tog` 
o’pirilish hodisasi natijasida Zarafshon daryosi butunlay to’silib qolgan. Faqat 
olimlarning o`z vaqtida ko`rgan chora tadbirlari tufayligina qishloq va shaharlarning 
unumli yyer lari suv bosishdan saqlanib qolindi.Ko`chki hodisasi ma’lum bir 
sharoitlarda sodir bo`ladi, yani jins o`z joyidan siljishi uchun yonbag`ir usti tikroq 
jins qatlamlari qalin bo`lishi, Atmosfer a yog`inining mavsumiy yoki yillik miqdori 
ko`p bo`lishi, suv o`tkazuvchan yoki o`tkazmaydigan qatlamlar qat-qat bo`lishi 
lozim. Yomg`ir va qor suvlari yonbag`irlikdagi soz tuproq, qum, oxaktosh kabi 
jinslarga shimilib ularni yumshatadi va og`irlashtiradi. Suv o`tkazmaydigan
qatlamlar grunt suvlari bo’yicha pastga qarab harakat qila boshlaydi va jinslarning 
tabbiy yopishqoqligini susaytiradi, natijada jinslarni yonbag`irlikda ushlab turuvchi 
kuch qiymati uni pastga siljitadigan kuchga nisbatan keskin kamayadi va pastga 
qarab ko`chish hodisasi sodir bo`ladi.Har qanday ko`chkining tanasi, tili, markasi, , 
uzunlish yoriqlari va yuzasi deb ataladigan elimentlari bo`ladi. Ko`chki tanasi 
suriladigan massani tashqi l qilib, uning ustki qismining relefi past balandlikdan 
iborat bo`ladi.


57 
Yyer usti suvlarining ko’chuvchan jinslarga singishining oldini olish uchun har xil 
qurulmalar yasab, ularni boshqa yo`nalishda oqizish, yyer yuzasidan filtratsiyani 
kamaytirish uchun uni nishablash, gil beton, shalg’al, beton, asfalt, neft yotqizish 
lozim bo`ladi. 
Ko’chuvchan massaning og`irligini kamaytirish, yyer osti suvlari sathini 
pasaytirish, suffoziya hodisasi rivojlanishini kamaytirish yoki butunlay yuqotish 
maqsadida yopiq yoki ochiq zovurlar qaziladi, ulardan yyer osti va usti suvlarini 
yig`ish hamda ularni relefning pastki qisimlariga oqizish uchun faydalaniladi. 
Ikkinch guruhga kiradigan chora-tadbirlarga tirgovuch devorlar, ustun qoziqlar va 
kontrobankitlar qurish kiradi. Ko’chadigan massani tutib turish uchun ko`chish 
tekisligiga nisbatan chuqur qilib tirgovuch devorlar o`rnatiladi. Yyer osti suvlari 
chiqib ketishi uchun devorlar tagidan zovur qaziladi. Ustun qoziqlar temir-beton, 
temir va yog`ochlardan tayyorlangan bo`lib, oldindan qazilgan quduqlarga 
tushuriladi, qoziqlarning pastki uchi yonbag`irning turg`un qismigacha tushuriladi 
va u ko’chadigan massani ushlab turadi. Kontirbankitlar yonbag`irning nishabligi 
kichik bo`lgan taqdirda ko’chadigan massani ushlab turish uchun ishlatiladi. Buning 
uchun yonbag`irlikdagi do’ng joylat tekislanib, chiqqan guruntlar uning etak 
qismiga yotqiziladi va ko’chadigan massani ushlab turadigan devor hosil qilinadi. 
Uchunchi 
guruhga 
ta’luqli 
chora-tadbirlarga 
ko’chadigan 
jinslarning 
mustahkamligini va yopishqoqligini sun’iy yo`l bilan oshirish kiradi. Buning uchun 
tog` jinslari silikatlanadi, semintlanadi, betonlanadi va kimyoviy ishlov ber iladi. 
Bunday ishlar zarur bo`lgan hollardagina ko’chadigan massaning ayrim 
uchastkasida bajariladi. Bu uchastka ko`chish qiyaligida suv o‘tkazmaydigan ekran 
yoki tirgovuch devor vazifasini ham o`tashi mumkin. To’rtinchi guruhga kiruvchi 
tadbirlar-ko’chadigan massani yonbag`irdan butunlay olib tashlashdan iborat. Agar 
suriladigan massaning qalinligi va katta-kichikligi katta bo`lmasa, uni yonbag`irning 
turg`un qoyasi chiqqunga qadar qazib olib tashlash mumkin, bu ishni bajarishda 
buldozyer lardan faydalaniladi. Bunday tadbirlar katta kuch va mablag` talab 


58 
qilishiga qaramay GES qurilishida keng qo’llaniladi. Gidrometer ologik 
Favqulotdada vaziyatlar haqida umumiy ma’lumotlar. Keyingi vaqtlarga kelib 
Respublikamiz hududining ko`pchilik qismida Gidrosfer a holati o`zgarishi tufayli 
aholining hayot faoliyati sharoitiga ta’sir etuvchi vaziyatlar vujudga kelmoqda. 
Bunda umumiy tabiiy giologik sharoitlarni hisobga olmaslik, yangi yyer larni 
o`zlashtirishda yo`l qo`yilgan xatoliklar, sug`orish tizimida zamonaviy samarador 
texnologik usullarni keng joriy etilmagani sabab bo’lmoqda. 
Hozirgi paytda yuqorida qayd etadigandek sel, suv toshqinlari, qor ko’chkilari, 
kuchli shamollar kabi gidrometer ologik Favqulotdada vaziyatlar Respublika xalq 
xo`jaligiga jiddiy zarar keltirmoqda, odamlarning turmush sharoiti yamonlashishiga 
olib kelmoqda, ayrim hollarda esa aholi nobut bo`lmoqda. Hanuzgacha viloyat, 
shahar, tuman hokimliklari tegishli xizmatlarining ruxsatlarisiz xafli zonalarda 
tartibsiz ravishda uy joylar qurulishiga yo`l qo`yilmoqda. Misol tariqasida agar 1998 
yilda Favqulotdada vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko`ra Respublikamiz hududida 
600 ga yaqin ko`chki, sel va suv toshqinlari bo`lgan bo`lsa, ularning zararli 
oqibatlari natijasida 16 ming aholi jabrlangan, moddiy zarar esa 100 milliard 
so`mdan ortgan. Gidrometer ologiya sohasi mutaxasislarining xulosasiga ko`ra 
Respublika hududida 238 xavfli ko`llar, 46 ming kv\km hududlar suv va sel 
toshqinlari ruy ber adigan xavfli joylar, mingga yaqin xavf sodir bo`lishiga olib 
keluvchi daryo va soylar mavjudligini aniqlangan. 
4.Selning kelib chiqish sabablari va halokatli oqibatlari.Tog’ hududlarida kuchli 
yomg’irlarning yog’ishi, muzlik va qorlarning tez yer ishi natijasida hosil bo’lgan 
daryo toshqinlarini, tog’ yon bag’irlarida nuragan tog’ jinsi bo’laklarini suv oqimi 
bilan tekislikka qarab oqizib tushirishigha sel hodisasi deb yuritiladi.Sel oqimi 
massasining tahminan 50-60% ni turli kattalikka ega bo’lgan tog’ jinsi bo’laklaridan 
o’simlik va daraxtlar bo’laklaridan iborat bo’ladi. Sel oqimining davomiyligi 0,5-2 
soatdan 12 soatgacha, tezligi 5-8 m/s dan 12 m/s gacha yetishi mumkin, sel 
massasining zichligi esa 1,2-1,9 t/m
3
ni tashqi l etadi. Bunday fizik ko’rsatkichlarga 


59 
ega bo’lgan oqim juda katta kuchga ega bo’lib, uning kuchi quyidagi ifoda bilan 
aniqlanishi mumkin: 
V

P= m
_______________________ 

P-sel oqimi kuchi, m- sel oqimi massasi, V-sel oqimi tezligi. Sel jarayoni xalq 
xo`jaligiga juda katta zarar keltiradi, oqim yo`lida uchragan inshoatlarni, yo`llarni, 
qishloq va shaharlarni, bog`-rog`larni, ko`priklarni voyron qilib ketadi, katta 
maydonlarni loy, qum, tosh qatlamlari bilan ko`mib tashlaydi. Sel –arabcha so`z 
bo`lib, tog`lik hududlardagi suv toshqini ma’nosini anglatadi.Sel oqimlari ozi bilan 
olib ketayotgan qattiq zarrachalarni o`lchamiga qarab 3 guruhga bo`linadi: 
-suv-toshli sellar; 
-loyqa sellar; 
-aralash sellar; 
oxirgi 100 yil ichida Ozbekiston Respublikasi hududida 2500 dan ortiq sel oqimi 
kuzatiladi. Bulardan 1400 dan ortig`i loyqa, 350 dan ortig`i suv-toshli, 650 dan 
ortig`i aralash sellardir. Respublikamizning Farg`ona vodiysida, Toshkent oldi 
hududlarida ham sel oqimlari kuzatilib turiladi. Sel oqimlari respublikamiz 
hududlarida bahor mavsumida va yozning birinchi oyida yuz ber adi, bunga sabab 
hududimiz joylashgan mintaqaning tabiiy sharoiti bo`lib, bahor oylaridagi kuchli 
(jala) yomg`irlar, haroratning issiq kelishi, tog`liklarda muzlik va qorlarning tez yer
ishi, daryo o`zani qiyaligining 3-5
0
dan kattaligi, suv yig`ish maydonida 
zarrachalarni bog`lanmagan bo`shroq tog` jinslarining mavjudligi asosiy omillardan 
bo`lib hisoblanadi. 
Sel oqimlarining oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bo`lishi mumkin 
bo`lgan maydonlarni aniqlash, ularni vujudga kelish sabablarini chuqur o`rganish, 


60 
atrof muhitni muhofaza qilishning asosini tashqi l etishda katta xalq xo`jalik 
ahamiyatiga ega. shuning uchun sel hodisasini bartaraf qilish maqsadida olib 
boriladigan ishlar ilmiy amaliy xulosalarga tadbir-choralarga asoslangan bo`lmog`i 
kerak. Bular qo`yidagilardan iborat: 
1. Sel bo`lishi mumkin bo`lgan daryolarning suv yig`ish maydonlarida doimiy 
kuzatish ishlarini olib borish. Bunda suv yig`ish maydonida bo’shroq tog` 
jinslarining yig`ilishini oldini olish, oqar suvlar oqimiga to’sqinlik qiluvchi tabiiy va 
sun’iy to’siqlardan tozalash ishlari.
2. Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bo`lgan daryolarning suv yig`ish 
maydonlarini muhofaza qilish, yani bu maydonlarda o`simlik dunyosini saqlash, 
daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarda shudgor qilish va sug`orish ishlarini olib 
borishni chegaralash. 
3. O`rmon xo`jaliklarini rivojlantirish, yani, tog` yonbag`irlarida
butalar va daraxtlarning eqilishini yo`lga qo`yish talab etiladi. Chunki bu o`simliklar 
tog` jinslari qatlamlarini mustahkam ushlab turadi, qor yer ishini sekinlashtiradi 
yyer yuzasini yuvilishdan saqlaydi.
4. Tog`li hududlardagi daryolarning o`zanida suv oqimini boshqaruvchi 
inshoatlar qurish, tabiiy, sun’iy to`g`onlarni tartibga solish, temir, avtomobil yo`llari 
ostiga sel o`tkazuvchi katta diometrli quvurlar yotqizish ishlari. 
Qor ko`chkisi, kelib chiqishi sabablari va falokatli oqibatlari. 
Tog`larning tik yonbag`irlaridan qor massasining ag`darilib yoki sirpanib 
tushishi qor ko`chkilari deb ataladi. 
Baland tog`larning o`stiga qish faslida ko`p qor yog`ib uning qalinligi oshadi. 
O`z og`irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib yonbag`irlikda pastga 
qarab osilib turadi va qalinligi oshgan sari turg`unligi susayib boradi. Kuchli shamol 
yoki biror kuchli tovushdan hosil bo`lgan havo tebranishi ta’sirida qalin qor massasi 
harakatga kelib yonbag`irdan pastga qarab siljiy boshlaydi yoki ag`darilib tushadi.
Qor kuchkilari quruq yoki ho’l bo`lishi mumkin. Agar qorning o`stki qismi biroz 


61 
muzlagan bo`lib, uning ustiga qalin qor yog`sa va ma’lum sabablarga ko`ra pastga 
qarab siljisa, quruq kuchki hosil bo`ladi. Bunday hollarda ko’chkilar juda ham katta 
bo`ladi. Bahor oylarida qor yer igan suvining shimilib, qorning tagini ho’llashi 
natijasida qor massasining turg`unligi kamayib pastga ag`darilib tushushidan ho’l 
ko’chki hosil bo`ladi.
Quruq ko’chkilar pastga qarab harakat qilgan vaqtda yon atrofdagi qor 
massalarini va tog’ jinslarini o`zi bilan surib ketadi. Natijada qorning massasi 
kattalashadi, hajmi 2 mln.km

ga, ko`chki kuchi esa soatiga 250-350 km ga yetib, 
o`z yo`lidagi o`rmonlarni sindirib ketadi, imorat va inshoatlarni vayron qiladi. 
Harakat qilayotgan qor massasining oldida vayronalik keltiradigan kuchga ega 
bo`lgan havo to`lqini yuzaga kelib, uning kuchi har kv.m ga 100-120 m ga to`g`ri 
keladi. 
Hozirgi vaqtda tog`li hududlarda suv omborlari yani GES lar, bolalar 
oromgohlari, dam olish uylari, davolanish maskanlari qurilishi munosabati bilan qor 
ko`chkilari sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlar haritalarga tushirilib, o`rganib 
chiqilgan. Ularning xavfi bor maydonlarda qurish man etiladi. Lekin bunday 
maydonlarda qor ko`chkilarining oldini oladigan muhandislik choralarini ko`rib, 
imorat va inshoatlar qurish mumkin bo`ladi. Bu choralarga yonbag`irlarni tekslab, 
daraxtzor barpo etish, harakatga kelishi mumkin bo`lgan qor uyumlarini oz-ozdan 
yuqotish, maxsus muhandislik qurilmalari-damba, qor ko`chkisining harakat 
yo`nalishini o`zgartiradigan ariqlar devorlar qurish yonbag`irlaridagi yo`llarni tosh 
va temir betondan yasalgan galyer iya bilan to’sish, qor ko`chkilarini o`tkazib 
yuboradigan tunillar qurishdan iborat. 

Download 5,44 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147




Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zilzilaning inshootlarga ko’rsatgan kuchini o’rganish va baholash

Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish