|
Namangan – 2024 O’quv savollari
|
Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 2,15 Mb. | | #262585 |
Bog'liq 2-slaydd (5) - 1. Blokirovkalash qurilmalari.
- 2. Saqlash qurilmalari.
- 3.Xavfsizlik belgilari sistemasi.
- 1-o’quv savoli. Blokirovkalash qurilmalari.
- Mashina va mexanizmlarni o’ta xavfli zonalarida xavfsizlikni oshirish maqsadida to’siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan ham foydalaniladi.
- Blokirovka - bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab turuvchi vositalar va uslublar majmui hisoblanadi.
- Mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalardagi himoya qismlari ma’lum sabablarga ko’ra yechilib so’ngra e’tiborsizlik tufayli o’z joyiga o’rnatilmay qolishi ularni ishlash vaqtida ma’lum xavfli zonalarini keltirib chiqarish mumkin. Blokirovka qurilmalari ana shunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ishlatiladi va har xil mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlikni oshiradi.
- 2-o’quv savoli: Saqlash qurilmalari
- Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi ish joylarida nazorat qilinishi talab etiladigan ko’rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish va boshqalar) ruxsat etilgan miqdoridan oshgan taqdirda, mashina yoki mexanizmni ishdan avtomatik ravishda to’xtatishdan iborat.
- Ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning hosil bo’lishi tabiatigi ko’ra saqlash qurilmalari 4 guruhga bo’linadi.
- 1. Mexanik zo’riqishlardan saqlovchi;
- 2. Mashinalar qismlarining belgilangan chegarada harakatlanishini ta’minlovchi;
- 3. Bosim va haroratni ruxsat etilgan me’yorlardan oshishini taqiqlovchi;
- 4. Elektr toki kuchini ruxsat etilgan me’yordan oshmasligini ta’minlovchi.
- Mexanik zo’riqishlardan saqlovchi qurilmalari: muftalar, ko’tarishni cheklovchi moslamalar, uziluvchi shtiftlar va shpilklar, aylanishlar sonini rostlagichlar;
- Mashinalar qismlarining belgilangan chegarada harakatlanishini ta’minlovchi qurilmalar: mashina mexanizmlarining harakatlanuvchi qismlarini belgilangan chegarada harakatlanishini ta’minlovchi moslamalar, ajratkichlar, tayanch to’xtatkichlar;
- 3. Bosim va haroratni ruxsat etilgan me’yorlardan oshishini ta’minlovchi qurilmalariga bosim ostidagi bug’, gaz yoki suyuqliklar bilan ishlovchi mexanizmlarida saqlash klapanlari va membranalar misol bo’la oladi.
-
- 4. Mashina va mexanizmlarining normal va rejimda elektr kuchlanishida bo’lishi talab etilmaydigan qismlarida elektr tokining yuzaga kelishi turli xil baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi. Bunday xavfli vaziyatlardan hamda elektr toki kuchining belgilandan miqdordan oshib ketishini oldini olish uchun yeruvchi saqlagichlar ishlatiladi. Bunday saqlagichlar elektr toki me’yoriy miqdoridan oshib ketganda yerib uziladi va tok ta’minotini to’xtatadi. O’ta xavfli elektr qurilmalarida avtomatik ajratkichlardan foydalaniladi.
- 3 – o’quv savoli. Xavfsizlik belgilari sistemasi
- Barcha zamonaviy texnikalarda xavf to‘g‘risida xabar berish va xavfli vaziyatning oldini olish maqsadida signal qurilmalaridan keng foydalaniladi.
- Xavfsizlik belgilari standart bo‘yicha 4 guruhga bo’linadi:
- a-ta’qiqlovchi;
- b-ogohlantiruvchi;
- v-tushuntiruvchi;
- g-ko’rsatuvchi.
- Taqiqlovchi belgilar biror bir harakatni taqiqlash yoki cheklash uchun ishlatiladi. Masalan, chekishni taqiqlash, уo‘ldan kesib o‘tishni taqiqlash, ochiq olovdan foydalanishni taqiqlash, transport harakatini taqiqlash va h.k. Ogohlantiruvchi belgilar xavf bo‘lish ehtimoli to‘g‘risida ma’lumot beradi. Masalan, portlash xavfi, yong‘in xavfi, elektr toki xavfi va b.
- Виуиrиvchi belgilar aniq talablar asosida biror harakatni amalga oshirishga ruxsat etishni ko‘rsatadi. Kо‘rsatuvchi belgilar turli xil оbyektlar joyini, manzilini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning shakli, rangi va o‘lchami GOST asosida belgilanadi. Masalan, taqiqlovchi belgilar aylana shaklida, ogoh-lantiruvchi belgilar uchburchak shaklida, buyuruvchi belgilar kvadrat va ko‘rsatuvchi belgilar to‘g‘ri turtburchak shaklida tayyorlanadi
- Ta’sir etish usuli bo’yicha quyidagi signallardan foydalaniladi: yoritish, tovush, rangli va belgi.
-
- Davlat standarti quyidagi rang signallari va ularning vazifalarini belgilaydi: qizil - ta’qiqlovchi, “Stop” - muqarrar xavf; sariq - diqqat, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavf haqida ogohlantirish; yashil - “xavfsizlik”, “ruxsat”, “yo’l bo’sh”; ko’k - “ma’lumot”.
- Yuqori shovqin ostida ishlaydigan uskunalarda yoritish signallari va past shovqinda ishlaydigan uskunalarda (60…70 dB gacha) tovushli signallar qo’llanilishi kerak.
- Belgili signallar yo’l belgilari ko’rinishida anchadan buyon qo’llaniladi.
- 1970 yildan boshlab esa belgili signallar mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun ham tobora keng qo’llanilmoqda.
- E’tiboringiz
- Uchun
- Rahmat!!!
|
| |